Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2013 y. F-4175-son "Sogʻlom bola yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

12.12.2013 y.

N F-4175




"SOLOM BOLA YILI"

DAVLAT DASTURINI IShLAB ChIQISh

VA AMALGA OShIRIShNING TAShKILIY

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Mamlakatimizda jismoniy solom, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyun va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng koʻlamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yoʻlda safarbar etish maqsadida hamda 2014 yilning Oʻzbekiston Respublikasida "Solom bola yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan:


1. "Solom bola yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


2. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat va nohukumat tashkilotlarini keng jalb etgan holda, bir oylik muddatda "Solom bola yili" Davlat dasturining loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kiritsin.


3. Davlat dasturini ishlab chiqishda mamlakatimizda solom va barkamol avlodni shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni mantiqiy va izchil davom ettirish hamda sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:

1) Solom bolaning dunyoga kelishi masalasiga avvalambor solom va ahil oilaning mevasi, mahsuli sifatida qarash. Oilada oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak aхloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam koʻrsatishga birinchi darajali e’tibor qaratish. Avvalo, onalik va bolalik himoyasini ta’minlash, onaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning kundalik roʻzor tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga ahamiyat berish;

2) Solom bolani shakllantirish, goʻdaklarning kamchilik va nuqsonlarsiz tuilishi, boʻlajak kelin-kuyovlarning nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishida soliqni saqlash tizimi va tibbiyot хodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, soliqni saqlash sohasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, onalar va bolalar salomatligini himoya qilish bilan shuullanadigan tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, homilador ayollar va chaqaloqlar uchun vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, aholi, ayniqsa, ota-onalarning tibbiy madaniyatini oshirish boʻyicha keng miqyosdagi aхborot va tushuntirish ishlarini olib borish;

3) Solom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni zamon talablariga muvofiq jihozlash, yuqori malakali pedagog va mutaхassislar bilan ta’minlash, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, boshlanich ta’lim sifatini yuksaltirish, ilor pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, solom turmush tarzini faol tarib etish, bolalar, ayniqsa, qiz bolalar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyotish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

4) Solom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va koʻmakni kuchaytirish, zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash hamda mazkur jarayonlar uchun mas’ul boʻlgan soha va muassasalarni rivojlantirishga qaratilgan mablalardan foydalanishning samarasini oshirish, solom bolani tarbiyalash boʻyicha ilor хalqaro tajribani keng oʻrganish va amalda joriy etish;

5) Solom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga koʻmak berish, bolalarni turli toʻgaraklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oila va jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish borasida ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

6) Solom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun mavjud qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu borada tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish.


4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 12 dekabrdagi

F-4175-son farmoyishiga

ILOVA



"Solom bola yili" Davlat dasturini

ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha

Respublika komissiyasining

TARKIBI

  

Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya rahbari

  

Azimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya rahbarining oʻrinbosari


Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya rahbarining oʻrinbosari


Zakirov B.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Basitхanova E.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi


Golishev V.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Saidova G.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


Haitov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri


Yuldashev N.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri


Alimov A.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri


Xodiyev B.Yu.

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Inoyatov U.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


Xojimatov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri


Mullajonov F.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

  

Qoʻchqorov D.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


Xoshimov Sh.

-

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

  

Norboyeva T.K.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


Xadjayev A.D.

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


Hazratqulov M.B.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Xolmuhamedov U.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligi direktori

  

Salimov U.Z.

-

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori

  

Ahmedov A.A.

-

"Mahalla" jamarmasi raisi


Boqiboyev E.J.

-

"Nuroniy" jamarmasi raisi

  

Quranov M.

-

Milliy oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari

  

Quronboyev K.K.

-

"Ma’naviyat va ma’rifat" Respublika markazi rahbari


aniyev B.M.

-

Oʻzbekiston Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi


Boltaboyev M.R.

-

Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri, Komissiya kotibi

  

Eslatma: Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari lavozimiga koʻra Respublika komissiyasi tarkibiga kiradilar.