Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 24.12.1998 y. 714-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

24.12.1998 y.

N 714-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

UY-JOY KODEKSINI AMALGA

KIRITISh TARTIBI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (bundan buyon matnda Kodeks deb yuritiladi) 1999 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari Kodeksga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4. Ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 1999 yil 1 apreldan toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                                   E. Xalilov





OʻzR Oliy Majlisining

1998 yil 24 dekabrdagi

714-I-son qaroriga

ILOVA




Oʻzbekiston Respublikasining toʻla yoki qisman

oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlari

ROʻYXATI



1. Oʻzbekiston Respublikasining 1983 yil 5 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasiniig Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983 yil, N 19, 320-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983 yil 19 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983 yil, N 36, 541-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985 yil 25 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Farmonining 2-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985 yil, N 10, 84-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1986 yil 16 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 23-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1986 yil, N 26, 328-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasining 1986 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari va Oʻzbekiston Respublikasi хalq maorifi toʻrisidagi Qonunining yangi tahriri tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonunining 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1986 yil, N 34, 414-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988 yil 18 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy va Grajdanlik kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Farmonining 1-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetinint Vedomostlari, 1988 yil, N 21, 239-modda).


7. Oʻzbekiston Respublikasining 1988 yil 19 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida"gi Qonunining oltinchi хatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988 yil, N 32-33, 389-modda).


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988 yil 29 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 5-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 1, 2-modda).


9. Oʻzbekiston Respublikasining 1989 yil 6 martda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida"gi Qonunining uchinchi хatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 7-8, 43-modda).


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989 yil 14 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 16-17, 187-modda).


11. Oʻzbekiston Respublikasining 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida"gi Qonunining sakkizinchi хatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 26- 28, 463-modda).


12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989 yil 21 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 35-36, 611-modda).


13. Oʻzbekiston Respublikasining 1990 yil 31 martda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida"gi Qonunining oʻninchi хatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990 yil, N 10-11, 244-modda).

15. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 157-modda).