Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 321-V-5-son, Moliya vazirligining 7-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-09-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi 25.02.2016 y. Qarori (AV tomonidan 02.03.2016 y. 2342-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.03.2016 y.

N 2342-5

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.02.2016 y.

N 321-V-5


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

25.02.2016 y.

N 7


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

25.02.2016 y.

N 2016-09


QARORI



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank

hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan

chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning

1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 oktyabrdagi 306-son "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011 yil 12 dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (roʻyхat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin:

"17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 oktyabrdagi 306-son "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq "Suvoqova" davlat unitar korхonalari tomonidan ularning shahar va tuman filiallari ta’minoti hamda joriy хarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, mahalliy soliqlar, хizmat safari хarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal toʻlovlar, ijara haqi, avtotransport хarajatlari) qoplash maqsadida ajratiladigan mablalar uchun ochilgan 22622 - "Yuridik shaхslarning oʻz vakolatхonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablalari" hisobvarai.".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi

F. Mullajonov

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 9 mart, 9-son, 97-modda