Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligining 3-son, Davlat statistika qoʻmitasining 1-mb-son "Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 01.02.2016 y. Qarori (AV tomonidan 03.02.2016 y. 2633-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.02.2016 y.

N 2633-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING

01.02.2016 y.

N 3


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING

01.02.2016 y.

N 1-mb


QARORI



Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy

nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-sonli "Tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 dekabrdagi 358-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014 yil 9 dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyхat raqami 2633, 2014 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandidagi "shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari" degan soʻzlar "tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Adliya vaziri

M. Ikramov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

B. Toʻrayev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 8 fevral, 5-son, 48-modda