Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 22.07.2015 y. 19/12-son "Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 05.08.2015 y. 1885-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.08.2015 y.

N 1885-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

22.07.2015 y.

N 19/12


QARORI



Tijorat banklarida qimmatli qoozlar

bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning

buхgalteriya hisobi toʻrisida yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi, "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi va "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 13 dekabrdagi 28/4-son qarori (roʻyхat raqami 1885, 2009 yil 19 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buхgalteriya hisobi toʻrisida yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                              F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarida qimmatli qoozlar

bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning

buхgalteriya hisobi toʻrisida yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi, "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi hamda "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan qimmatli qoozlarni chiqarish va qimmatli qoozlar bozorida vositachilik bilan boliq operatsiyalar hamda qimmatli qoozlar bilan muddatli bitimlarga oid operatsiyalarni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.".


2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Qimmatli qoozlar chiqarilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin qimmatli qoozlarni chiqarish toʻrisidagi qarorning emitent bankka berilgan nusхasiga asosan quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 90329 - "Bankning hujjatsiz qimmatli qoozlari";

Kt 96314 - "Bankning qimmatli qoozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq".


3. 4-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Toʻlov toʻliq olingandan soʻng bitim amalga oshirilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaraidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan bir vaqtning oʻzida quyidagi buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:";


"g" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"g) joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha:

Dt 96314 - "Bankning qimmatli qoozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq";

Kt 90329 - "Bankning hujjatsiz qimmatli qoozlari".


4. 6-bandning "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) aksiyalar sotilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaraidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan:

Dt 29830 - "Aksiyalar uchun obuna mablaini toʻlash boʻyicha depozitlar" - toʻlov summasiga;

Kt 30315 - "Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli" yoki

30318 - "Chiqarilgan ustav kapitali - Oddiy" - aksiyaning nominal qiymatiga;

Kt 30603 - "Qoʻshilgan kapital" - toʻlov summasi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq summasiga.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 10 avgust, 31-son, 423-modda