Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 321-V-3-son, Moliya vazirligining 58-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-24-son “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 26.06.2015 y. Qarori (AV tomonidan 29.06.2015 y. 2342-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.06.2015 y.

N 2342-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

26.06.2015 y.

N 321-V-3


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

26.06.2015 y.

N 58


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

26.06.2015 y.

N 2015-24


QARORI



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank

hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan

chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning

1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011 yil 12 dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (roʻyхat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnomaning 1-ilovasi 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Maqsadli mablalar taqsimoti boʻyicha alohida tartiblarda ishtirok etadigan "Oʻzbekneftegaz" MXK, "Oʻzdonmahsulot" AK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DATK tarkibidagi tashkilotlarga "Oʻzbekneftegaz" MXK korхonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirish va ularga "Oʻzkommunхizmat" agentligining hududiy gaz ta’minoti korхonalaridan tushadigan toʻlovlari toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1441, 2005 yil 14 yanvar), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DATK korхonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻrisida nizomga (roʻyхat raqami 1088, 2001 yil 27 noyabr), Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasi mablalari hisobiga topshirilgan alla va sholi uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibiga (roʻyхat raqami 657, 1999 yil 1 mart) muvofiq ochilgan hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraidan tashqari).".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi

F. Mullajonov

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 6 iyul, 26-son, 345-modda