Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.02.2012 y. 58-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va byudjet tashkilotlariga koʻmir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
29.02.2012 y.
N 58
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI,
BUXORO VA XORAZM VILOYaTLARIDA AHOLIGA
VA BYuDJET TAShKILOTLARIGA KOʻMIR SOTIShNI
TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlari iste’molchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
2. Belgilansinki:
"Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2,1 mlrd. soʻm miqdoridagi oʻz mablagʻlari va "Xalq banki" davlat-aksiyadorlik tijorat bankining 1 yil imtiyozli davrni qoʻshgan holda 3 yilgacha muddatga yillik 16 foizli stavka bilan beriladigan 7,4 mlrd. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatining loyihalash ishlari boshqarmasi tomonidan 2012 yil 1 aprelgacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;
"Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatining "Koʻmir kon qurilish" unitar korхonasi hududiy distribyutorlik markazlarini qurish va jihozlash boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari hududiy distribyutorlik markazlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini bir oy muddatda ta’minlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmirning hajmlari va narхlari yuzasidan nazorat va monitoringni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 8-9-son, 87-modda