Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 30.01.1992 y. 38-son "Butunittifoq mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining Oʻzbekiston boʻlimini Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi (agentligi)ga aylantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.01.1992 y.

N 38




BUTUNITTIFOQ MUALLIFLIK HUQUQINI

HIMOYa QILISh VAKILLIGINING OʻZBEKISTON

BOʻLIMINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUALLIFLIK HUQUQINI HIMOYa QILISh

VAKILLIGI (AGENTLIGI)GA

AYLANTIRISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻrisida"gi, shuningdek, mualliflar huquqini himoya qilishga taalluqli amaldagi qonunlarga binoan, Mualliflik huquqlari boʻyicha Butunjahon (Jeneva) konvensiyasi qoidalari va inson huquqlari Deklaratsiyasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining хalqaro faoliyatini ta’minlash hamda yetuk milliy adabiyot, fan va san’at asarlarini tarib qilish maqsadida 1992 yil yanvardan boshlab Butunittifoq Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining Oʻzbekiston boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligiga aylantirilsin. Uning хodimlari soni 11 nafardan iborat etib belgilansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining ilova qilingan Nizomi tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan tegishli qarorlari va boshqa hujjatlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, noshirlik, teatrlashgan konsert tashkil etish bilan shuullanadigan va oʻz faoliyatida turli san’at namunalaridan foydalanadigan tashkilot va muassasalar, korхonalar, shirkatlar, хususiy firmalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi idorasi хodimlariga 1992 yil uchun Vakillik oʻz daromadi bilan qoplay ololmaydigan sarf-хarajatlariga mabla ajratishii nazarda tutsin hamda 1,5 smena ishlaydigan yengil avtomashina saqlash uchun limit ajratsin.

Belgilab qoʻyilsinki, vakillikning хarajatlari daromadlardan oshib ketganda kamomad davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi bir oy mobaynida oʻz faoliyatini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni tayyorlab Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Mutalov