Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 06.05.1994 y. 1063-XII-son "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

06.05.1994 y.

N 1063-XII



"IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA

SANOAT NAMUNALARI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirilguniga qadar amaldagi hujjatlarning mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining sanoat mulki toʻrisidagi muvaqqat nizomga muvofiq ilgari berilgan muhofaza hujjatlari respublika hududida amal qilaveradi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;

Hukumatning qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi

Raisi vazifasini bajaruvchi                                                    E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., N 5, 139-modda