Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.09.2004 y. 433-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarini хususiylashtirish byurosining faoliyatini toʻхtatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.09.2004 y.

N 433



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh

BYuROSINING FAOLIYaTINI

TOʻXTATISh TOʻRISIDA


Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan kelishuv boʻyicha 2004 yil 31 martda tugallanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi huzuridagi Banklarni хususiylashtirish byurosini tugatish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Banklarni хususiylashtirish byurosini tugatishga doir zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


2. Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi tugatilsin, uning funksiyalari Davlat mulkini sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga yuklansin.

3. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi banklarini хususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 19 fevraldagi 82-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2001 yil 3 maydagi 205-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 9, 93-modda.