Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2015 y. 100-son “Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.04.2015 y.

N 100



RESPUBLIKANING SANATORIY-SOLOMLAShTIRISh

MUASSASALARIGA BORAYoTGAN 1941-1945 YILLARDAGI

URUSh VA MEHNAT FRONTI FAXRIYLARIGA TEMIR YOʻL

TRANSPORTIDA BEPUL YuRISh VA HAVO TRANSPORTIDA

IMTIYoZLI YuRISh HUQUQINI BERISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturi toʻrisida" 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylarini sanatoriy-kurortda solomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublikaning sanatoriy-solomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyati respublikaning sanatoriy-solomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylariga temir yoʻl transportida bepul yurishni va havo transportida imtiyozli yurishni tegishli ravishda ta’minlasinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyatining 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish bilan boliq хarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga belgilangan tartibda qoplasin.

4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 27 aprel, 16-son, 199-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 4-son, 31-modda