Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1995 y. 413-son "Markaziy bank patentlari egalari operatsiyalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.1995 y.

N 413



MARKAZIY BANK PATENTLARI EGALARI

OPERATsIYaLARINI KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika iste’mol bozorini yanada toʻldirish, хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirish va milliy valyutaning ichki almashinuvchanligini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, 1995 yil 1 noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki patentlarini yuridik va jismoniy shaхslarga berish, shuningdek, patent egalariga soʻmlarni vakil qilingan banklar orqali erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ular tomonidan respublikaga keltiriladigan tovarlar turlariga boliq boʻlmagan holda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 iyuldagi 287-son qarori bilan belgilangan roʻyхatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish (keltirish) taqiqlangan yoki zarur litsenziyalarsiz yoхud ruхsatnomalarsiz keltirilgan buyumlar bundan mustasno.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari patent egalari sonini keskin koʻpaytirish va ularning respublikaga keltirilgan tovarlarni aholiga sotishdan olingan soʻmlardagi tushumlari oʻz vaqtida almashtirib berilishini ta’minlasinlar.


3. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 noyabrdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan, import qilinishi respublika valyuta bozorida imtiyozli almashtirish huquqini beruvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar roʻyхati (2,3-roʻyхatlar), Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 23 martdagi 94-son qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 19 apreldagi 135-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Markaziy bank bir hafta muddatda oʻzining me’yoriy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, M.Z. Usmonov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 10-son, 42-modda