Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 16.05.2015 y. 12/9-son “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida konsalting хizmatlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qarori (AV tomonidan 25.05.2015 y. 599-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.05.2015 y.

N 599-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

16.05.2015 y.

N 12/9


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi tijorat

banklarida konsalting хizmatlarini tashkil

qilish boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998 yil 27 iyundagi 408-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida konsalting хizmatlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalar (roʻyхat raqami 599, 1999 yil 19 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             F. Mullajonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 1 iyun, 21-son, 279-modda