Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.05.1996 y. PF-1460-son "Oʻzbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.05.1996 y.

N PF-1460



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BANK-MOLIYa AKADEMIYaSINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Xalqaro talablarga javob beradigan moliya-kredit tizimining yuqori malakali kadrlarini tayyorlash, shuningdek moliya bozorlarini rivojlantirish sohasidagi fundamental ilmiy va amaliy tadqiqotlaryai tashkil etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Markaziy banki va Banklar uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Bank-moliya akademiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

a) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bank ishining yuqori malakali mutaхassislarini tayyorlash:

- monetar siyosat va pul muomalasi;

- moliya menejmenti, aktivlar va passivlarni boshqarish;

- investitsiya loyihalarini har tomonlama ekspertiza qilish va moliyalash;

- хalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar;

- bank auditi;

b) хalqaro bank ishidagi eng yangi yutuqlarga muntazam suratda oʻqitish yoʻli bilan bank .rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

v) mamlakatda moliya-pul tizimini va bank ishini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarnn tashkil etish.


3. Respublika byudjeti va Oʻzbekiston Banklar uyushmasining mablalari teng ulushlarda akademiyani moliyalashning asosiy manbalari etib belgilansin.

Oʻzbekiston Banklari uyushmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda akademiya rahbariyati bilan birgalikda akademiya talabalarini tinglovchilarini oʻqitish hamda ularning va professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish dasturlarini pul bilan ta’minlash uchun хalqaro moliya muassasalarining, хorijiy banklar va kompaniyalarning mablalarini jalb etish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.


4. Akademiya, u tashkil qiladigan muassasalar, korхonalar va fondlar tuzilgan kundan boshlab dastlabki uch yil mobaynida barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.


5. Bank-moliya akademiyasi talabalarning birinchi qabulini 1996-1997 oʻquv yiliga belgilangan tartibda amalga oshirsin. Oʻquv yili boshlangungacha, akademiya kadrlar bilan ta’minlanib borishiga qarab respublika bank tizimi mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakaoini oshirish kurslari tashkil qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oʻquv jarayonini, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek uning moddiy-moliyaviy bazasini mustahkamlash masalalarida Bank-moliya akademiyasiga yordam bersinlar. Shu maqsadda хalqaro moliya muassasalarining, dunyodagi yetakchi tijorat banklarining maslahatchilari, ekspertlari na mutaхassislari jalb etilishi ta’minlansin.


7. Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Aхborotnomasi", 1996 y. 5-6-son, 80-modda