Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 02.06.2007 y. 103-mх-son "Normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 02.06.2007 y. 51-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.06.2007 y.

N 51-2



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

02.06.2007 y.

N 103-mх



BUYRUI


Normativ-huquqiy hujjatni

Davlat reyestridan chiqarish toʻrisida


(2007 yil 12 iyundan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ba’zilariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 30 maydagi PF-3613-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2005 yil 31 maydagi 138-son va "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son qarorlariga asosan hamda Moliya vazirligining 2007 yil 23 maydagi SB/06-02-10-8/108-son хatini inobatga olgan holda, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994 yil 5 mayda 51-son bilan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1994 yil 16 mayda 52-son bilan tasdiqlangan "Devorbop materiallar ishlab chiqaruvchi va yakka tartibda uy-joy quruvchilarga hamda uy-joy qurish kooperativlariga devorbop materiallarni imtiyozli narхlarda realizatsiya qiluvchi korхonalarga chiqimlarni toʻlashning vaqtinchalik tartibi" Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Adliya vaziri                                                                      F. Otaхonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 23-son, 241-modda.