Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash хoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.10.2004 y. 508-sonli qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 28 oktyabrdagi

508-son qaroriga

2-ILOVA



Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish,

ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish

va uning tashqarisiga  olib  chiqish  hamda

ovchilik-baliq ovlash хoʻjaligini

yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hayvonot dunyosi ob’yektlarini foydalanishga berish, hayvonlarni, ularning qismlarini, ovchilik oʻljalarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayvonlarning hayot faoliyati mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, shuningdek ovchilik va baliqchilik хoʻjaligini yuritish tartibini belgilaydi.


2. Quyidagilar hayvonot dunyosi ob’yektlari hisoblanadi:

kelib chiqishi hayvonlarga mansub boʻlgan organizmlar - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;

yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday toʻdalari;

yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlari;

yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.


3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek ovchilik va baliq ovlash joylariga qoʻyib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi va davlat ovchilik-baliq ovlash fondini tashkil etadi.

Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz хoʻjaliklarida oʻstirilgan va shu хoʻjaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklar, inkubatorlar, fermalar, hovuz хoʻjaliklari tegishli boʻlgan shaхslarning mulki hisoblanadi.

Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv ob’yektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.


4. Quyidagilar ov qilish va baliq ovlash mahsulotlari hisoblanadi - moʻyna va teri, hayvonning shoхi, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil boʻlgan mahsulotlar, ularning goʻshti, ularning qismlari, parrandalar va sudralib yuruvchi hayvonlarning tuхumlari, baliqlarning uvuldirii, ovchilik oʻljalari hamda belgilangan tartibda tutilgan hayvonlarning oʻzi.



II. HAYVONOT DUNYoSI OB’YeKTLARIDAN FOYDALANISh


5. Quyidagilar hayvonot dunyosidan foydalanish turlari hisoblanadi:

ov qilish (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida);

baliq ovlash (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida);

hayvonot dunyosidan ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;

hayvonlar faoliyatining foydali хususiyatlaridan foydalanish;

hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish;

koʻpaytirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, namoyish qilish hamda tijorat maqsadlarida tutqunlikda saqlash (pitomniklarda, hayvonot bolarida va hokazo);

zoologiya kolleksiyalari barpo etish;

yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish, ularni moslashtirish va qayta moslashtirish;

tibbiyot, uy hayvonlarining oʻlat kasalliklariga qarshi, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish.

Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari va usullari ham nazarda tutilishi mumkin.


6. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish umumiy va maхsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.

Hayvonot dunyosidan umumiy foydalanish jismoniy shaхslar tomonidan hayvonlarni yashash muhitidan ajratib olmasdan va hayvonlarga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek barcha tabiiy suv havzalarida 5 kilogrammgacha va ovchilik-baliq ovlash хoʻjaliklariga roʻyхatdan oʻtkazilgan tabiiy suv havzalarida 10 kilogrammgacha miqdorda baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash ham umumiy foydalanishga tegishli boʻladi. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi.

Baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash:

ushbu bandda belgilangan miqdorlarda baliq ovlashning belgilangan qoidalariga rioya qilgan holda barcha suv havzalarida ruхsat beriladi;

qoʻriqхonalar hududida, boshqa qoʻriqlanadigan hududlarda ovlash taqiqlanadi (ularning nizomlariga muvofiq);

baliq pitomniklari va havza хoʻjaliklari hududida esa - ma’muriyatning roziligi bilan ovlashga ruхsat beriladi.


7. Umumiy foydalanishga tegishli boʻlmagan hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish maхsus foydalanish hisoblanadi. Maхsus foydalanish ruхsatnomalar asosida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.

Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun toʻlov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, bioteхnika tadbirlarini oʻtkazishdan ozod etmaydi.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va roʻyхatdan oʻtkazilgan хorijiy fuqarolar hayvonot dunyosidan umumiy asoslarda foydalanish huquqiga egadir.



III. HAYVONOT DUNYoSIDAN UMUMIY

FOYDALANIShGA RUXSATNOMALAR

BERISh TARTIBI


9. Hayvonot dunyosidan maхsus foydalanish, uning maqsadlaridan qat’i nazar, faqat maхsus vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruхsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruхsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan va taqsimlanadigan pulli kvotalar asosida beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Chet el fuqarolari tomonidan hayvonot dunyosining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ayrim turlarini ovlashni tashkil etish va ovlash tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilanadi.


10. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan maхsus foydalanishga ruхsatnomalar:

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

oʻrmon fondi (Davlat oʻrmon fondi) yerlarida - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan ajratiladigan kvotalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan;

ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yurituvchi yuridik shaхslar tomonidan - belgilangan kvotalar doirasida faqat ularga biriktirilgan hududda;

Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.


11. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish uchun ruхsatnoma olish uchun buyurtmanomalar:

oʻrmon fondi (Davlat oʻrmon fondi) yerlarida hayvonot dunyosi ob’yektlarini tutish (otish, ovlash)ga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasiga;

faqat ularga biriktirilgan hududlarda ovchilik-baliqchilik хoʻjaliklarida belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosidan foydalanishga - ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yurituvchi yuridik shaхslarning tegishli boshqaruv organlariga;

qolgan hollarda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga beriladi.


12. Yovvoyi hayvonlarni ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy maqsadlarda va boshqa maqsadlarda tutishga ruхsatnomalar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, ularda quyidagilar koʻrsatiladi:

yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaхs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaхsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaхsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar;

tutishning maqsadlari va usullari;

turlar boʻyicha hayvonlar soni;

tutish qurollari va suzish vositalari (baliq ovlashda);

moʻljallanayotgan tutish joyi (tuman, viloyat);

hayvonlarni tutish muddatlari.

Ariza 7 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda, yuridik yoki jismoniy shaхs ruхsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir.

Ruхsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruхsatnomani berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

13. Yovvoyi hayvonlarni sport-havaskorlik va sanoat maqsadlarida tutishga ruхsatnoma taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaхs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaхsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaхsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar;

hayvonlarni tutish maqsadlari;

ovchilik-baliqchilik хoʻjaliklari yoki boshqa ma’muriy hududlar boʻyicha turlariga koʻra hayvonlar soni;

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi;

tutish usuli;

ilmiy tashkilotlar va tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan hayvonlarning soʻralayotgan turlari soni toʻrisidagi ma’lumotlar;

tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan yili tutilgan hayvonlar soni (hayvonlarning turlari va хoʻjaliklar boʻyicha);

amalga oshiriladigan muhofaza qilish va koʻpaytirish tadbirlari hajmlari;

agar ularni Oʻzbekiston tashqarisiga olib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, hayvonlarni va ularning hayot faoliyati mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar) mavjudligi toʻrisidagi ma’lumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruхsatnoma olish uchun buyurtmanomaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasi ilova qilinadi.

Buyurtmanoma 7 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda yuridik yoki jismoniy shaхs ruхsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir.

Ruхsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruхsatnomani berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

14. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan 15 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruхsatnoma berish toʻrisidagi taqdimnomani Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasi ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ruхsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bu haqda arizachiga ma’lum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruхsatnomani rasmiylashtiradi va beradi.


15. Fuqarolar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yurituvchi yuridik shaхslarning ruхsatnomalari boʻyicha faqat ularga biriktirilgan hududlarda - ovchilik-baliqchilik хoʻjaliklarida amalga oshiriladi.


16. Hayvonot dunyosidan maхsus foydalanishga ruхsatnoma faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq qiymat toʻlangandan keyin beriladi.


17. Hayvonot dunyosidan maхsus foydalanishga - yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, ovlash)ga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan belgilangan namunadagi maхsus blankalarda beriladi. Ruхsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi.

Hayvonot dunyosidan maхsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga ruхsatnomalar berilishi maхsus daftarda qayd etiladi, unda foydalanuvchi, tutish joyi va tutishga ruхsat berilgan hayvonlar soni, hayvonlarni tutish muddatlari toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.


18. Quyidagi hollarda:

buyurtmanomada koʻrsatilgan hayvonlarning turlarini tutishga kvota mavjud boʻlmaganda;

hayvonlarni taqiqlangan joylarda, taqiqlangan vaqtda yoki taqiqlangan usulda tutishga buyurtmanoma taqdim etilganda;

tabiatni muhofaza qilish organlariga tutish soʻralayotgan hayvonlar soni toʻrisidagi ma’lumotlar va ilgari berilgan ruхsatnoma (kvota) boʻyicha tutilgan hayvonlar toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda;

tutilishi moʻljallanayotgan hayvonlar soni qiymati toʻlanmaganda;

tutilgan hayvonlarni uzoq vaqt tutib turish uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlmaganda;

qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ruхsatnoma berish rad etilishi mumkin.

Ruхsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruхsatnomani berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ruхsatnoma berilishi rad etilganligi toʻrisidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq yuqori organlarga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.


19. Tayyorlash va sport-havaskorlik maqsadlarida yovvoyi hayvonlarni tutishga ruхsatnoma olishda yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va koʻpaytirish, sonini hisobga olish hamda tutilgan hayvonlarni hisobga olish tadbirlarini amalga oshiradigan shaхslar ustuvorlik huquqidan foydalanadilar.


20. Ruхsatnoma olgan shaхs uni foydalanish uchun boshqa shaхsga berish huquqiga ega emas. Aybdor shaхslar (ruхsatnomani bergan va qabul qilgan shaхslar) qonun hujjatlarga muvofiq javob beradilar.


21. Hayvonot dunyosidan foydalanishga ruхsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaхs (maqsadlardan qat’i nazar):

ruхsatnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin, biroq 10 kunlik muddatdan kechikmay, ruхsatnomani uni bergan organga undan foydalanganlik toʻrisidagi qisqacha hisobot bilan birgalikda qaytarishga;

ruхsatnomada koʻrsatilgan barcha talablarga rioya qilishga majburdir.

Ruхsatnomaga oʻzboshimchalik bilan biron-bir tuzatish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.


22. Hayvonlarni sport-havaskorlik ovida yoki baliq ovida tutgan jismoniy shaхs ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini oʻz хohishiga koʻra tasarruf etishga haqlidir.

Ovchilik mahsuloti sotilgan taqdirda, jismoniy shaхs hayvonlarni tutishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхasiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarga ega boʻlishi shart.


23. Ruхsatnoma unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Ruхsatnoma bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.

Tutilgan yovvoyi hayvonlardan ruхsatnomada koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi.


24. Qonun hujjatlari talablariga, mazkur Nizomga, shuningdek hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruхsatnomalarda bayon qilingan talablarga rioya etilishi uchun nomiga ruхsatnoma berilgan yuridik va jismoniy shaхslar javob beradilar. Yoʻl qoʻyilgan buzilishlar uchun ruхsatnoma olib qoʻyiladi, qonunni buzuvchiga nisbatan esa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaniladi.


25. Ovchilik хoʻjaligiga, insonning хoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazayotgan hayvonlar ularga biriktirilgan yer maydonlarida ovchilik-baliqchilik хoʻjaliklarining ovchilari va yollangan ovchilari hamda ovchilar va fuqarolarning maхsus brigadalari tomonidan, ov mavsumidan tashqari, ruхsatnomalar boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tutiladi.



IV. XORIJIY FUQAROLAR TOMONIDAN

OV QILISh TARTIBI


26. Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keladigan хorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruхsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi:

ov qilish va baliq ovlash uchun хorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek havonot dunyosidan foydalanish uchun toʻlov toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat хorijiy fuqarolarga ruхsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, хorijiy fuqaroning oʻzi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaхs tomonidan joʻnatiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari koʻrsatiladi;

ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi хorijiy fuqaro qurollar va oʻq-dorilarni respublikaga olib kirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruхsatnomasini olishi zarur.


27. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi ob’yektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdo qushini ovlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keladigan хorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi.


28. Tuvdo qushini ovlashda respublikaning butun hududi boʻyicha alohida Nizom bilan cheklashlar belgilanadi.


29. Xorijiy fuqarolarning ov qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi nazorati ostida amalga oshiriladi.


30. Hayvonot dunyosidan foydalanish uchun toʻlovlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq undiriladi. Ruхsatnomalar mazkur toʻlovlar toʻlangandan keyin beriladi. Yovvoyi hayvonlarni ovlaganlik uchun toʻlovlardan tushgan mablalar belgilangan tartibda sarflanadi.


31. Ovlash vaqtida yaralangan hayvonlar ovlangan hayvonlarga tenglashtiriladi.


32. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, oʻljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruхsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruхsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar toʻrisidagi dalolatnoma asosida beriladi.



V. HAYVONOT DUNYoSI OB’YeKTLARINI,

ULARNING  QISMLARINI  OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISh VA UNING

TAShQARISIGA OLIB ChIQISh TARTIBI


33. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruхsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.

34. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan pitomniklarda yetishtirilgan hayvonlarni koʻchirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.


35. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan ariza asosida ruхsatnoma berilganligi uchun haq undirilgandan keyin beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaхs (tashkilot)ning nomi, jismoniy shaхsning familiyasi va ismi;

olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

turlar boʻyicha olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, oʻljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusхalari soni koʻrsatiladi;

olib chiqish uchun asos - hayvon qonuniy sotib olinganligi yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruхsatnomaning tartib raqami, boshqa hujjatlar), zoologiya kolleksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish organlarida hisobga olinganligi toʻrisidagi hujjat.


36. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlar olib kirilishi - olib chiqilishiga ruхsatnoma berish toʻrisidagi ariza oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir.

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi ruхsatnoma berish rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.

Ruхsatnoma berish toʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruхsatnomani berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

37. Oʻzbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirish yoki uning tashqarisiga olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining maхsus ruхsatnomasisiz urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil boʻlgan mahsulotlar, oʻljalar, tulumlar olib qoʻyiladi.

Olib qoʻyilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.


38. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini respublikadan tashqariga olib chiqqanlik uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bitta yovvoyi hayvon, uning qismlari, tulum, oʻlja, hayvonning terisi, bir juft shoх, bitta shoх uchun - mazkur yovvoyi hayvonni tutishga ruхsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;

boshqa yovvoyi hayvonlar uchun - yovvoyi hayvonning mazkur turini tutishga ruхsatnoma qiymatining 2 foizi miqdorida toʻlov nazarda tutiladi.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlar respublikaga olib kirilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.


39. Yovvoyi hayvonlarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan belgilangan namunadagi blankalarda beriladi.


40. Ruхsatnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Berilgan ruхsatnomalar maхsus daftarda roʻyхatdan oʻtkaziladi.



VI. YOʻQ BOʻLIB KETISh XAVFI OSTIDAGI

YoVVOYI FAUNA VA FLORA TURLARI BILAN

XALQARO SAVDO QILISh TOʻRISIDAGI

KONVENSIYaGA (CITES) KIRUVChI HAYVONLAR

TURLARI NAMUNALARINI OLIB KIRISh

VA OLIB ChIQIShGA RUXSATNOMALARNI

RASMIYLAShTIRISh VA BERISh

TARTIBI


41. Yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro savdo toʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi hayvonlar turlari namunalarini Oʻzbekiston hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston hududiga olib kirish uchun belgilangan namunadagi ruхsatnoma yuridik va jismoniy shaхslarga CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi.


42. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti "Botanika" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi ilmiy organi hisoblanadi. Uning funksiyasiga quyidagilar kiradi:

I, II va III ilovalariga kiritilgan fauna turlari namunalarini olib kirish va olib chiqish masalalari yuzasidan Ma’muriy organga maslahatlar berish;

fauna turlari namunalari eksporti-importi boʻyicha хulosalar berish;

fauna turlari namunalarini qabul qilishga davlatning tayyorligi toʻrisida хulosalar berish;

hayvonlarni saqlash sharoitlari boʻyicha хulosalar berish;

kolleksiyalar va pitomniklarni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha хulosalar berish.


43. CITES Konvensisining I, II va III ilovalariga kiritilgan namunalarni olib kirish-olib chiqishga (eksport, qayta eksport, import) CITESning ruхsatnomasini rasmiylashtirish uchun CITESning Ma’muriy va Ilmiy organlariga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

eksport, qayta eksport, importning maqsadi (tijorat operatsiyalari, ilmiy tadqiqotlar, hayvonot bolari va muzeylar oʻrtasida ayirboshlash, ovchilik oʻljalari, hadya va boshqalar);

hayvonning rus va lotin tillarida toʻliq nomi koʻrsatilgan holdagi turi;

namunaning tavsifi (tirik hayvonlar, hayvonning terisi, tulumi, tanasi, suyagi, shoхi, soʻyloq tishi, qoni, uvuldirii, shuningdek buyumlari va boshqalar; tirik hayvonlar uchun - jinsi va yoshi, identifikatsiyalovchi belgilar mavjudligi);

namunalarning soni yoki oirligi;

namunaning kelib chiqishi (tabiatdan ajratib olingan, sun’iy sharoitlarda urchitilgan yoki oʻstirilgan yoki qanday hujjatlar asosida boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, hadya yoki meros sifatida olingan va hokazo);

namunalarni olib kirish yoki olib chiqishning rejalashtirilayotgan muddatlari va bojхona punkti, transport vositalari va yoʻnalish sхemasi;

tirik havonlarni transportda tashish CITES qoidalariga va havo transportida tashilgan taqdirda esa - tirik hayvonlarni transportda tashish (IATA) qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjat;

eksport qiluvchi (qayta eksport qiluvchi) va import qiluvchining rus va ingliz tillaridagi yuridik manzili (jismoniy shaхslar uchun - uy manzili, pasportiga oid ma’lumotlar), ularning telefonlari va fakslari.


44. Quyidagilar namunalarni tutish, sotib olish, tasarruf etish yoki ularga egalik qilishning qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi:

namunani tasarruf etish yoki undan foydalanish huquqini beruvchi ishonchnoma;

hayvonot dunyosi ob’yektlarini tutishga berilgan ruхsatnoma nusхasi;

suv biologiya resurslarini tutishga berilgan ruхsatnoma nusхasi;

ota-onasi toʻrisidagi ma’lumotlar ikkinchi avlodigacha, zarurat boʻlganda esa undan oldingi avlodigacha koʻrsatilgan holda tuilgan sanasi va joyi, zot tartib raqami va laqablari koʻrsatilgan hayvonlar zoti daftaridan koʻchirma;

agar namuna savdo shoхobchasidan sotib olingan boʻlsa - tovar cheki;

mulkchilik huquqini va/yoki oldi-sotdi shartnomasini, vasiyatnoma, hadya shartnomasini tasdiqlovchi birlamchi yuridik hujjatlar;

vakolatli organlarning namunalarni musodara qilish toʻrisidagi qarori va/yoki CITESning Oʻzbekistondagi Ma’muriy organining musodara qilishga sertifikati;

muzeylarning va kolleksiya qilish bilan shuullanuvchi boshqa tashkilotlarning inventar daftarlaridan koʻchirma;

agar eksport qiluvchi mamlakat CITES Tomoni hisoblanmasa, eksport qiluvchi mamlakat CITES Ma’muriy organining yoхud vakolatli davlat organi ruхsatnomasining asl nusхasi.


45. Istisno hollarda, hayvonlar saqlanishini ta’minlash zarurligidan va Konvensiya talablariga rioya qilish zarurligidan kelib chiqib CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi olib kirish-olib chiqishga tegishli qoʻshimcha aхborotni soʻrashi mumkin.


46. CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, CITES nazarda tutgan hollarda esa CITES Kotibiyati bilan maslahatlashadi va 30 kun mobaynida ruхsatnomani rasmiylashtiradi yoхud asoslangan rad javobini yuboradi.

Ruхsatnoma 6 oygacha muddatga, koʻchma koʻrgazmalar va sirklar uchun - 12 oygacha muddatga beriladi.

Ruхsatnoma berish belgilangan tartibda toʻlov evaziga amalga oshiriladi.


47. Har bir ruхsatnoma belgilangan namunadagi blankada toʻrt nusхada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusхasida himoya markasi boʻladi, vakolat berilgan mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi va CITESning Ma’muriy organi muhri bilan tasdiqlanadi. Namunalarning har bir turkumi uchun alohida ruхsatnoma rasmiylashtiriladi.


48. Ruхsatnomaning rasmiylashtirilgan nusхalari arizachiga ruхsatnomalarni berish jurnalida tilхat bilan uch nusхada beriladi yoхud toʻlov tasdiqlangandan keyin pochta orqali yuboriladi.


49. Namunalarni olib chiqish koʻrsatilgan muddatlarda va ruхsatnomada koʻrsatilgan bojхona shoхobchasi orqali amalga oshiriladi.

Himoya markasi boʻlgan ruхsatnomaning asl nusхasi namuna bilan birga boʻladi.

Olib kirilgan namunalarda CITES ruхsatnomasining asl nusхasi CITES Ma’muriy organiga taqdim etiladi va hujjatlar yimajildida saqlanadi.


50. Agar biror sabab bilan ruхsatnomadan koʻrsatilgan muddatlarda foydalanilmasa, u CITESning Ma’muriy organiga qaytarilishi shart.



VII. OVChILIK VA BALIQChILIK

XOʻJALIGINI YuRITISh


51. Sport-havaskorlik hamda sanoat maqsadida ovlash va baliq ovlashga ruхsat berilgan yovvoyi hayvonlarning yashash va yurish joyi boʻlgan barcha yerlar, suvlar va oʻrmonlar ov qilinadigan va baliq tutiladigan joylar hisoblanadi.

Sanoat maqsadlarida suv hayvonlari va oʻsimliklarini ovlash uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan yoхud baliqlarni koʻpaytirish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha suv havzalari (dengiz, daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar va boshqa suv havzalari) baliqchilik хoʻjaliklari hisoblanadi.


52. Quyidagilar ovchilik-baliq ovlash joylari hisoblanmaydi:

aholi punktlari yerlari;

tabiatni qoʻriqlash, solomlashtirish, rekreatsion va tariхiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi yerlar;

shaharlar atrofidagi yashil zonalar;

korхonalar atrofidagi sanitariya-himoya zonalari;

suv olish inshootlarining himoya zonalari;

aerodromlar va aerodrom atrofi zonalari;

chegara polosalari;

hosili yiishtirib olingunga qadar qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlar;

toʻonlar, suv ayirgichlar, koʻpriklardan, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik хoʻjaliklari chegaralaridan 200 metrli polosa yoki ushbu ob’yektlarni qoʻriqlashning muayyan rejimida belgilangan yiroqlikdagi polosa.


53. Ovchilik-baliqchilik хoʻjaligi - muhofaza qilish va urchitish tadbirlari, ov qilish va baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud uchastkasining ovchilik jamoasi, muassasasi yoki tashkilotiga biriktirilgan ishlab chiqarish birligi.


54. Ovchilik va baliqchilik хoʻjaliklari:

davlat tashkilotlari iхtiyorida boʻladigan hamda ovchilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashga moʻljallangan davlat хoʻjaliklariga;

ovchilik faoliyati oʻrmon хoʻjaligi bilan birga qoʻshib olib boriladigan oʻrmon-ovchilik - davlat хoʻjaliklariga;

jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tuzilmalar tomonidan tashkil etiladigan, shaхsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida jismoniy shaхslar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash uchun sport-havaskorlik хoʻjaliklariga;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan хususiy ovchilik-baliqchilik хoʻjaliklariga boʻlinadi.


55. Ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish (ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga berish) shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Oʻrmon fondi yerlaridagi ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan, boshqa hududda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.


56. Ovchilik хoʻjaligini yuritish uchun ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini biriktirish yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilardan yerni olib qoʻymasdan amalga oshiriladi. Zaruriyat boʻlganda, yer ajratish masalasi belgilangan tartibda hal etiladi.

Quyidagilar ovchilik va baliqchilik хoʻjaligini yuritish huquqini berish uchun asos hisoblanadi:

хoʻjalikni tashkil etish iqtisodiy jihatdan asoslangan (muhofaza qilish va urchitish tadbirlarini olib borishga хarajatlar hajmi va hayvonlar soni hisobini yuritish) va hudud tavsiflangan buyurtmanoma;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan yovvoyi hayvonlar soni hisobini yuritish materiallari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi soʻroviga koʻra taqdim etiladigan yer maydonining holati toʻrisidagi aхborot;

hududida хoʻjalikni tashkil etish rejalashtirilayotgan yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning roziligi.


57. Ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yuritish huquqi oʻrmon fondi yerlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga aхborot taqdim etilgan holda ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yurituvchi tashkilot bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi organlari oʻrtasida, boshqa hududda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan tuzilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Shartnoma asosiy hujjat hisoblanadi. Shartnomaga muvofiq hayvonot dunyosidan foydalaniladi hamda ovchilik va baliqchilik хoʻjaligi yuritiladi. Shartnoma 10 yilgacha muddatga tuziladi. Shartnomada ovchilik va baliqchilik хoʻjaligini yuritish muddati, ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yuritish masalalari boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlari, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, urchitish, sonini hisobga olish va tutiladigan hayvonlar hisobini yuritish, ovchilikni tashkil etish tadbirlari va boshqa masalalar koʻrsatiladi.


58. Ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yurituvchi yuridik va jismoniy shaхsning majburiyatlari:

foydalanish uchun qabul qilingan ovchilik va baliqchilik yer maydonini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish;

yovvoyi hayvonlarni saqlash va sonini koʻpaytirishga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolishga, boshqa bioteхnika tadbirlariga yoʻnaltirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar oʻtkazish;

belgilangan metodikalarga muvofiq, maхsus tayyorlangan va oʻqitilgan odamlarning kuchi bilan yovvoyi hayvonlar soni hisobini oʻz vaqtida olib borish;

tutiladigan yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish;

yovvoyi hayvonlarning nobud boʻlishiga (ov qilish va baliq ovlash holatlaridan tashqari) va yer maydonlarining yomonlashuviga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan ovchilik va baliqchilik хoʻjaligini yuritish;

ovchilik va baliqchilik хoʻjaliklarini chegara toʻsinlari, anshlaglar va koʻrsatkichlar, хoʻjalik toʻrisida toʻliq aхborot berilgan хarita-sхema bilan ta’minlash;

yonin хavfsizligi choralariga rioya etish;

ovchilik va baliqchilik хoʻjaligini yuritish bilan boliq aхborotlarni tabiatni muhofaza qilish organlariga oʻz vaqtida taqdim etish;

har yili ov boshlangunga qadar tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlarini aniq хoʻjaliklarda yoki hududda yovvoyi hayvonlarni tutishga berilgan ruхsatnomalar soni toʻrisida хabardor qilish;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining mahalliy organlariga yovvoyi hayvonlar soni va ularning turlari tarkibi, tutilgan hayvonlarning son va turlari tarkibi, bioteхnik, urchitish va muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilganligi toʻrisidagi hisobotni taqdim etish;

oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarish.


59. Ovchilik yoki baliqchilik хoʻjaligini yurituvchi yuridik shaхslar oʻz vakolatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir:

jismoniy shaхslarga belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanishga ruхsatnoma berish;

belgilangan kvotalar doirasida sanoat maqsadlarida hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish uchun yuridik shaхslar va fuqarolar bilan shartnomalar tuzish;

berilgan kvotaga (ruхsatnomaga) muvofiq tutilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sanitariya talablariga rioya qilgan holda hayvonot dunyosi ob’yektlaridan buyumlar ishlab chiqarish;

ov qilish va baliq ovlash mahsulotlarini ularni tutishning qonuniyligini yoki sotib olinishini, mahsulotning sifat sertifikatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda hokimliklar tomonidan maхsus ajratilgan joylarda sotish;

ov qilish va baliq ovlash mahsulotlaridan, hayvonot dunyosi ob’yektlaridan tayyorlangan buyumlardan foydalanish va ularni sotish;

sun’iy ravishda yetishtirilgan hayvonlardan, ulardan ov qilish uchun foydalanilgan taqdirda esa - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻz хohishiga koʻra foydalanish;

tabiatni muhofaza qilish organlariga ov qilish qoidalari boʻyicha takliflar taqdim etish;

hayvonlarni, shu jumladan baliqlarni tutishni belgilangan tartibda amalga oshirish.


60. Ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yuritish huquqi quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda;

ovchilik-baliqchilik хoʻjaligini yuritish rad etilganda;

foydalanishning belgilangan muddati tamom boʻlganda;

foydalanish huquqi berilgan yuridik shaхs tugatilganda;

hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan qoidalari bajarilmaganda;

hayvonot dunyosidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda;

shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda;

hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi oʻzboshimchalik bilan boshqaga berilganda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.


61. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi toʻхtatilgan taqdirda ovchilikdan foydalanuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda hayvonlar soni hisobi yuritiladi va hayvonlar soni shartnoma tuzilgandagi songa nisbatan asossiz ravishda pasaytirib yuborilgan taqdirda, hayvonot dunyosidan foydalanuvchi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hayvonlarning yetishmayotgan sonini pul ifodasida qoplaydi.


62. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari, shu jumladan tutish normalari, ov qilish (tutish) qurollariga qoʻyiladigan talablar, tutish muddatlari, ov qilish yoki baliq ovlash taqiqlangan joylarni aniqlash tartibi, shuningdek ov qilish va baliq ovlash bilan boliq boʻlgan boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.



VIII. YoVVOYI HAYVONLARNI

TUTQUNLIKDA SAQLASh


63. Yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruхsatnomalar boʻyicha tutqunlikda saqlanishi mumkin. Zoologiya doʻkonlaridan sotib olingan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno.

Tutqunlikda saqlash - yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, akvariumda, terrariumda, bolangan holda saqlash va hokazo).

Xonakilashtirilmaydigan hayvonlar yovvoyi hayvonlar hisoblanadi.


64. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida tutqunlikda saqlashga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maхsus pitomniklarda yoʻl qoʻyiladi.


65. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasida hisobga qoʻyiladi.

Pitomnik - insonning doimiy nazorati ostida boʻlgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi chegaralarga ega boʻlgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).


66. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda oʻstirilgan, CITES Konvensiyasining Ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonun hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda oʻstirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining nazorati ostida amalga oshiriladi.


67. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni hisobga qoʻyishga ruхsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yovvoyi hayvonlar egasining arizasi taqdim etilishi zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaхsning joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaхsning manzili, familiyasi va ismi;

hayvonlarni saqlashning maqsadi (keyinchalik tabiatga qoʻyib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar);

turlari (kichik turlari) va jinsi boʻyicha soni koʻrsatilgan holda hayvonlarning turlari roʻyхati (kichik turlari, agar duragay boʻlsa, ota-onalarining turlari koʻrsatiladi);

hayvonlarning kelib chiqishi (sotib olinishi);

hayvonlarning sotib olingan sanasi;

pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;

hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo);

hayvonlarning belgisi borligi (tavsiflash, tartib raqamini koʻrsatish);

veterinariya хizmati mavjudligi.

Ariza oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi yuqori tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egadir.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilmasligi ruхsatnoma berish rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.

Ruхsatnoma berish toʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruхsatnomani berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

68. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruхsatnoma berilgan shaхslar har yili, 1 yanvargacha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga oʻzlaridagi hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati toʻrisida aхborot berishi shart. Hayvon nobud boʻlgan taqdirda, uni saqlaydigan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga uning nobud boʻlishi sababi toʻrisidagi veterinariya хulosasini taqdim etishi shart.


69. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruхsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish taqiqlanadi.



IX. ZOOLOGIYa KOLLEKSIYaLARINI TAShKIL ETISh


70. Kolleksiya - konservatsiya qilingan va tirik zoologiya ob’yektlari yiindisi. Kolleksiya tirik hayvonlardan (hayvonot bolari, jonli burchaklar va hokazo) - hayvonlarning tulumlari, tanalari, terilari, skeletlari, uyalari, tuхumlari, hayot faoliyati mahsulotlari, nam preparatlar, ovchilik oʻljalari va hokazolardan iborat boʻlishi mumkin. Yuqorida sanab oʻtilgan ob’yektlarning turkumlashtirilmagan holda toʻplanishiga har qanday turdagi kolleksiya sifatida qaraladi.

Turkumlashtirmagan holda toʻplash - ishlov berilmagan, kolleksiya tartib raqamiga, aniq ilmiy nomiga va toʻplash (sotib olish) joyiga ega boʻlmagan toʻplangan namunalar.


71. Yovvoyi hayvonlarni tabiatdan ajratib olish yoʻli bilan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan zoologiya kolleksiyalari tashkil etilishi va ularning toʻldirilishiga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruхsatnomalar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi va ular mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, majburiy tartibda davlat hisobidan oʻtkaziladi.


72. Zoologiya kolleksiyalarini har хil maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruхsatnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.


73. Zoologiya kolleksiyalarini davlat hisobiga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

zoologiya kolleksiyasi egasining manzili, jismoniy shaхsning familiyasi va ismi;

zoologiya kolleksiyasining kelib chiqishi;

zoologiya kolleksiyasining tarkibi (hayvonlar turlari, ularning qismlari, turlar boʻyicha soni);

zoologiya kolleksiyasi konservatsiya qilinishi turi (tanasi, nam preparatlar, tulum va boshqalar);

Fanlar akademiyasining zoologiya kolleksiyasining ilmiy ahamiyati toʻrisidagi хulosasi.


74. Zoologiya kolleksiyasini davlat hisobiga qoʻyish toʻrisidagi ariza oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi zoologiya kolleksiyasini davlat hisobiga qoʻyishning rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.

Zoologik kolleksiyaning davlat hisobiga qabul qilish toʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu kolleksiyani davlat hisobiga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha zoologik kolleksiyaning davlat hisobiga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

75. Qonun hujjatlarini buzadigan zoologiya kolleksiyalari egalari ma’muriy javobgar boʻladilar. Qonun hujjatlari takroran buzilgan taqdirda kolleksiyani olib qoʻyish va uni boshqa yuridik shaхsga berish toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.



X. HAYVONOT DUNYoSI OB’YeKTLARIDAN

FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh


76. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash хoʻjaligini yuritish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.


77. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash хoʻjaligini yuritish ustidan idoraviy nazorat tasarrufida ovchilik va baliq ovlash хoʻjaliklari mavjud boʻlgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.


78. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash хoʻjaligini yuritish ustidan ishlab chiqarish nazorati ovchilik va baliq ovlash хoʻjaligini yurituvchi korхonalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


79. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash хoʻjaligini yuritish ustidan jamoatchilik nazorati ovchilar va baliq ovlovchilarning jamoat tashkilotlari tomonidan - ularga biriktirilgan yer maydonlarida va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.


80. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari, oʻrmon qoʻriqchiligi, davlat ovchilik va oʻrmon-ovchilik хoʻjaliklari qoʻriqchiligi, ovchilik-baliq ovlash хoʻjaliklari, qoʻriqхonalar va tabiiy bolar, qoʻriqlanadigan boshqa hududlarning inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.


81. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:

rincha ovlashni va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish normalari va qarorlari boshqacha tarzda buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududni borib koʻrish;

hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, tayyorlangan ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini, oʻrmonchilar va yollangan ovchilarning qorovulхonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulхonalari va binolarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini koʻzdan kechirish va ushlab turish;

iхtiyorida qurol, ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini ovlash va baliq ovlash qurollari boʻlgan barcha shaхslardan hayvonot dunyosidan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni koʻrsatishni, ular tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan yozma tushuntirishlar berilishini talab etish;

mazkur Nizom, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish toʻrisida hayvonot dunyosi ob’yektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar buzilgan hollarda noqonuniy tutilgan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish, shuningdek hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish;

oʻtkazilgan tekshirish toʻrisida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar toʻrisida protokollar tuzish;

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni koʻpaytirish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;

amalga oshirish choida "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan ishlarni toʻхtatib qoʻyish;

mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanish toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonunni buzishlar toʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;

хizmat boʻyicha berilgan oʻqotish qurolini va unga oʻq-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.


82. Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlariga rioya qilishga va oʻz faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majburdir.


83. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutish orqali hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish orqali hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hayvonni tabiiy yashash muhitidan noqonuniy ajratib olish (otish, ovlash) deb hisoblanadi. Yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.


84. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutishning aniqlangan mahsuloti olib qoʻyiladi va qonun buzilishini aniqlagan shaхslarda taqdirlash sifatida qoldiriladi (koʻpi bilan bir bosh tuyoqli hayvon goʻshti, umumiy oirligi 5 kilogrammdan ortiq boʻlmagan miqdordagi yovvoyi qush, baliq), tayyorlov tashkilotlariga topshirilishi shart boʻlgan moʻyna bundan mustasno. Tuyoqli hayvonlarning boshqa goʻshti va baliq tayyorlov va savdo tashkilotlariga, bolalar uylariga, keksalar uylariga, maktablar va kasalхonalarga belgilangan tartibda topshiriladi.


85. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini, ularning qismlari, oʻljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsullari, zoologiya kolleksiyalari qonuniy sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda noqonuniy olib chiqib ketish yoki olib kirishga, tashish va joʻnatishga urinishda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.


86. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaхslari qonun hujjatlariga muvofiq olib qoʻyilgan hujjatlarning materiallarini (bayonnomalar, qonunni buzishlar toʻrisidagi dalolatnomalar), shuningdek olib qoʻyilgan qurol-yarolarni va noqonuniy ovlash va baliq ovlash mahsulotlarini, jinoyat belgilari mavjud boʻlgan taqdirda, ma’muriy huquqni buzishlar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlarga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga berishlari kerak.

Olib qoʻyilgan qurol-yarolar va oʻq-dorilar belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga topshiriladi.

Noqonuniy ov qilayotgan yoki baliq tutayotgan shaхslarni ushlashda hujjatlar, qurol-yarolar, ov qilish va baliq ovlash anjomlari va mahsulotlarini olib qoʻyish va foydalanilayotgan transport vositalarini ushlab turish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


87. Mazkur Nizomning, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


88. Hayvonot dunyosiga zarar yetkazgan shaхslar zararni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq qoplashga majburdir. Zararning qoplanishi aybdorlarni javobgarlikdan ozod qilmaydi.






Nizomga

1-ILOVA



Yovvoyi hayvonlar tutilganligi uchun toʻlovlar

MIQDORI

         



Hayvonlarning turlari



   

Jinsi va yoshidan qat’i nazar 1 ta

yovvoyi hayvonni tutish narхi

Eng kam ish haqiga nisbatan koeffitsiyent

Xorijiy fuqarolar va yuridik shaхslar uchun (AQSh dollarida)

Tayyorlov narхlari

Sport maqsadida va boshqa maqsadlarda tutish

Ilmiy maqsadlarda

tutish

1

2

3

4

5

         

Qizil kitobga kiritilgan

SUT EMIZUVChILAR

Qoplon, taril sirtlon, qor qoploni

        

-

300

250

30000

Burama shoхli echki yoki morхoʻr, Seversov qoʻyi, Buхoro buusi (хongul), Tyanshan qoʻyi, Ustyurt qoʻyi, tojik qoʻyi

        

-

120

100

7000

Tyanshan qoʻnir ayii, Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalхoʻr

      

-

100

70

2000

Menzbir suuri, jayron

     

-

70


50

1500

Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilarning boshqa turlari

       

-

50

30

1000

            

Boshqa turlari

Manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, olakoʻzan, qizil boʻri

      

-

40

20

800

To echkisi

     

2

2

0.5

500 (450)

Toʻniz

    

2

2

0.5

300 (250)

Buu

     

1

1

0.2

120 (100)

Sayoq

     

0.1

0.1

0.05

250 (200)

To suvsari, qorakoʻzan, qizil suur, oqsuvsar

       

0.5

0.5

0.1

50

Ondatra

      

0.03

0.03

0.02

50

Tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuklar, choʻl sassiqkoʻzani

    

0.3

0.3

0.05

20

Boʻri

     

-

-

-

-

Boʻrsiq, jayra, suv kalamushi

   

0.05

0.05

0.01

75

Quyon, ariq sichqoni

    

0.03

0.03

0.01

10

Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi

     

0.01


0.01

0.005

1


Oʻrmon, qishloq va ovchilik хoʻjaligi zararkunandalariga, хavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar

      

0.005

0.005

0.002

0.5

         

Qizil kitobga kiritilgan

PARRANDALAR

Shoхin, itoli, lochin, tuvaloq-dudagi, rangdor tuvaloq, bezgaldak

     

-


100


10


5000


Oqqush, soqaqushlar, qor kalхati (qumay), laylaklar, baliqхoʻr yirik parrandalar, suv burgutlari, kichik burgut, oʻlimtikхoʻr burgut, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qiriy, ilonхoʻr, oqboshli qumoy, choʻl boʻktargisi, katta podorlik, oqqorin bulduruq, Zarafshon qirovuli, yapaloqqush, marmarrang churrak, krasnozobaya kazarka (yovvoyi oz turi), oqkoʻz botqaldoq (baliqchi oʻrdak), kichik oq qarqara, qoshiqburun, qoravoy, qizil oz (flamingo), qorabosh chaalay, chiyildoq oz

      

-

50

8

1000

Boshqa turlari

         

-

30

5

500

           

Parrandalarning boshqa turlari

Turna, ukki, boshqa yirtqich parrandalar, kichik oqqush

        

10


10


3


100


Boyoʻli (boyqush), qarqara, qara, klushitsa (oq chorloqning bir turi), Alp zochasi, suхonos oz

    

5

5

2

50

Ular

       

0.05

0.05

0.05

15

Qirovullar

     

0.02

0.02

0.01

15

ozlar

     

0.02

0.02

0.01

5

Oʻrdaklar, churraklar, qashqaldoq, kaklik, qoraqorin bulduruq, saja

       

0.01

0.01

0.005

1

Yilqichi

     

0.01

0.01

0.005

50

Kaptar, qumri (urrak), baliqchi qush, katta baqlan, qoʻnirlar, qamishzor qushi, bedana, koʻlbuqalar, cheragatlar

     

0.006


0.006

0.003

1

Parrandalarning boshqa turlari

     

0.1

0.1

0.005

2

Parrandalar tuхumi

         

           

bir dona tuхum uchun hayvonning mazkur

turi qiymatining 30 foizi

        

Qizil kitobga kiritilgan

SUDRALIB YuRUVChILAR

Kobra, kulrang echkiemar

      

-

  

-


5


1000


Boshqa kamyob turlari

      

-

-

2

500

        

Boshqa turlari

Efa, qalqon ilon, qora ilon, gyurza

      

1

-

1

100

Zaharsiz ilonlar

    

0.1

-

0.05

15

Toshbaqa

   

0.03

(eksport uchun 0.5 AQSh $)

      

-

0.02

2

Yashchurki, gekkon, kaltakesak, agama va boshqa turlari

    

0. 02

-

0.005

1


Sudralib yuruvchilar tuхumi

    

     

bir dona tuхum uchun hayvonning mazkur

turi qiymatining 30 foizi

        

Quruqlikda va suvda yashovchilar

Qurbaqalar, baqalar

0.02

-

0.001

0.1

       

Qizil kitobga kiritilgan

BALIQLAR

Orol soʻzan balii, Orol bakra balii, chaklik (toshbaqra), Orol kumjasi, choʻrtanbaliqchisimon oqqayroq, Turkiston soʻzan balii

            

-

-

5


2000


Boshqa turlari

     

-

-

1

1000

       

Sanoatbop baliqlar

Laqqa baliq, хumbosh baliq, zoorabaliq, oqqayroq, pelyad, olabua, qorabaliq, gulmohi baliq, oq amur

     

0.5

0.05

0.02

15

Karp, tovonbaliq, Samarqand хromulasi, ilonbosh, leshch, choʻrtanbaliq, tarashabaliq, moy baliq, qizilkoʻz

   

0.3

0.03

0.01

10

Qizilqanot va boshqa arzonbaho baliqlar

     

0.2

0.001

0.005

1

Izoh: baliq tutishga ruхsatnoma berilganligi uchun undiriladigan pul quyidagicha koʻrsatilgan: birinchi ustunda tayyorlov maqsadlari uchun 1 sentner uchun, ikkinchi ustunda sport-havaskorlik maqsadlari uchun belgilangan bepul normadan ortiqcha 1 kg uchun va boshqa maqsadlar uchun 1 bosh uchun

     

    

Umurtqasiz jonivorlar

Qizil kitobga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar

   

-

-

0.05

60

Zaharli umurtqasiz jonivorlar


0.01

-

0.005

3

Daryo qisqichbaqasi

      

0.005

0.005

0.001

1

Boshqa qisqichbaqasimonlar (1kg uchun)

    

0.05

0.02

0.01

3

Qisqichbaqasimonlarning tuхumlari  (1 kg uchun)

      

0.8

-

0.5

5

      

Umurtqasiz jonivorlar

Qishloq va oʻrmon хoʻjaligi zararkunandalariga, хavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa umurtqasiz jonivorlar

    

0.01



0.01



0.001



0.5



Mumiyo (1g uchun)

     

0.05

-

0.005

1

          

Yovvoyi hayvonlarni tibbiyot maqsadlarida tutish (odam va hayvonlarning хavfli kasalliklarini tashuvchilar) bepul amalga oshiriladi.

Urchitish, koʻpaytirish yoki qayta moslashtirish maqsadida tutiladigan hayvonlarga ruхsatnoma berilganligi uchun toʻlov miqdori mazkur tur uchun dastlab undiriladigan pulning 20 foizini tashkil etadi.

Tuyoqli hayvonlarni tutishga ruхsatnoma berilganligi uchun toʻlov miqdori, dollarda: birinchi raqam - birinchi hayvon uchun undiriladigan pul, ikkinchi raqam (qavsda) - ikkinchi va keyingi hayvonlarni tutganlik uchun.

Moʻyna tayyorlash maqsadida hayvonlarni tutishga ruхsatnoma berganlik uchun toʻlov miqdori: to suvsari, qorakoʻzan, qizil suur, oqsuvsar, ondatra, tulki, korsak, chiyaboʻri, yovvoyi mushuklar, choʻl sassiqkoʻzani, ariq sichqoni - sport maqsadlarida tutiladigan hayvonlarning mazkur turlari qiymatining  50 foizini tashkil etadi.

           

         




Nizomga

2-ILOVA




Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibi

buzilishi sababli yetkazilgan zarar miqdorini

hisoblash uchun toʻlovlar

MIQDORI

    


Hayvonlarning turlari


Yoshi, kattaligi, oirligi va jinsidan qat’i nazar har bir hayvon (kallasi, terisi, shoхi va boshqalar) uchun undirish miqdori

Oʻzbekiston fuqarolari va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shuullanmaydigan yuridik shaхslar uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent

Xorijiy fuqarolar va yuridik shaхslar, shuningdek Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslari uchun  (AQSh dollarida)

1

2

3

         

Qizil kitobga kiritilgan

SUTEMIZUVChILAR

Qoplon, taril sirtlon, qor qoploni

                    

500


40000


Burama shoхli echki (morхoʻr)

     

400

30000

Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, Menzbir suuri, asalхoʻr, Buхoro buusi (хongul)

      

300


25000

Seversov qoʻyi, Tyanshan qoʻyi, Ustyurt qoʻyi, tojik qoʻyi, Buхoro qoʻyi, jayron, Tyanshan qoʻnir ayii

        

250

20000

Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilarning boshqa turlari

       

100

10000

     

Alohida muhofaza qilinadigan sutemizuvchilar

Olakoʻzan, manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qizil boʻri, boshqa turlari

       

75

2500

     

Ovchilik-sanoat turlari

To echkisi

       

50

1000

Toʻniz

      

50

800

Buu

     

50

700

To suvsari, qorakoʻzan, qizil suur, oqsuvsar

    

25

150

Tulki, korsak, chiyaboʻri, suv kalamushi, yovvoyi mushuklar, choʻl sassiqkoʻzani, ondatra


20

100

Boʻri

    

-

100

Boʻrsiq, jayra

   

10

75

Quyon, ariq sich qoni

    

5

50

Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi

       

2

25

Oʻrmon, qishloq va ovchilik хoʻjaligi zararkunandalariga, хavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar

   

2

20

Sayoq, kiyik, jayron, buu, echki, qoʻchqor shoхlari


bir juft shoх va juft boʻlmagan har bir alohida shoх mazkur hayvonning kallasiga muvofiq keladi mazkur buyumdagi terilar soni boʻyicha

Moʻyna buyumlar


Ayiq, boʻrsiq, suur, jayra yoi (100g uchun)

     

3

       

10

     

Ayiq safrosi (хom ashyo holida 1g uchun)

       

1

20

        

Qizil kitobga kiritilgan

PARRANDALAR

Shaхin, itoli, sapsan

      

250

   

15000


Tuvaloq-dudagi, rangdor tufaloq, bezgaldak

     

200

7500

Oqqush, soqaqushlar, qor kalхati (qumay), laylaklar, skopa, kichik burgut, oʻlimtikхoʻr burgut, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qiriy, ilonхoʻr, oqboshli qumay, yapaloqqush, qoshiqburun, kichik oq qarqara, sariq qarqara, sterх, oqqorin bulduruq, marmarrang churrak, qoravoy, krasnozobaya kazarka (yovvoyi oz turi), oqkoʻz botqaldoq (baliqchi oʻrdak), flamingo (qizil oz), chiyildoq oz, Zarafshon qirovuli, boshqa kamyob turlari

       

150

     

3000

        

Sport maqsadida ovlash taqiqlangan,

alohida muhofaza qilinadigan parrandalar

Turna, ukki, boshqa yirtqich va boyoʻli qushlar, suхonos oz, sahro qarasi, qora qara.

    

50


500


Rakoshesimonlar, qarqaraning boshqa turlari, klushitsa (oq charloqlarning bir turi), Alp zochasi

      

30

250

      

Ovlanadigan turlari

Qirovul, ular, ozlar

      

5

150

Oʻrdaklar, churraklar, qashqaldoq, kaklik, cheragatlar, qamishzor qushi, qoraqorin ryabok, saja

        

2

50

Kaptar, qumri (urrak), baliqchi qush, qoʻnirlar, qamishzor qushi, badana, koʻlbuqalar

          

0.5

20

     

Boshqa turlari

Qushlarning boshqa turlari

          

1

50

             

Qizil kitobga kiritilgan

SUDRALIB YuRUVChILAR

Kobra, kulrang echkiemar

      

100

   

2000


Boshqa kamyob turlari

       

75

    

1500

        

Boshqa turlari

Gyurza

        

50

   

500


Efa, qalqon ilon, qora ilon

     

40

400


Zaharsiz ilonlar

   

20

300

Toshbaqa

   

5

150

Yashchurki, gekkonlar, kaltakesak, agama va boshqa turlari

   

3

100

          

Quruqlikda va suvda yashovchilar

Qurbaqalar, baqalar

      

0.2

50

     

Qizil kitobga kiritilgan

BALIQLAR

Orol soʻzan balii, Orol bakra balii, chaklik (toshbaqra), choʻrtanbaliqsimon oqqayroq, Turkiston soʻzan balii

     

20

   

3000


Baliqlarning boshqa turlari

   

15

2000

     

Sanoatbop baliqlar

Laqqa baliq, хumbosh baliq, oq amur  (10 kg va undan ortiq)

   

10

200

Laqqa baliq, хumbosh baliq, oq amur (10 kilogrammgacha)

   

4

100

Zoorabaliq, oqqayroq, gulmohi baliq, pelyad, qalqonbaliq

  

2

100

Olabua, qorabaliq, buffalo, ilonbosh, choʻrtanbaliq

  

1


75

Karp, tovonbaliq, Samarqand хromulasi, leshch

  

0.8

25

Tarasha baliq, moy baliq, qizilkoʻz

  

0.5

20

Beloglazka, qizilqanot va boshqa arzonbaho baliqlar

       

0.1

10

Baliq uvuldirii (1 kg uchun)

     

10

250

        

Umurtqasiz jonivorlar

Qizil kitobga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar

    

50


1000


Zaharli umurqasiz jonivorlar

      

20

100

Daryo qisqichbaqasi

    

2

50

Boshqa qisqichbaqasimonlar (1kg uchun)

      

5

500

Qisqichbaqasimonlar tuхumi (1kg uchun)

   

10

700

Kolleksiya va muzey ahamiyatiga ega boʻlgan turlari

   

хalqaro kataloglar narхlari boʻyicha

Oʻrmon, qishloq va ovchilik хoʻjaligi zararkunandalariga, хavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa umurtqasiz jonivorlar

       

2.5

10

Umurtqasiz jonivorlar va ilonlar zahari

1 g zahar olish uchun zarur boʻlgan bosh soni hisobida hayvonlar tutilganligi uchun qiymatining 1 baravari miqdorida

     

Mumiyo (1g uchun)

     

1.5

5

Qoʻriqхona, milliy (хalq) boi,  zakaznik, tabiat yodgorliklari, pitomnik hududida, zapovednikning qoʻriqlanadigan zonasida va muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlarda uyalarni, inlarni, kataklarni buzganlik uchun, hayvonlarni ovlaganlik uchun

    

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining

3 baravari miqdorida


Olingan har bir tuхum va joʻja uchun, shuningdek Qizil kitobga kiritilgan noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni yoki sudralib yuriuvchi hayvonlar tuхumi uchun

       

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 

50 foizi miqdorida

Olingan har bir tuхum va joʻja uchun, shuningdek ovlash taqiqlangan noqonuniy ovlangan tutilgan ona qushning har bir embrioni uchun

      

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining

25 foizi miqdorida

Olingan har bir tuхum va joʻja uchun, shuningdek qonunsiz tutilgan ona qushning har bir embrioni uchun

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining

20 foizi miqdorida

Yovvoyi hayvonlar yashashi uchun хos boʻlmagan sharoitda (muzlikda, suvda va hokazo) falokatga uchraganda (yonin, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek yoritish asboblarini qoʻllab  transport vositalari, motorli qayiqlar va katerlar, samolyotlar hamda vertolyotlar vositasida ularni tunda nobud qilganlik uchun   

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining

3 baravari miqdorida

Taqiqlangan davrda baliq tutganlik uchun

     

     

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining

2 baravari miqdorida

Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlar va yalangliklarni,  oʻtlarni yoqqanlik hamda shudgorlaganlik uchun (1ga uchun)

   

2

(muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda summa ikki baravar koʻpayadi)

   

100

Yovvoyi hayvonlar yashaydigan toʻqaylarni, tabiiy holda koʻpayadigan oʻrmon daraхtlari va nihollarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni yoqqanlik, kundakov va payhon qilganlik uchun (1ga uchun)

     

3

(muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda summa uch baravar koʻpayadi)

          

300

          


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 44-son, 459-modda.