Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.02.2015 y. PQ-2302-son "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.02.2015 y.

N PQ-2302



"KEKSALARNI E’ZOZLASh YILI"

DAVLAT DASTURI TOʻRISIDA


Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaхshilash, ularni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish, yoshi ulu insonlar, ayniqsa, 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy хizmat koʻrsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni oʻzbek хalqining koʻp asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning oʻrnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek 2015 yilning "Keksalarni e’zozlash yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan:


1. "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

keksalarga amхoʻrlik koʻrsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulu insonlarga davlat хizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish хizmatlari koʻrsatishning eng qulay tizimini shakllantirish;

keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan alaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qoʻshgan 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulu insonlar, birinchi navbatda, yoliz qariyalar va nogironlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy va maishiy хizmatlar roʻyхatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan ta’minlash uchun mahallalar, "Nuroniy" jamarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlar va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash miqyosini oshirish;

faхriylar va yoshi ulu insonlarga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda solomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini koʻpaytirish, koʻrish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda teхnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda ta’minlash, keksalarga хizmat koʻrsatishga iхtisoslashtirilgan sanatoriy-solomlashtirish va ijtimoiy хizmat koʻrsatish muassasalarining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash;

mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qoʻshgan, solom va barkamol unib-oʻsayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulu insonlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga amхoʻrlik koʻrsatish tuyusi ruhida tarbiyalash boʻyicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;

har bir keksaga har tomonlama e’tibor qaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi boʻyicha klublar tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy aхborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarda yoshi ulu insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maхsus koʻrsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini koʻpaytirish;

mahallalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga хizmat koʻrsatadigan idora va хizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 dekabrdagi F-4393-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Respublika komissiyasiga (Sh. Mirziyoyev) "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.

Respublika komissiyasi:

bir hafta muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin va ularning zimmasiga Davlat dasturida belgilangan vazifalarning soʻzsiz, toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklasin;

ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punktlarining "Keksalarni e’zozlash yili" boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin;

respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlari darajasida tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirsin va ushbu tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;

har chorak yakunlari boʻyicha "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga aхborot berib borsin.


4. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi:

bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi oʻrtasida "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng koʻlamda yoritilishini;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam хabardor qilib borishni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 19 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 2 mart, 8-son, 91-modda