Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 01.11.1991 y. 275-son "Doʻlga qarshi komplekslarni muhofaza qilishni kuchaytirish va ularni ichki ishlar organlarining ruхsat beriluvchi tizimiga kiruvchi sohalar va ob’yektlar jumlasiga kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.11.1991 y.

N 275


DOʻLGA QARShI KOMPLEKSLARNI MUHOFAZA

QILIShNI KUChAYTIRISh VA ULARNI IChKI IShLAR

ORGANLARINING RUXSAT BERILUVChI TIZIMIGA

KIRUVChI SOHALAR VA OB’YeKTLAR JUMLASIGA

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston respublika gidrometeorologiya boshqarmasining Harbiylashtirilgan хizmati tarkibida gidrometeorologiya jarayonlariga faol ta’sir koʻrsatuvchi 8 ta harbiylashtirilgan boʻlinmalar ishlab turibdi, ular tarkibiga 124 ta zenit quroli va 128 ta raketa qurilmasi kiruvchi, doʻlga qarshi zenit va raketa komplekslari bilan jihozlangan 63 ta oʻt ochish nuqtalariga egadirlar.

Biroq, bu qurol-yaroning хavfi katta ekanligiga qaramay, u ruхsat beriluvchi tizimga kirmaydi, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasi хizmatlari ulardan jinoiy maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur choralarni ta’minlashga qodir emas.

Gidrometeorologiya jarayonlariga faol ta’sir koʻrsatish ishlarida foydalaniladigan doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va ular uchun raketalarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish, foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va ular uchun raketalar ichki ishlar organlarining ruхsat beriluvchi tizimiga kiruvchi sohalar va ob’yektlar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasining gidrometeorologiya jarayonlariga faol ta’sir koʻrsatuvchi boʻlinmalari tomonidan doʻlga qarshi komplekslarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilsin.


3. Gidrometeorologiya boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va raketalarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olishni va ulardan foydalanish tartibini boshqaruvchi idoralarga qarashli normativ aktlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish vazifasi topshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Gidrometeorologiya boshqarmasi bilan birgalikda doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va raketalarni roʻyхatdan oʻtkazishni tashkil etsin, ularning doimiy joylashgan oʻrinlarini aniqlasin, bundan keyin tegishlicha nazorat qilinishini va ulardan ijozat berilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari koʻrilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi doʻlga qarshi komplekslar zarur darajada saqlanmagan yoki ulardan ayri qonuniy maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan paytlarda ularni musodara qilish va soʻngra vaqtinchalik saqlash uchun SSSR Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan harbiy omborlarga berish masalalarini tezlikda hal etsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi doʻlga qarshi komplekslarning SSSR Mudofaa vazirligi harbiy omborlarida vaqtincha saqlanishi masalalarini kelishib olsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov