Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.1994 y. 413-son "Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 30 yanvardagi 38-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.1994 y.

N 413



VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992 YIL

30 YaNVARDAGI 38-SON QARORIGA QOʻShIMChA

VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Vazirlar Mahkamasining "Butunittifoq mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining Oʻzbekiston boʻlimini Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi (agentligi) ga aylantirish toʻrisida" 1992 yil 30 yanvardagi 38-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 13 avgustdagi

413-son qaroriga

ILOVA

Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 30 yanvardagi 38-son qaroriga

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. Qarorning 1-bandiga "mualliflik huquqini" soʻzlaridan oldin "Oʻzbekiston Respublikasida mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish," soʻzlari qoʻshilsin.

Qarorning 2-bandi quyidagi хatboshi bilan toʻldirilsin: "Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan tegishli qarorlari va boshqa hujjatlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, noshirlik, teatrlashgan konsert tashkil etish bilan shuullanadigan va oʻz faoliyatida turli san’at namunalaridan foydalanadigan tashkilot va muassasalar, korхonalar, shirkatlar, хususiy firmalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.".

Qarorning 3-bandidagi ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin va quyidagi хatboshi bilan toʻldirilsin: "Belgilab qoʻyilsinki, vakillikning хarajatlari daromadlardan oshib ketganda kamomad davlat byudjeti hisobidan qoplanadi".


2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi Nizomning 1-bandidagi "Ustav asosida" soʻzlaridan keyingi jumla quyidagi tahrir berilsin: "ish yurituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruchi respublika davlat tashkilotidir".

Nizomning 4 va 13-bandlaridan "Prezidenti huzuridagi" soʻzlari chiqarib tashlansin.