Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2015 y. 154-son "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi hududida yashovchi aholiga kompensatsiya mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.06.2015 y.

N 154


"ANGREN-POP" ELEKTRLAShTIRILGAN

TEMIR YOʻL QURILIShI HUDUDIDA YaShOVChI

AHOLIGA KOMPENSATsIYa MABLALARI

AJRATISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 18 iyundagi PQ-1985-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek "Angren-Pop" temir yoʻl qurilishi hududidagi turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya mablalari oʻz vaqtida toʻlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga 4,1 mlrd. soʻm miqdoridagi kompensatsiya toʻlovlari belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablalari hisobiga amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Namangan viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining "Angren-Pop" temir yoʻl qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash hisobiga Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maхsus hisob raqamiga tushgan mablalardan 2,0 mlrd. soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlovlari toʻlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan mablalar Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maхsus hisob raqamidan Namangan viloyati hokimligining maхsus hisob raqamiga oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Namangan viloyati hokimligi viloyat hokimligining maхsus hisob raqamiga oʻtkazilgan mablalardan "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya toʻlovlari toʻlash uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlasin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻrisidagi nizom 24-bandining oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qishloq va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablalardan yer munosabatlari bilan boliq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi".


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov va Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 15 iyun, 23-son, 304-modda