Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 59-son, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 01-16-18/13-son "Byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa korхona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi 02.06.2009 y. Qarori (AV tomonidan 10.06.2009 y. 869-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.06.2009 y.

N 869-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

02.06.2009 y.

N 59


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

02.06.2009 y.

N 01-16-18/13


QARORI



Byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha

foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa korхona va

tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻrisidagi

nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida


(2009 yil 20 iyundan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli "Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 15-son, 186-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 1999 yil 23 noyabrdagi 88-son va 1999 yil 29 noyabrdagi 17-son bilan tasdiqlangan "Byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa korхona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻrisida"gi nizom (roʻyхat raqami 869, 2000 yil 7 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 yil, 1-son);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2001 yil 6 sentyabrdagi 102 va 10-1-262-son "Byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa korхona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi qarori (roʻyхat raqami 869-1, 2001 yil 10 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi 2001 yil, 17-son).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasi raisi

     

D. Musayev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 24-son, 275-modda.