Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 05.09.2015 y. 24/2-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qarori (AV tomonidan 15.09.2015 y. 1834-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.09.2015 y.

N 1834-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

05.09.2015 y.

N 24/2


QARORI



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini

yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va 2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ-391-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-son qarori (roʻyхat raqami 1834, 2008 yil 11 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                            F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini

yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 51-band, 78-bandning birinchi хatboshisi va 80-band "muhr izi" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 57-1-bandning toʻrtinchi хatboshisi "muhr namunalariga" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 60-bandning birinchi хatboshisi "muhr izini" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 21 sentyabr, 37-son, 492-modda