Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.03.2015 y. 49-son “Toshkent shahrining eski shahar qismida mavzelar boʻyicha zamonaviy koʻp qavatli uylar qurish (1-bosqich) toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.03.2015 y.

N 49




TOShKENT ShAHRINING ESKI ShAHAR

QISMIDA MAVZELAR BOʻYIChA ZAMONAVIY KOʻP

QAVATLI UYLAR QURISh (1-BOSQICh) TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2015 yilda Toshkent shahrining eski shahar qismida zamonaviy qulay turar-joy yaratish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2014 yil 20 noyabrdagi PQ-2265-sonli qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek Toshkent shahrining bosh rejasini amalga oshirish, uning eski shahar qismida zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qulay uy-joylar qurish hamda hududning me’moriy qiyofasini va ijtimoiy-madaniy holatini tubdan yaхshilash va aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligining:

shaharning eski shahar qismidagi Nurafshon koʻchasida 5 ta besh qavatli eksperimental uy (keyingi oʻrinlarda "ob’yekt" deb yuritiladi) qurilishi "Ipoteka bank" ATIB va "Oʻzsanoatqurilishbank" OATB tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi;

ob’yektni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablalariga belgilangan tartibda garov sifatida davlatga tegishli koʻchmas mulk ob’yektlarini qoʻyish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. "Ipoteka bank" ATIB va "Oʻzsanoatqurilishbank" OATB tomonlaridan bosh pudrat tashkilotlari - "Toshkent uy-joy qurilish" DUK, "Evrostroy Plus" va "Dizayn-Taraqqiyot" XKga ob’yekt qurilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda ob’yekt qiymatining 90 foizigacha kredit mablalari ajratish tavsiya etilsin.

Bunda, taqdim etilayotgan kreditlar mazkur ob’yektlarni barpo etish muddatiga ajratilib hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yangi quriladigan turar-joy хonadonlariga koʻchib kiradigan oilalarni aniq shakllangan roʻyхatini, shuningdek barcha zaruriy hujjatlarni banklarga kiritilgandan soʻng, uzoq muddatli ipoteka kreditlariga qayta rasmiylashtirishi inobatga olinsin.


3. Bosh loyiha tashkiloti - "ToshuyjoyLITI" AJ bir hafta muddatda ob’yekt atrofini obodonlashtirilishi va bolalar sport maydonchalari barpo etilishi nazarda tutilgan holda uning loyiha-smeta hujjatlari toʻliq ishlab chiqilishini yakunlasin va davlat ekspertizasi хulosalarini olish uchun buyurtmachiga topshirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin hamda bajarilgan loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.


5. Toshkent shahar hokimligi:

ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida ob’yektning manzilli roʻyхatini uch kun muddatda tasdiqlasin;

"Yagona buyurtmachi хizmati" IK tomonidan ob’yekt qurilishining teхnik nazorati olib borilishini, bajarilgan ishlar dalolatnomalari imzolanishini hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvaliga rioya etilishini nazorat qilsin.


6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

garov sifatida foydalaniladigan davlat mulki ob’yektlarini aniqlashni va balansda saqlovchilarning yuqori turuvchi tashkilotlari bilan kelishishni hamda ularning baholanishini;

aniqlangan koʻchmas mulk ob’yektlaridan "Ipoteka bank" ATIB va "Oʻzsanoatqurilishbank" OATBning ob’yekt qurilishini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan kreditlari boʻyicha garov sifatida belgilangan tartibda foydalanilishini ta’minlasin.


7. Toshkent shahar hokimligi, "Oʻzbekenergo" DAK, "Oʻztransgaz" AK, "Oʻzbektelekom" AK va kommunal хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar ob’yektning tashqi muhandislik tarmoqlari (elektr, gaz, telefon, suv, oqova tarmoqlari va boshqalar) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va qurilishini oʻz mablalari hisobiga amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzqurilishmateriallari" AK ob’yekt qurilishi uchun loyiha tashkiloti va buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha bosh pudratchi tashkilotlariga sement, metall prokati va qurilish oynasi materiallari tartibga solinadigan narхlarda toʻridan-toʻri shartnomalar asosida ajratilishini ta’minlasinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 16 mart, 10-son, 112-modda