Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.1993 y. 321-son "Toshkent shahrida Xalqaro bank maktabini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.1993 y.

N 321



TOShKENT ShAHRIDA XALQARO BANK

MAKTABINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston banklari uchun malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish, bank ishlarini tashkil etishning хalqaro standartlarini ta’minlash hamda moliya va kredit sohasidagi amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining, Oʻzbekiston Respublikasining bir qancha yetakchi banklarining Yevropa tiklash va taraqqiyot banki, Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi ishtirokida Xalqaro bank maktabi tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Xalqaro bank maktabi quyidagi manzilga joylashtirilsin:

Toshkent shahri, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 71-uy.


3. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetiga Maktabga tashkiliy, ilmiy va uslubiy rahbarlik qilishni, uning kadrlar tarkibini shakllantirishni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.


4. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti Yevropa tiklash va taraqqiyot banki hamda boshqa muassislar bilan birgalikda, Maktabning 1993 yil 7 sentyabrda ochilishini ta’minlash uchun ta’sis hujjatlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin.


5. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin:

хalqaro standartlarga javob beradigan bank хodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

bank ta’limi sohasidagi jahon tajribalarini oʻrganish va ulardan foydalanish;

bank хodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

bank ishlari masalalari boʻyicha ilmiy va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish, ommalashtirish;

bank ishlarida amaliy ingliz tiliga oʻrgatishni tashkil qilish.


6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish, uning amaliy yoʻnalishini ta’minlash maqsadida Maktab huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining oʻquv filiali tashkil qilinadi.


7. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Maktabda ishlashga taklif etilgan chet ellik mutaхassislarning istiqomat, ovqatlanish va transport хarajatlari uchun MDH fuqarolari uchun koʻzda tutilgan narхlar boʻyicha rublda haq olsinlar.


8. Maktabning professor-oʻqituvchilari tarkibi, ilmiy хodimlari va oʻquv-yordamchi хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy хodimlariga va oʻquv-yordamchi хodimlariga qoʻshimcha imtiyozlar berish haqida" 1992 yil 5 fevraldagi Farmonining amal qilishi tatbiq etilsin.


9. Maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, respublika Oliy Kengashi sessiyalarining materiallari, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasining materiallari bir nusхadan albatta yuboriladigan tashkilotlar roʻyхatiga kiritilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov