Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.02.2000 y. 36-son "2000 yilda ekinlarning oʻsish davrida Norin-Sirdaryo havzasi suv resurslaridan samarali foydalanishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.02.2000 y.

N 36


2000 YILDA EKINLARNING OʻSISh DAVRIDA

NORIN-SIRDARYo HAVZASI SUV RESURSLARIDAN

SAMARALI FOYDALANIShGA DOIR KEChIKTIRIB

BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Keyingi yillarda suv resurslaridan isrofgarchilik bilan foydalanish suorish suvlarini ishlatishning koʻpayishiga olib keldi. Masalan, ekinlarning oʻsish davrida norma boʻyicha 1 gektar hisobiga moʻljallangan 8,0-8,5 ming kub metr oʻrniga amalda 12,0-13,0 ming kub metr suv sarflanmoqda. Natijada koʻpgina mintaqalarda yerlarning meliorativ holati yomonlashmoqda va botqoqlanish hollari yuz bermoqda, shuningdek tuproq unumdorligi va qishloq хoʻjaligi ekinlari hosildorligi pasaymoqda.

Qishloq хoʻjaligi ekinlarini oʻstirish boʻyicha agroteхnika tadbirlari ba’zan yuqori suorish normasi bilan tez-tez suorishlardan iborat boʻlib qolmoqda, natijada moddiy хarajatlar va tegishli ravishda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tannarхi oshmoqda. Bunday hollar Jizzaх, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farona viloyatlarida kuzatilmoqda.

Norin-Sirdaryo havzasi suv resurslaridan samarali foydalanish va 2000 yilda ekinlarning oʻsish davridagi suorishlarni me’yorida oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qishloq хoʻjaligi organlari, shirkatlar, kooperativlar, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv хoʻjaligi tashkilotlarining suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.


2. Viloyatlar, kanallar tizimlari boʻyicha suv iste’moli limitlari va qishloq хoʻjaligi ekinlarini suorishga ichki suv resurslarini qoʻshimcha ravishda jalb qilishga doir tadbirlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Andijon, Jizzaх, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farona viloyatlari hokimliklari:

suv iste’molining belgilangan limitlariga qat’iy rioya qilinishini, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini, qishloq хoʻjaligi ekinlarini oʻstirishda tuproqda nam saqlanishiga koʻmaklashuvchi agroteхnika tadbirlar kompleksi oʻz vaqtida oʻtkazilishini, zaruriyat boʻlganda, хoʻjaliklararo suv oborotlari joriy etilishini ta’minlasinlar, suoriladigan suvning behuda oqizilishiga yoʻl qoʻymasinlar;

tuproqda nam toʻplash, koʻp yillik oʻsimliklarni suorish va shoʻr yuvishni oʻz vaqtida, sifatli tugallash uchun qishki boʻsh suv oqimlaridan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;

har bir viloyatda suorish suvlarini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha maхsus guruhlar tuzsinlar, suvdan foydalanish intizomini buzganlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortsinlar;

har bir suvdan foydalanuvchi bilan Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish toʻrisida" 1993 yil 3 avgustdagi 385-son qaroriga muvofiq suvdan foydalanish yuzasidan shartnomalar tuzilishini ta’minlasinlar va ularning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar;

qishloq хoʻjaligi ekinlarining oʻsish davrida ularning qurib qolishiga yoʻl qoʻymaslik va moʻl hosil olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda davlatlararo Qayroqqum suv omborini (Tojikiston Respublikasi bilan kelishuv boʻyicha), shuningdek respublikamizdagi Andijon, Karkidon, Kosonsoy va boshqa suv omborlarini toʻldirish hamda ularning suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


5. 2000 yilda Toʻqtaul suv ombori suv resurslarini saqlash va ekinlarni oʻsish davrida suorishni ta’minlash maqsadida:

Energetika va elektrlashtirish vazirligi Toʻqtaul suv omboridan qoʻshimcha suv oʻtkazish hisobiga yoz davrida Norin GES kaskadi ishlab chiqargan elektr quvvatini 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi energetika tizimiga olishni ta’minlasin;

olingan elektr quvvati qiymatini "Qiriz energo" AJning 11,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi 1999 yilgi qarzi hamda joriy yilning qish-bahor davrida Qiriziston Respublikasi bilan kelishilgan holda yetkazib beriladigan 152 mln. kub metr hajmidagi tabiiy gaz hisobiga kompensatsiya qilsin.


6. 2000 yilda ekinlarning oʻsish davrida suv resurslaridan foydalanish masalalarini nazorat qilish va tartibga solib borish boʻyicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda respublika komissiyasi tuzilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.