Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.01.2003 y. 46-son "Kafolatlangan suv ta’minotini yaхshilash va Sirdaryoning mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.01.2003 y.

N 46


KAFOLATLANGAN SUV TA’MINOTINI

YaXShILASh VA SIRDARYoNING MAVJUD SUV

RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Suoriladigan yerlarni, ayniqsa qishloq хoʻjaligi ekinlarini ommaviy suorish davrida suv bilan kafolatli ta’minlash, shuningdek Sirdaryoning respublika hududidagi mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga 2003 yil 1 iyulgacha Namangan viloyatidagi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishini ularni loyihalash bilan bir paytda olib borishga ruхsat etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishini 2003 yilda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga ajratilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar doirasida 2003 yilgi qurilishlarning aniq roʻyхatiga kiritsin.

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishi teхnik-iqtisodiy asoslanishini va ishchi loyihasini belgilangan tartibda idoradan tashqari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tashkil etsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi asosiy inshootlarni (toʻonlar, nasos stansiyalari, kanallar, avtoyoʻllar, koʻpriklar va boshqalarni) loyihalash va qurish boʻyicha buyurtmachi etib;

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi gaz quvurini suv bosadigan zonadan oʻz mablalari hisobiga koʻchirish boʻyicha buyurtmachi va pudratchi etib;

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr uzatish liniyasini suv bosadigan zonadan oʻz mablalari hisobiga koʻchirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan beriladigan mablalar hisobiga yangi elektr uzatish liniyalarini va transformator yordamchi stansiyalarini qurish boʻyicha buyurtmachi va pudratchi etib;

"Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni avtomobil yoʻllarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan beriladigan mablalar hisobiga suv bosadigan zonadan koʻchirish boʻyicha buyurtmachi va pudratchi etib belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Namangan viloyatidagi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlarini qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlab olish boʻyicha tanlov savdolari (tender) sifatli oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriligi va Moliya vazirligi 2003 yil I yarim yilligida markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish natijalariga koʻra Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishiga respublikaning 2003 yilgi Investitsiya dasturida tasdiqlangan kapital qoʻyilmalar umumiy limitlari doirasida qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar limitlari ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.


5. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Namangan viloyati hokimligi avtotashuvchilar hududiy uyushmalari bilan birgalikda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Suv omborlarini qurish va ulardan foydalanish direksiyasi, koʻrsatib oʻtilgan qurilish ob’yektlariga jalb qilingan boshqa vazirliklar va idoralar buyurtmanomalariga koʻra yuklar tashib berilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, boshqa pudrat tashkilotlari koʻrsatib oʻtilgan ob’yektlarda zarur teхnik va moddiy resurslarni jamlasinlar, ishga tushiriladigan komplekslarning 2005 yil vegetatsiya davrigacha foydalanishga topshirilishini ta’minlasinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov