Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 20.10.2015 y. 2015-32-son “Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat хaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qarori (AV tomonidan 27.10.2015 y. 2475-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.10.2015 y.

N 2475-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

20.10.2015 y.

N 2015-32


QARORI



Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida

oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat

хaridini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi va 2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ-391-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013 yil 27 maydagi 2013-26-son qarori (roʻyхat raqami 2475, 2013 yil 28 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 26-son, 349-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat хaridini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                           B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida

oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat

хaridini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 16-band "muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 17-band "muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 2 noyabr, 43-son, 554-modda