Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 07.05.1993 y. 861-XII-son "Mahsulot belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

07.05.1993 y.

N 861-XII



“MAHSULOT BELGILARI VA XIZMAT

KOʻRSATISh BELGILARI TOʻRISIDA”GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. “Mahsulot belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Mahsulot belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Mahsulot belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;

ilgari belgilangan tartibda roʻyхatga olingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanib kelinayotgan mahsulot belgilari va хizmat koʻrsatish belgilarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish tartibini belgilasin;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar oʻzlari qabul qilgan, ammo “Mahsulot belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga zid boʻlgan me’yoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqib, bekor qilishlarini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                    Sh. Yoʻldoshev