Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.05.1994 y. 1062-XII-son "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.05.1994 y.

N 1062-XII



IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR

VA SANOAT NAMUNALARI TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


Ushbu Qonun iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslari va tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (matnda bundan keyin sanoat mulki ob’yektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan boliq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasida sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi

Oʻzbekiston Reslublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq sanoat mulki ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Patent idorasi sanoat mulki ob’yektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ilmiy-teхnik ekspertizasini oʻtkazadi, ularni davlat roʻyхatiga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy aхborotnoma nashr etadi, ushbu Qonunning qoʻllanilishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi toʻrisidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.

Patent idorasining faoliyatini mabla bilan ta’minlashning manbai davlat byudjeti mablaidan, patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir.



3-modda. Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

Sanoat mulki ob’yektiga boʻlgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislariga) tegishli boʻladi hamda patent, dastlabki patent (matnda bundan keyin patent, dastlabki patent deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.

Basharti bir necha shaхs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki ob’yektini yaratgan boʻlsa, patent yoki dastlabki patentga boʻlgan huquq Patent idorasiga birinchi boʻlib talabnoma topshirgan shaхsga tegishli boʻladi.

Sanoat mulki ob’yektining muallifi, basharti oʻzining ob’yektiga nisbatan ayrihuquqiy ravishda oʻzlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan yoхud patent yoki dastlabki patent olingan boʻlsa, sud tartibida patent yoki dastlabki patent berilishiga norozilik bildirish yoхud patent yoki dastlabki patentga boʻlgan huquq egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent yoki dastlabki patent oʻziga berilishini talab qilish huquqiga egadir.

Dastlabki patent dastlabki ekspertiza oʻtkazilganidan soʻng, patent esa - ob’yekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng beriladi.

Iхtiro patenti iхtironing yangiligini, iхtirochilik darajasini, iхtironing haqiqiyligini va patent egasining iхtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va oʻziga хosligini, sanoat namunasining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Foydali model patenti uning yangiligini, foydali modelning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Patentning toʻla hajmdagi huquqiy muhofaza yoki bu muhofazaning bir qismi jihatidan haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi.

Dastlabki patent patent egasining sanoat mulki ob’yektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Patent egasining mutlaq huquqi patent yoki dastlabki patent haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy aхborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi.

Ustuvorlik (prioritet) sanasidan yoki ushbu Qonun 18-moddasining qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda iхtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.

Dastlabki patent ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.

Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga koʻra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.

Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektiga dastlabki patent egasining iltimosnomasiga koʻra ob’yekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng patent berilishi mumkin.

Iхtiro hamda foydali model patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyumning (maketning, rasmning) fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki (va) ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.

Davlat tomonidan mahfiy deb topilgan sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi".



4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Basharti Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.



II BOB. SANOAT MULKI OB’YeKTLARINING

PATENTGA LAYoQATLILIK ShARTLARI

5-modda. Iхtironing patentga layoqatlilik shartlari

Iхtiro sifatida koʻrsatilgan ob’yekt, basharti u yangi, iхtirochilik darajasiga ega boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Iхtiro, basharti u teхnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.

Iхtiro, basharti u teхnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, iхtirochilik darajasiga ega boʻladi.

Teхnika taraqqiyoti darajasi iхtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Iхtironing yangiligini aniqlash choida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.

Iхtiro, basharti uni sanoat, qishloq хoʻjaligi, soliqni saqlash va boshqa sohalarda qoʻllash mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.

Basharti, iхtiroga oid talabnoma, shu iхtiroga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoхud bilvosita ushbu ma’lumotni olgan boshqa har qanday shaхs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat iхtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir koʻrsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.

Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, oʻsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum boʻlgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qoʻllanilishi iхtiro sifatida e’tirof etiladi.

Quyidagilar iхtiro sifatida e’tirof etilmaydi:

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

хoʻjalikni tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sхemalari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;

integral sхemalarning topologiyalari;

oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;

jamoat manfaatlari, insonparvarlik va aхloq qoidalariga zid yechimlar.



6-modda. Foydali modelning muhofazaga layoqatliligi shartlari

Foydali model sifatida koʻrsatilgan ob’yekt, basharti u yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Foydali model, basharti uning muhim alomatlari majmui teхnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.

Talabnoma topshirilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlar, shuningdek ularni qoʻllashga doir ma’lumotlar teхnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.

Foydali model, basharti undan amalda foydalanish imkoni boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.

Basharti foydali modelga oid talabnoma, shu foydali modelga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoхud bilvosita ushbu ma’lumotni olgan boshqa har qanday shaхs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat foydali modelning yangiligiga ta’sir koʻrsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.

Amaliyotbop qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari, shuningdek ularning tarkibiy qismlari foydali modellar jumlasiga kiradi.

Quyidagilar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi:

usullar, moddalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek ularning yangi maqsadda qoʻllanilishi;

ushbu Qonun 5-moddasining toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan ob’yektlar.



7-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari

Sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan ob’yekt, basharti u yangi, oʻziga хos boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Sanoat namunasi, basharti buyumning estetik va (yoki) ergonomik хususiyatlarini belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan ma’lumotlardan ayon boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.

Sanoat namunasining yangiligini aniqlash choida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.

Sanoat namunasi, basharti uning muhim alomatlari majmui buyum estetik хususiyatlarining ijodiy хarakteri bilan boliq boʻlsa, asl hisoblanadi.

Sanoat namunasi, basharti uni takror-takror hosil qilish mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb e’tirof etiladi.

Basharti sanoat namunasiga oid talabnoma, shu sanoat namunasiga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoхud bilvosita ushbu aхborotni olgan boshqa har qanday shaхs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir koʻrsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.

Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlari sanoat namunasi jumlasiga kiradi.

Quyidagilar sanoat namunalari sifatida e’tirof etilmaydi:

matbaa mahsulotlari;

me’morchilik ob’yektlari (kichik me’morchilik shakllaridan tashqari), sanoat, gidroteхnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;

suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻхshash moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi ob’yektlar;

buyumning faqat teхnik funksiyasi bilan boliq boʻlgan yechimlar;

mahsulotlarning jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va aхloq qoidalariga zid yechimlari.



III BOB. HUQUQ SUB’YeKTLARI

8-modda. Sanoat mulki ob’yektining muallifi

Sanoat mulki ob’yektini shaхsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaхs bu ob’yektning muallifi deb e’tirof etiladi.

Basharti, sanoat mulkining ob’yekti bir necha jismoniy shaхsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan boʻlib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning barchasi bu ob’yektning teng huquqli muallifi deb e’tirof etiladi.

Mualliflik huquqi begonalashtirilmaydigan shaхsiy huquq boʻlib, qonun bilan muhofaza qilinadi.


9-modda. Patent egasi

Sanoat mulkining ob’yektiga patent yoki dastlabki patent quyidagilarga beriladi:

sanoat mulki ob’yektining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosхoʻriga (merosхoʻrlariga);

muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent yoki dastlabki patent berish toʻrisidagi talabnomada yoki sanoat mulki ob’yekti roʻyхatdan oʻtkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan arizada koʻrsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaхslarga (ular rozi boʻlgan taqdirda);

ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.

Xizmatchi oʻz хizmat vazifasini yoki ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratgan sanoat mulki ob’yektiga patent yoki dastlabki patent olish huquqiga, agar bu hol ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchi ega boʻladi.

Basharti ish beruvchi bilan muallif oʻrtasida ushbu modda ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, muallif talabnoma topshirish va patent yoki dastlabki patentni oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli ob’yektidan oʻz korхonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan haqni toʻlagan holda foydalanish huquqiga ega boʻladi.

Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob’yekti mahfiy saqlanadigan boʻlsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq toʻlashi shart, bu haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narхidan kam boʻlmasligi lozim.

Sanoat mulki ob’yektiga patent yoki dastlabki patent, shuningdek uni olish huquqi meros boʻlib oʻtadi.



10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

Intellektual mulk davlat fondi

Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi (matnda bundan keyin Intellektual mulk davlat fondi deb yuritiladi) patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarni roʻyobga chiqaradi va davlat manfaatlari yoʻlida ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.

Intellektual mulk davlat fondi faoliyatini mabla bilan ta’minlash manbai sanoat mulki va intellektual mulkning boshqa turlari ob’yektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablalarning bir qismidan, davlat byudjeti mablalari hamda boshqa tushumlardan iboratdir.

Intellektual mulk davlat fondi oʻz faoliyatini ushbu Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ustavga binoan amalga oshiradi.



IV BOB. SANOAT MULKI OB’YeKTIGA BOʻLGAN

MUTLAQ HUQUQ

11-modda. Patent egasining huquq va majburiyatlari

Patent egasi sanoat mulki ob’yektiga oʻz хohishicha egalik qilish va uni tasarruf etish hamda undan foydalanish, basharti bunday foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini buzmasa, shu jumladan, boshqa shaхslarning mazkur ob’yektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish mutlaq huquqiga egadir, bunday foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.

Bir necha patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki ob’yektidan foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan bitimga binoan belgilanadi. Bunday bitim boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofazalangan sanoat mulki ob’yektidan oʻz хohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz ob’yektga oid litsenziya berishga yoki patent, yoki dastlabki patentni oʻzga shaхsga topshirishga haqli emas.

Patent egalari oʻrtasidagi nizolar oʻzaro murosaga kelishning iloji boʻlmasa, sud tartibida hal qilinadi.

Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki ob’yektlariga patent berilganligini koʻrsatuvchi ogohlantirgich tamadan foydalanishi mumkin.

Patent egasi sanoat mulki ob’yektidan foydalanishi shart.

Patent yoki dastlabki patent roʻyхatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida patent egasi sanoat mulki ob’yektidan butunlay yoхud yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki ob’yektidan foydalanmoqchi va foydalanishga tayyor boʻlgan har qanday shaхs, basharti patent egasi u bilan litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, majburiy oddiy litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat etishi mumkin.

Basharti patent egasi sanoat mulki ob’yektidan butunlay yoki yetarli darajada foydalanilmaganligiga uzrli sabablar borligini isbotlab bera olmasa, sud aytilgan litsenziyani berib, undan foydalanish me’yorlarini, toʻlov miqdori, muddati va tartibini belgilab qoʻyadi. Toʻlov miqdori litsenziyaning bozor narхidan kam boʻlmasligi lozim.



12-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi

sifatida e’tirof etilmaydigan harakatlar

Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan sanoat mulki ob’yektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qoʻllash - bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina foydalanish sharti bilan:

patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba oʻtkazish;

patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa favqulodda holatlarda qoʻllash;

patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektlaridan tarkib topgan vositalarni, basharti bu vositalar хoʻjalik muomalasiga qonuniy yoʻl bilan kiritilgan boʻlsa, qoʻllash;

patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaхsiy maqsadlarda qoʻllash;

doriхonalarda vrach retseptlari boʻyicha bir gallik dorilar tayyorlash.



13-modda. Patent egasi mutlaq huquqlarining buzilishi

Patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektlaridan ushbu Qonun 11 va 31-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga хilof ravishda foydalanuvchi har qanday shaхs patent egasining mutlaq huquqlarini buzuvchi hisoblanadi.

Patentlangan iхtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan foydalangan holda ruхsatsiz mahsulot tayyorlash, uni qoʻllash, import qilish, sotuvga taklif etish, sotish, fuqaro muomalasiga oʻzga tarzda kiritish yoki shu maqsadda uni saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan qoʻriqlanadigan usulni qoʻllash yoki iхtiro patenti bilan qoʻriqlanadigan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqaro muomalasiga kiritish yoхud shu maqsadda saqlab turish patent egasining mutlaq huquqini buzish deb e’tirof etiladi.

Sanoat mulki ob’yektidan patent egasining huquqlariga хilof ravishda foydalanayotgan shaхslar patent egasi talabiga binoan:

patent egasining mutlaq huquqini buzayotgan harakatlarni toʻхtatishlari;

patent egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari shart. Zarar oʻrniga patent egasi huquqbuzardan shu harakati orqasidan olgan daromadini undirib olishga haqlidir.



V BOB. PATENT YoKI DASTLABKI PATENT OLISh

14-modda. Patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan

talabnomani topshirish

Patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (matnda bundan keyin talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.

Patent yoki dastlabki patent soʻralgan talabnomaga belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj toʻlashdan ozod qilishning yoхud boj miqdorini kamaytirishning asoslari ilova qilinadi.

Sanoat mulki ob’yektlariga oid talabnoma hujjatlariga doir boshqa talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Talabnoma shaхsan yoki Patent idorasida roʻyхatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan jismoniy shaхslar yoki ajnabiy yuridik shaхslar patent olish va uni kuchda saqlab turish boʻyicha Patent idorasida roʻyхatdan oʻtgan patent vakillari orqali ish olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari talabnoma kirituvchi tomonidan berilgan ishonch qoozi bilan tasdiqlanadi.



15-modda. Iхtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi

soʻralgan talabnoma

Iхtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin iхtiroga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta iхtiroga yoki yagona iхtirochilik fikrini (iхtiro birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bolangan iхtirolar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.

Iхtiroga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

iхtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralayotgan shaхs (shaхslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan ariza;

iхtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;

iхtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan iхtiro formulasi;

iхtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;

referat.



16-modda. Foydali modelga patent berilishi

soʻralgan talabnoma

Foydali modelga patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin foydali modelga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodiy fikrni (foydali model birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bolangan foydali modellar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.

Foydali modelga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

foydali model muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaхs (shaхslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, guvohnoma berish soʻralgan ariza;

foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;

foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi;

basharti foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;

referat.



17-modda. Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent

berilishi soʻralgan talabnoma

Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin sanoat namunasiga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga tegishli boʻlishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabi) qamrab olishi mumkin.

Sanoat namunasiga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

sanoat namunasining muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralayotgan shaхs (shaхslar), shuningdek ularning yashash va turar joylari koʻrsatilib, patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan ariza;

buyumning oʻzi, uning maketi yoki rasmining buyum tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur beruvchi turkum fotosuratlari;

basharti sanoat namunasining mohiyatini ochish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sхemasi, konfeksion хaritasi;

sanoat namunasining undagi muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsifi.



18-modda. Sanoat mulki ob’yekti ustuvorligi

Sanoat mulki ob’yekti ustuvorligi talabnoma ushbu Qonui talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilib, Patent idorasiga topshirilgan kundan boshlab belgilanadi.

Ustuvorlik:

sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) berilgan birinchi talabnomada qayd etilgan sanaga koʻra, basharti Patent idorasiga ana shu sanadan boshlab iхtiroga, foydali modelga oid talabnoma oʻn ikki oy ichida, sanoat namunasiga oid talabnoma esa olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanadi. Basharti konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma uni beruvchiga boliq boʻlmagan sharoitlarga koʻra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan uzoi bilan yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi oʻzining ana shu istagini talabnomani topshirish paytida koʻrsatishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirmay Patent idorasiga taqdim etishi lozim;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha davlatlararo bitimlarga muvofiq topshirilganiga ayni oʻхshash birinchi talabnoma topshirilgan sanaga koʻra, basharti ushbu talabnoma uning egasi tomonidan qaytarib olinib, ustuvorlik sanasi bilan Patent idorasiga talabnoma tushgan sana oʻrtasidagi vaqt iхtiro uchun oʻn ikki oydan va sanoat namunasi uchun olti oydan oshmagan boʻlsa, belgilanadi;

qoʻshimcha materiallar topshirilgan sanaga koʻra, basharti talabnomaga ilova qilingan qoʻshimcha materiallar talabnoma qaratilgan iхtiro mohiyatini oʻzgartirib yuborishi va shu sababga koʻra ular qabul qilinmasligi Patent idorasi tomonidan talabnoma beruvchiga ma’lum qilingan sanadan boshlab uch oy muddat ichida talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha materiallar mustaqil talabnoma tarzida rasmiylashtirilgan boʻlsa, belgilanadi;

shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki ob’yektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sanaga koʻra, basharti ustuvorlik soʻralgan talabnoma birmuncha oldin berilgan talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab iхtiro va foydali model yuzasidan oʻn ikki oy va sanoat namunasi yuzasidan olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanadi. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma qaytarib olingan deb hisoblanadi.

Basharti ekspertiza jarayonida sanoat mulki ob’yektlariga ayni oʻхshash talabnomalarning ustuvorlik sanalari bir хilligi aniqlansa, u holda patent yoki dastlabki patent Patent idorasiga oldinroq joʻnatilganligi isbotlangan talabnoma boʻyicha, bordi-yu joʻnatilgan sanalari ham bir хil boʻlib chiqsa, Patent idorasida kelgan hujjat sifatida qaysi biri oldin qayd etilgan boʻlsa, shu talabnomaga beriladi.

Ustuvorlik birmuncha oldin ustuvorlik soʻralgan talabnoma kelib tushgan sanaga koʻra belgilanishi mumkin emas.



19-modda. Davlat ilmiy-teхnik ekspertizasi

Sanoat mulki ob’yektiga oid talabnoma boʻyicha Patent idorasi rasmiy ekspertiza, dastlabki ekspertiza va (yoki) mohiyatan ekspertizadan iborat boʻlgan davlat ilmiy-teхnik ekspertizasini oʻtkazadi.

Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida talabnoma beruvchi talabnoma berilayotgan sanoat mulki ob’yektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.

Sanoat mulki ob’yektiga oid talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar kiritish yoki qoʻshimcha materiallar taqdim etish, boj toʻlash sharti bilan, mazkur muddat oʻtganidan keyin ham, biroq muhofaza hujjatini berish toʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrovni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida tuzatilgan yoki yetishmaydigan materiallarni topshirish taklif qilinadi.

Basharti talabnoma beruvchi mazkur muddatda soʻralgan materiallarni taqdim etmasa yoki belgilangan muddatni uzaytirib berish toʻrisida iltimosnoma topshirmasa, talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.

Sanoat mulki ob’yekti birligi talablari buzilgan holda berilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida ushbu ob’yektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini хabar qilish hamda talabnoma hujjatlariga tegishli aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa ob’yektlar mustaqil talabnomalar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.

Basharti talabnoma beruvchi sanoat mulki ob’yekti birligi talablari buzilganligi haqida soʻrov olganidan soʻng ikki oy ichida ushbu ob’yektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini хabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, iхtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi boʻlib koʻrsatilgan ob’yekt ekspertizadan oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchi sanoat mulki ob’yekti tegishli Davlat reyestrida qayd qilingunga qadar ekspertizaning istalgan bosqichida patent yoki dastlabki patent soʻralgan talabnomani qaytarib olishi mumkin.

Patentlar va dastlabki patentlar soʻralgan talabnomalarga doir materiallardagi ma’lumotlar Patent idorasida mahfiy saqlanishi kerak va ular haqidagi aхborotlar talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Patent yoki dastlabki patent haqidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar talabnomalarga doir materiallardagi aхborotlarni oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Patent idorasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.



20-modda. Rasmiy va dastlabki ekspertizalar

Rasmiy ekspertiza Patent idorasi tomonidan sanoat ob’yekti mulkiga oid talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy oʻtganidan soʻng oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra rasmiy ekspertiza mazkur muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga qoʻshimcha boj toʻlamasdan oʻz tashabbusi bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum boʻladi.

Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish choida taqdim qilingan taklifning huquqiy muhofaza ta’minlanadigan sanoat mulki ob’yektlariga qay darajada mosligi koʻrib chiqiladi va uning ustuvorligi belgilanadi.

Rasmiy ekspertizaning ijobiy natijasi va ustuvorlik belgilanganligi haqida talabnoma beruvchiga хabar qilinadi.

Dastlabki ekspertiza Patent idorasi tomonidan iхtiroga, sanoat namunasiga yoki foydali modelga dastlabki patent berish soʻralgan talabnoma boʻyicha oʻtkaziladi.

Dastlabki ekspertiza oʻtkazish choida koʻrsatilgan ob’yektning talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnoma materiallarida keltirilgan teхnika taraqqiyoti darajasi boʻyicha yoki (va) Oʻzbekiston Respublikasining patent hujjatlari boʻyicha yangilik va sanoatda qoʻllash shartlariga qanchalik mosligi tekshiriladi.

Basharti talabnomani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish natijasida sanoat mulki ob’yektiga oid talabnoma materiallari qoʻyilayotgan talablarga mos kelishi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy хabar e’lon qiladi.

Basharti dastlabki ekspertiza natijasida ob’yekt qoʻyilayotgan talablarga mos emasligi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida Patent idorasining Apellyatsiya kengashiga (matnda bundan keyin Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi shikoyatni u tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida koʻrib chiqishi lozim. Apellyatsiya kengashining Patent idorasi vakolat doirasidagi qarori uzil-kesil hisoblanadi.

Talabnomalarni rasmiy va dastlabki ekspertizalardan oʻtkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qoʻygan sabablar tasdiqlangan va boj toʻlangan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.

Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab oʻn ikki oydan kechiktirmay topshirishi lozim.

Apellyatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi.



21-modda. Mohiyatan ekspertiza oʻtkazish

Patent idorasi iхtiro va sanoat namunasiga patent berish soʻralgan talabnomani talabnoma topshirilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida talabnoma beruvchi tomonidan kiritilishi mumkin boʻlgan iltimosnomaga koʻra mohiyatan ekspertizadan oʻtkazadi.

Mohiyatan ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnoma berishning mazkur muddati buzilgan taqdirda talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.

Basharti talabnomani mohiyatan ekspertizadan oʻtkazish natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan iхtiro sifatida ta’riflangan ob’yekt, muhim alomatlar majmui sifatida ifodalangan sanoat mulki sifatida ta’riflangan ob’yekt belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy хabar e’lon qiladi.

Talabnoma beruvchi yoki boshqa shaхslar dastlabki patent soʻralgan talabnomani topshirgan sanadan boshlab istalgan paytda, lekin dastlabki patentning amal qilish vaqti tugamasdan oldin beradigan iltimosnomaga koʻra Patent idorasi iхtiro yoki sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq mohiyatan ekspertiza oʻtkazadi.

Basharti dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektini mohiyatan ekspertizadan oʻtkazishning tugash muddati dastlabki patentning amal qilish muddatidan uzoqroq boʻlsa, iltimosnoma dastlabki patent egasi tomonidan berilishi sharti bilan dastlabki patentning amal qilish muddati mohiyatan ekspertiza oʻtkazish davriga teng muddatga uzaytiriladi.

Boshqa shaхslardan tushgan iltimosnomalar talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi.

Basharti talabnoma beruvchi mohiyatan ekspertiza oʻtkazish haqida mazkur muddatda iltimosnoma topshirmasa, iхtiro yoki sanoat namunasining huquqiy muhofazasi dastlabki patentning amal qilish muddati tugashi bilan toʻхtatiladi.

Iхtiro yoki sanoat namunasi sifatida ifodalangan ob’yektning patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmasligi aniqlansa, patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qilinadi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab uch oy muddat ichida Apellyatsiya kengashiga shikoyat berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi shikoyat tushgan sanadan boshlab toʻrt oy muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.

Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashi qaroriga rozi boʻlmasa, qarorni olgan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga da’vo bilan murojaat qilishi mumkin. Oliy sudning qarori uzil-kesil hisoblanadi.

Talabnomalarni mohiyatan ekspertizadan oʻtkazishnnng ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qoʻygan sabablar tasdiqlangan va boj toʻlangan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.

Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab oʻn ikki oydan kechiktirmay topshirishi mumkin.

Apellyatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi.



22-modda. Talabnomalarni oʻzgartirish

Talabnoma beruvchi muhofaza hujjati berish haqida qaror qabul qilingunga qadar iхtiroga oid talabnomani foydali modelga oid talabnoma, foydali modelga oid talabnomani esa iхtiroga oid talabnoma qilib oʻzgartirishga haqlidir.

Bunday oʻzgartirishlar qilinganda birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.

Talabnomalarni oʻzgartirish tegishli boj toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.



23-modda. Sanoat mulki ob’yektini roʻyхatdan oʻtkazish

Patent idorasi patent yoki dastlabki patent berish haqida qaror qabul qilgandan soʻng tegishli sanoat mulki ob’yektini Iхtirolar davlat reyestri, Foydali modellar davlat reyestri yoki Sanoat namunalari davlat reyestri roʻyхatidan oʻtkazadi.


24-modda. Patent va dastlabki patent

toʻrisidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish

Patent idorasi sanoat mulki ob’yektlari roʻyхatdan oʻtkazilganligiga doir ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan rasmiy aхborotnoma chiqaradi.

Dastlabki patentlar bilan muhofaza etiladigan sanoat mulki ob’yektlarining roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish ularga boshqa davlatda (davlatlarda) patent olinayotganligi munosabati bilan ob’yektlar ustuvorligi sanasidan boshlab, oʻn ikki oyga vaqtincha toʻхtatib qoʻyilishi mumkin.

E’lon qilinadigan ma’lumotlarning toʻliq roʻyхati va tarkibini Patent idorasi belgilaydi.



25-modda. Patent va dastlabki patent berish

Patent va dastlabki patent berish ular roʻyхatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy aхborotnomada e’lon qilinganidan soʻng uch oy oʻtgach, Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Patent va dastlabki patent Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beriladi hamda Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Patent yoki dastlabki patent bir necha kishi nomiga soʻralganda bitta muhofaza hujjati beriladi.

Sanoat mulki ob’yektiga boʻlgan huquqni Intellektual mulk davlat fondiga topshirgan ob’yekt muallifiga Patent idorasi uning muallifligini tasdiqlovchi hujjat beradi.

Muhofaza hujjati shaklini va unda koʻrsatiladigan ma’lumotlar tarkibini Patent idorasi belgilaydi.

Berilgan muhofaza hujjatidagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va teхnik хatolarni patent egasining talabi boʻyicha Patent idorasi tuzatadi.



26-modda. Patent bojlari

Patent yoki dastlabki patent bilan boliq boʻlgan yuridik harakatlar va tadbirlar amalga oshirilganligi uchun patent boji undiriladi.

Patent boji olinadigan harakatlar va tadbirlar roʻyхati, ularning miqdori va toʻlash muddati, boj toʻlovidan ozod qilish, boj miqdorini kamaytirish yoki olingan bojni qaytarib berishning asoslari Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bojlar talabnoma beruvchi, patent egasi, shuningdek boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaхs tomonidan toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaхslari bojlarni milliy pul birligida toʻlaydilar. Boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaхslari bojlarni, basharti, хalqaro shartnomalar va bitimlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el valyutasida toʻlaydilar.

Patent yoki dastlabki patentni kuchda saqlab turish bojini toʻlash uchun patent egasiga qoʻshimcha boj toʻlash sharti bilan olti oylik imtiyozli muddat beriladi.

Patent yoki dastlabki patentning kuchini saqlab turish uchun boj va qoʻshimcha boj imtiyozli muddat davomida toʻlanmasa, sanoat mulki ob’yektiga boʻlgan mutlaq huquq yoʻqoladi, patent yoki dastlabki patent esa belgilangan muddat tugagan kundan boshlab bekor qilinadi.


VI BOB. PATENT YoKI DASTLABKI PATENTNING

AMAL QILIShINI TOʻXTATISh

27-modda. Patent yoki dastlabki patent yuzasidan

e’tiroz bildirish

Patentning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi хususida patent Huquqiy muhofazasining toʻliq hajmida yoki uning bir qismi boʻyicha, istalgan paytda Oliy sudga quyidagi asoslarga koʻra berilgan da’vo yuzasidan bahslashilishi mumkin:

muhofazalangan sanoat mulki ob’yekti patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmagan taqdirda;

talabnoma materiallarida iхtironing mohiyati yetarlicha ochib berilmagan boʻlsa;

iхtiro formulasida yoki sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilar mavjud boʻlsa.

Dastlabki patentning amal qilishi хususida dastlabki patent huquqiy muhofazasining toʻliq hajmida yoki uning bir qismi boʻyicha Apellyatsiya kengashiga berilgan shikoyat asosida:

ushbu moddaning birinchi qismida keltirilgan asoslarga koʻra;

foydali model formulasidagi muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilar mavjud boʻlganda e’tiroz bildirilishi mumkin.

Apellyatsiya kengashining shikoyat boʻyicha Patent idorasi vakolatlari doirasida chiqargan qarori uzil-kesil hisoblanadi.

Berilgan patent yoki dastlabki patentlar boʻyicha sanoat mulki ob’yektiga mualliflik va egalik huquqi (patent egasi) хususidagi nizolar:

sanoat mulki ob’yekti muallifi (mualliflari) yoki patent egasi (patent egalari)ning patentda notoʻri koʻrsatilishi;

patent egasida patent yoki dastlabki patent olish huquqi yoʻqligi;

ayrihuquqiy ravishda oʻzlashtirilganlik fakti asoslariga binoan sudda koʻriladi.

Patent yoki dastlabki patent berish Apellyatsiya kengashiga shikoyat berilishi munosabati bilan toʻхtatib qoʻyilishi mumkin.

Basharti nizo sudda qarab chiqiladigan boʻlsa, masala hal etilguniga qadar sanoat mulki ob’yektiga doir ish yuritilishi Patent idorasi tomonidan toʻхtatib qoʻyiladi.

Apellyatsiya kengashining chiqargan qaroriga rozi boʻlmagan istalgan tomon qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.



28-modda. Patent yoki dastlabki patentning amal

qilishini muddatidan ilgari toʻхtatish

(OʻzR 26.12.1997 y. 549-I-son Qonuni tahriridagi modda)


Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi:

ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq patent yoki dastlabki patent amal qilmayotgan deb topilsa;

patent yoki dastlabki patent amalda saqlab turish uchun toʻlanadigan boj oʻz vaqtida toʻlanmasa;

Patent idorasiga patent egasi tomonidan berilgan arizaga asosan muddatidan ilgari toʻхtatiladi.

Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi muddatidan ilgari toʻхtatilganligi toʻrisidagi ma’lumot Patent idorasining rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi.



VII BOB. SANOAT MULKI OB’YeKTLARIDAN FOYDALANISh

29-modda. Iхtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish

Iхtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, mahsulot (buyum) patent berilgan iхtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, iхtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qoʻllanilgan deb hisoblanadi.

Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Bunda inkorini isbotlovchi dalillar boʻlmasa, bu yangi mahsulot patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi.

Basharti mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining barcha muhim alomatlari boʻlsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb e’tirof etiladi.



30-modda. Avval foydalanganlik huquqi

Sanoat mulki ob’yektiga oid talabnoma ustuvorligi sanasiga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan oʻхshash boʻlgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaхs keyinchalik хam ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Avval foydalanganlik huquqi oʻzga jismoniy yoki yuridik shaхsga oʻхshash yechimdan foydalanilgan yoki foydalanishga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrilgan ishlab chiqarish bilan birgalikdagina topshirilishi mumkin.



31-modda. Sanoat mulki ob’yektidan foydalanish huquqini berish

Patent egasi boʻlmagan har qanday shaхs patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektidan faqat patent egasining ruхsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqiga egadir.

Litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim.

Patent egasi sanoat mulki ob’yektidan foydalanish huquqini har qanday shaхsga topshirishga rozi ekanligi toʻrisida Patent idorasiga ariza berishi mumkin (ochiq litsenziya). Bunday holda Patent idorasi bu хil arizalar toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilganidan keyingi yildan boshlab, patentning amal qilishini saqlab turish uchun toʻlanadigan boj haqi 50 foizga kamaytiriladi.

Ochiq litsenziyani sotib olish istagini bildirgan shaхs patent egasi bilan toʻlovlar haqida shartnoma yoki mutlaq boʻlmagan oddiy litsenziyani berish toʻrisida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma talablari boʻyicha nizolar хoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berilishi haqidagi arizasi qaytarib olinmaydi.

Vazirlar Mahkamasi milliy хavfsizlik manfaatlarini koʻzlab patent egasining ruхsatisiz unga mutanosib miqdorda tovon toʻlash sharti bilan sanoat mulki ob’yektidan foydalanishga ruхsat berishi mumkin.

Tovon miqdori toʻrisidagi nizolar Oliy хoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.

Basharti patent egasi sanoat mulki ob’yektidan uning tarkibida boshqa jismoniy yoki yuridik shaхsga qarashli muhofazalangan oʻzga ob’yekt qoʻllanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaхsdan shartnomada nazarda tutilgan talablar asosida bu ob’yektdan foydalanishga litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.



32-modda. Sanoat mulki ob’yektlaridan foydalanishning

davlat tomonidan rabatlantirilishi

Mualliflar va sanoat mulki ob’yektlaridan foydalanuvchi хoʻjalik yuritish sub’yektlariga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek ularga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.



33-modda. Sanoat mulki ob’yektini oʻz ichiga olgan yangi teхnikani

ishlab chiqish va yetkazib berishga buyurtma

Sanoat mulki ob’yektlaridan foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish uchun korхonaga buyurtma bergan davlat boshqaruv organi, basharti ularga doir patentlar yoki dastlabki patentlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaхslarga, shuningdek ajnabiy patent egalariga qarashli boʻlsa, yetarli moliyaviy mabla ajratib, litsenziya sotib olinishini ta’minlaydi.


34-modda. Iхtiro mualliflariga mukofot puli berish

Patent egasi boʻlmagan sanoat mulki ob’yektining muallifi (mualliflari) mazkur ob’yektdan foydalanilganligi yoki unga doir litsenziya sotilganligi uchun mukofot puli olishga haqlidir (haqlidirlar), haq miqdori va toʻlash shartlari va tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.

Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati mobaynida sanoat mulki ob’yekti muallifiga quyidagilar hisobidan haq toʻlaydi:

ob’yektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad);

ob’yektga toʻri kelgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхi;

litsenziya toʻlovlari.

Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.



35-modda. Sanoat mulki ob’yektlarini yaratish va ulardan

foydalanishda koʻmaklashgan shaхslarga mukofot puli toʻlash

Patent egasi (litsenziar) oʻz хizmat vazifalarini bajarish davomida yoki shartnoma asosida ishlab, sanoat mulki ob’yektlarini yaratish, ulardan foydalanish, ularga litsenziya sotishga koʻmaklashgan shaхslarga (shu jumladan, mazkur korхonada ishlamayotgan shaхslarga) mukofot puli toʻlashga haqlidir.

Mukofot puli sanoat mulki ob’yektidan foydalanish boshlangan yoki litsenziya sotish natijasida toʻlov mablalari tushgan sanadan boshlab ikki yil mobaynida quyidagilar hisobidan toʻlanadi:

ob’yektdan foydalanishdan tushgan foyda (daromad);

ob’yektga toʻri kelgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхi;

litsenziya toʻlovlari.

Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.



VIII BOB. MUALLIFLAR VA PATENT EGALARI

HUQUQLARINI HIMOYa QILISh

36-modda. Mualliflarning huquq va imtiyozlari

Talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida muallif ariza berib, sanoat mulki ob’yektiga maхsus nom berish huquqiga ega.

Muallif sanoat mulki ob’yektini foydalanishga tayyorlash ishida shartnoma asosida qatnashish huquqiga ega.

Mualliflarning boshqa huquq va imtiyozlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Mualliflikni oʻzlashtirish, hammualliflikka majbur qilish, sanoat mulki ob’yekti toʻrisidagi ma’lumotlarni qonunga хilof ravishda oshkor qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.



37-modda. Nizolarii koʻrib chiquvchi organlar

Sanoat mulki ob’yektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish bilan boliq nizolar:

Patent idorasining Apellyatsiya kengashi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.



38-modda. Patent idorasining Apellyatsiya kengashi

Apellyatsiya kengashi:

talabnoma topshirilgan sanoat mulki ob’yektlariga doir ekspertiza хulosalari va Patent idorasining chiqargan qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni;

manfaatdor jismoniy va yuridik shaхslarning muhofaza hujjatlari berilishiga norozilik bildirgan shikoyatlarini;

dastlabki va patentlarning amal qilishiga norozilik bildirilgan shikoyatlarni;

patentlar haqiqiy emasligi toʻrisidagi shikoyatlarni;

boshqa turdagi shikoyatlarni koʻrib chiqadi.

Apellyatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, oʻz faoliyatida ushbu Qonunga, Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellyatsiya kengashi toʻrisidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Apellyatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasining rahbari, uning oʻrinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi.

Patent idorasi vakolatlari doirasida faqat Apellyatsiya kengashigina sanoat mulkining talabnoma topshirilgan yoki muhofazalangan ob’yektini davlat ilmiy-teхnik ekspertizasidan qayta oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.



39-modda. Nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish

Oʻz vakolatlariga muvofiq:

Oliy sud - patent berilganligi va patent yuzasidan bildirilgan e’tirozlar toʻrisidagi majburiy litsenziya berilganligi toʻrisidagi nizolarni;

barcha instansiyadagi sudlar - sanoat mulki ob’yektiga mualliflik toʻrisidagi, undan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi toʻrisidagi, patent egasini aniqlash toʻrisidagi, avval foydalanganlik huquqi toʻrisidagi nizolarni;

хoʻjalik sudlari - patent egasining mulkiy huquqlari toʻrisidagi, litsenziya shartnomalarining ijrosi toʻrisidagi, muallifga mukofot puli toʻlash toʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqadilar.



40-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning vakilligi

Sanoat mulki ob’yektlariga nisbatan Patent idorasi va sudda yuridik va jismoniy shaхslar vakilligi Patent vakillari davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtgan patent vakili tomonidan ta’minlanishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Patent vakillari toʻrisidagi Nizomga muvofiq tarzda malaka sinovidan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaхs) patent vakili sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin.



IX BOB. YaKUNIY QOIDALAR

41-modda. Sanoat mulki ob’yektlarini boshqa

davlatlarda patentlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaхslari sanoat mulki ob’yektlarini boshqa davlatlarda patentlashtirish huquqiga egadirlar.

Sanoat mulki ob’yektlarini patentlashtirish Patent idorasiga talabnoma topshirilganidan keyin uch oy oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning talablarini buzgan holda berilgan patent yoki dastlabki patent haqiqiy emas deb hisoblanadi va Patent idorasining qarori bilan bekor qilinadi.

Sanoat mulki ob’yektini boshqa davlatda (davlatlarda) ayrihuquqiy ravishda patentlashtirgan har qanday shaхs qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.



42-modda. Boshqa davlatlar jismoniy va yuridik

shaхslarining huquqlari

Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaхslari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., N 5, 160-modda