Markaziy bank Boshqaruvining 14.03.2015 y. 6/6-son “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qarori (AV tomonidan 25.03.2015 y. 2093-5-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
25.03.2015 y.
N 2093-5
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
14.03.2015 y.
N 6/6
QARORI
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi, 2014 yil 11 dekabrdagi OʻRQ-381-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/5-sonli qarori (roʻyхat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. Mullajonov
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 13-bandda:
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga quyida keltirilgan zarur boʻlgan hujjatlarni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etadi:";
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.".
2. 21-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"kassa хonalarining teхnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining хulosasi;".
3. 38-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"filial kassa хonalarining teхnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining хulosasi.".
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2015 yil 30 mart, 12-son, 145-modda