Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 321-V-4-son, Moliya vazirligining 85-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-30-son “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi 02.10.2015 y. Qarori (AV tomonidan 08.10.2015 y. 2342-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.10.2015 y.

N 2342-4

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

02.10.2015 y.

N 321-V-4


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

02.10.2015 y.

N 85


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

02.10.2015 y.

N 2015-30


QARORI



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank

hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan

chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning

11-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va 2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ-391-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011 yil 12 dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (roʻyхat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandi yettinchi хatboshisi "imzolangan va dumaloq muhr" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi

F. Mullajonov

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 12 oktyabr, 40-son, 523-modda