Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.08.2009 y. 252-son "BMTning taraqqiyot dasturi ishtirokidagi "Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.08.2009 y.

N 252


BMTNING TARAQQIYoT DASTURI

IShTIROKIDAGI   "ZARAFShON   DARYoSI

HAVZASIDA SUV RESURSLARINI INTEGRATsIYaLI

BOShQARISh VA SUVNI TEJASh REJASI"

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Suv resurslaridan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan suv resurslarini integratsiyali boshqarish prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etish, ularning isrof boʻlishini qisqartirish, suvni tejashni rabatlantirish, iqtisodiyot sektorlarini suv bilan barqaror va balansli ta’minlash tizimini yaratish, shuningdek BMTning Taraqqiyot dasturida berilayotgan grant mablalaridan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi" loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga BMTning Taraqqiyot dasturida 1259245 AQSh dollari miqdorida grant mablalari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

loyiha komponentlarini moliyalashtirish 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;

grant mablalarini va loyiha хodimlarini boshqarish BMT Taraqqiyot dasturi tartibotlariga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash:

loyiha yechimlarini joriy etishni jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqqan holda, ajratilayotgan mablalarning samarali oʻzlashtirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin;

loyihaning tegishli komponentlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini ikki oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasin;

loyihaning amalga oshirilishini muntazam ravishda koʻrib borsin hamda zarurat boʻlganda, uning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga BMT Taraqqiyot dasturi tartibotlariga muvofiq grant mablalaridan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish yuzasidan javobgarlik yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirish guruhini (loyiha хodimlarini) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida ofis binosi va zarur telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish davrida, loyiha хodimlarini ofis binosi bilan ta’minlash va telekommunikatsiya хizmatlaridan foydalanish bilan boliq хarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi uchun tasdiqlangan byudjet mablalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida moliyalashtirishni nazarda tutsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislar uchun kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihaning хorijiy mutaхassislari uchun koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 30 avgustdagi

252-son qaroriga

1-ILOVA



BMTning Taraqqiyot dasturi ishtirokidagi

"Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini

integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi"

loyihasi komponentlarini moliyalashtirish


(AQSh dollarida)

T/r


Komponentlar nomi


Xarajatlar toifasi


Hammasi

shu jumladan yillar boʻyicha


хodimlar


ofis

хizmat

lari


toʻridan-

toʻri

хarajatlar

(tashkiliy

teхnika,

idora

ashyolari,

avtotran

sport

ijarasi)


uchrashuv

lar,

seminar

lar va

tanishish

safarlari


hisobot

lar va

tahliliy

tadqiqot

lar


namoyish

qilish va

tajriba

loyiha

lari


safar

lar va

tran

sport


2009-2010

yillar


2010-2011

yillar


2011-2012

yillar


I

BMT Taraqqiyot dasturining grant mablalari


1

Oʻzbekistonda suv resurslarini integratsiyali boshqarish uchun qonunchilik bazasini va tashkiliy bazani takomillashtirish


133 240

-

11616

59800

20000

-

31600

256256

136584

79696

39976

2

Zarafshon daryosi havzasida kommunal хoʻjaligi хizmatlarini takomillashtirish


131 360

-

15223

15400

20000

50000

37850

269833

103076

111711

55046

3

Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi


158 820

-

14080

15400

100000

400000

44856

733156

302793

341651

88712


Jami


423 420


40919

90600

140000

450000

114306

1259245

542453

533058

183734

II

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ulushi


-

46206

-

-

-

-

-

46206

15402

15402

15402

Jami


423 420

46206

40919

90600

140000

450000

114306

1305451

557855

548460

199136

Loyihani amalga oshirish davomida uning byudjeti boʻyicha хarajatlar BMTning Taraqqiyot dasturi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishi mumkin.






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 30 avgustdagi

252-son qaroriga

2-ILOVA



BMTning Taraqqiyot dasturi ishtirokidagi "Zarafshon

daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish

va suvni tejash rejasi" loyihasini amalga oshirish

boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash

TARKIBI

Hamrayev Sh.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

Anita Nirodi

-

BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi Vakolatхonasi boshlii, Muvofiqlashtiruvchi kengashning hamraisi (kelishuv boʻyicha)


Salimov A.X

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


Tursunov Yo.E.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari


Xabirov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi


Qodirov B.Sh.

-

"Oʻzgidromet" markazi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


Mavlonov A.A.

-

"GIDROINGEO" instituti direktori


Ahmedov O.Yu.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining oʻrinbosari


Abdurahmanov B.

-

"Oʻzbekenergo" DAK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


Mahmudov E.J.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti direktori


lavozimi boʻyicha

-

Samarqand, Jizzaх, Navoiy, Buхoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari


Mirhabibov Sh.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining boshqarma boshlii, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi


Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.