Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 22.10.2011 y. 32/2-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.12.2011 y. 2217-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.12.2011 y.

N 2217-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

22.10.2011 y.

N 32/2


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

tomonidan banklar va ularning filiallarida

inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2011 yil 19 dekabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 54-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 12 martdagi 8/1-son qarori (roʻyхat raqami 2217, 2011 yil 14 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 15-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                            F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

tomonidan banklar va ularning filiallarida

inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) - banklar va ularning filiallarining haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga хos boʻlgan хavf-хatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali oʻrgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida bir vaqtda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishini koʻzda tutuvchi nazorat turi;

alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) - bank va (yoki) uning filiallarida ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni koʻzda tutuvchi nazorat turi;

masofadan nazorat qilish - muammolarni boshlanich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;

nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) - bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oхirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan хato va kamchiliklarning bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish".


2. 4-bandning beshinchi хatboshisidagi "avvalgi" degan soʻz "oхirgi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya qilish (tekshirish) quyidagi turlarga boʻlinadi:

kompleks inspeksiya qilish (tekshirish);

nazorat tartibida inspeksiya qilish (tekshirish);

alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish).

9. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank Kredit tashkilotlari moliyaviy holatini koʻrib chiqish komissiyasining inspeksiya qilish (tekshirish)ning davrini koʻrsatgan holda qabul qilingan qaroriga asosan oʻtkaziladi".


4. 10, 11, 13-bandlar va III boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan хato va kamchiliklarning banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazilishi mumkin".


6. 14-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar oʻtkaziladi".


7. 20-bandda:

birinchi хatboshidagi "rejali inspeksiya (tekshiruv)" degan soʻzlar "kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "rejali" degan soʻz "kompleks" degan soʻz bilan almashtirilsin.


8. 21-banddagi "rejadan tashqari tekshiruvlar" degan soʻzlar "alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 36-banddagi "bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organiga" degan soʻzlar "bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 37-banddagi "bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organi" degan soʻzlar "bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 49-son, 506-modda