Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.06.2013 y. 171-son "Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.06.2013 y.

N 171


SUVDAN MAXSUS FOYDALANISh YoKI

SUVNI MAXSUS ISTE’MOL QILISh UChUN

RUXSATNOMA BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish hamda suvdan foydalanish va suv iste’molini yanada tartibga solish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2013 yil 1 avgustdan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

bir hafta muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning amalga oshirilishini hamda uning talablariga barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan rioya etilishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar;

bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirsinlar;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 24 iyun, 25-son, 325-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 6-son, 40-modda