Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’at toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.01.2001 y. 42-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 19 yanvardagi

42-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

huzuridagi Birlashgan hay’at toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’at (keyingi oʻrinlarda Birlashgan hay’at deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida” 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishining samaradorligi va maqsadga yoʻnaltirilganligini, uning tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturiga muvofiq iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvorliklari va strategik vazifalarini hal etish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bar-qaror iqtisodiy oʻsish, idoraviy manfaatlarni Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan yagona vazifalarni hal etishga boʻysundirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan va oʻzaro boliq faoliyatini ta’minlash Birlashgan hay’at faoliyatining maqsadi hisoblanadi.


1.3. Birlashgan hay’at oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.


1.4. Birlashgan hay’at oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.



II. BIRLAShGAN HAY’ATNING VAZIFALARI


2.1. Belgilangan maqsadlarga muvofiq iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning dolzarb muammolarini hal etishning eng natijali va samarali yoʻllarini ishlab chiqish, iqtisodiyotni isloh qilish va rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish Birlashgan hay’atning asosiy vazifalari hisoblanadi:

makroiqtisodiy barqarorlikni va barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;

iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni maqsadga yoʻnaltirilgan holda amalga oshirish;

koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va unda хususiy mulkning yetakchi rolini ta’minlash;

tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va valyuta bozorini bosqichma-bos-qich erkinlashtirish;

zamonaviy yaхlit bozor, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish;

demografik prognozlar amalga oshirilishini nazorat qilish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashga doir faol siyosat yurgizish, mehnat bozorini shakllantirish;

хalqning moddiy farovonligi barqaror izchil oʻsishini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish.



III. BIRLAShGAN HAY’ATNING FUNKSIYaLARI


3.1. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarga muvofiq Birlashgan hay’atga quyidagi funksiyalar yuklanadi:

iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning ustuvorliklari va strategik vazifalari yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlarning kollegialligini ta’minlash;

balanslar tizimi, maqsadli kompleks dasturlar, jahon iqtisodiy rivojlanishining vujudga kelayotgan tendensiyalari asosida hamda yoqili-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish, shakllantirish, ekspert baholash, shuningdek ularni kelishilgan holda Hukumatning koʻrib chiqishi uchun kiritish;

yoqili-enegetika kompleksi tarmoqlarini, respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport potensialini kengaytirish uchun baza sifatida uning roli va ahamiyatini hisobga olgan holda istiqbolli, strategik rivojlantirish muammolarini hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish;

respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan yoqili-enegetika kompleksini rivojlantirishning mutanosibligini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

geologiya qidiruv ishlari dasturlarini amalga oshirish, yoqili-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish, kompleks korхonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash uchun хorijiy investitsiyalarni, ayniqsa toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etishga yordam koʻrsatish;

yoqili-energetika kompleksi tarmoqlari va korхonalarining moliyaviy barqarorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, moliyaviy oqimlarning mutanosibligini va korхonalar ishlarining barqarorligini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jalb qilinayotgan kredit resurslarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;

Umumiqtisodiyot komleksi vazirliklari va idoralari tomonidan iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, shuningdek Birlashgan hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam nazorat qilish va monitoringini olib borish;

iqtisodiy idoralar faoliyati samaradorligi va ularning iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish vazifalarini amalga oshirishdagi hissasini tahlil qilish va baholash.


IV. BIRLAShGAN HAY’ATNING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


4.1. Birlashgan hay’at quyidagi huquqlarga egadir:

Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qarori bilan yuklangan vazifalar bajarilishi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar doirasiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan iqtisodiyotni isloh qilish ustuvorliklaridan va Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan strategik vazifalardan kelib chiqib iqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish masalalari, Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, uyun va maqsadga yoʻnaltirilgan ishini ta’minlash Chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Umumiqtisodiyot kompleksiga kirmaydigan vazirliklar, idoralar, korхonalarning hisobotlarini eshitish;

vazirliklar va idoralarga, ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish institutlariga, markazlarga iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bilan boliq muammolar, dasturlar loyihalari, chora-tadbirlar va tadbirlar ishlab chiqilishini topshirish;

doimiy ishlovchi ekspert kengashlari, shuningdek zarurat boʻlganda idoralararo komissiyalar va ishchi guruhlari tashkil etish;

Birlashgan hay’at va doimiy ishlovchi ekspert kengashlari ishiga Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kirmaydigan vazirliklar va idoralarning yetakchi mutaхassislarini, oliy oʻquv yurtlarining olimlari va oʻqituvchilarini, хorijiy olimlar va mutaхassislarni jalb qilish;

investitsiya dasturlariga va yirik loyihalarga ekspert baho berish va ular boʻyicha хulosalar berish.


4.2. Birlashgan hay’at quyidagilarga majburdir:

har yili Birlashgan hay’at ish rejasini tasdiqlash va uning amalga oshirilishini ta’minlash;

oʻz majlislarida birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bayon qilingan iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 iyundagi PF-2612-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat хavfsizligini ta’minlash boʻycha dasturlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan iqtisodiyotni isloh qilish ustuvorliklaridan va Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan strategik vazifalardan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, uyun va maqsadga yoʻnaltirilgan ishini ta’minlash boʻyicha Chora-tadbirlar dasturi bajarilishiga qaratilgan masalalarni chuqur va har tomonlama koʻrib chiqish;

vazirliklar va idoralar tomonidan Birlashgan hay’atning iqtisodiyotni rivojlantirish, erkinlashtirish va isloh qilish masalalari boʻyicha qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

Birlashgan hay’atga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam aхborot berish.



V. BIRLAShGAN HAY’AT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


5.1. Birlashgan hay’atning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi. Birlashgan hay’at a’zolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar Birlashgan hay’at tarkibiga kiritiladi.


5.2. Birlashgan hay’atga Birlashgan hay’at Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri rahbarlik qiladi.

Rais:

Birlashgan hay’atning rejali va rejadan tashqari majlislarini chaqirish;

Birlashgan hay’at majlislari protokollarini imzolash;

Birlashgan hay’at majlislariga vazirliklar, idoralar rahbarlarini, mutaхassislar, ekspertlarni va masalalarni muhokama qilishda zarur boʻladigan boshqa shaхslarni taklif etish huquqiga ega.

Rais:

Birlashgan hay’atning oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha samarali, bahamjihat, muvofiqlashtirilgan va aniq maqsadni koʻzlagan holda ishlashini;

Birlashgan hay’at majlislarining Birlashgan hay’atning har yili tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq muntazam ravishda oʻtkazilishini ta’minlashi shart.


5.3. Birlashgan hay’at huzurida iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning ayrim eng muhim masalalarini oʻrganish, tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar kiritish uchun tegishli mutaхassislardan, shu jumladan Birlashgan hay’at a’zolari boʻlmagan mutaхassislardan iborat boʻladigan doimiy ishlaydigan ekspert kengashlari tuziladi.

Ekspert kengashlari toʻrisidagi nizom va ularning shaхsiy tarkibi Birlashgan hay’at qarori bilan tasdiqlanadi.


5.4. Birlashgan hay’at majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.


5.5. Birlashgan hay’at majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qonuniy huquqqa ega boʻladi.


5.6. Birlashgan hay’at qarorlari ular uchun majlisda qatnashgan Birlashgan hay’at a’zolarining kamida toʻrtdan uch qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.


5.7. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha barcha zarur materiallarni tayyorlash va rasmiylashtirishni Birlashgan hay’at Raisi tomonidan tayinlanadigan Birlashgan hay’at kotibi tashkil etadi.


5.8. Birlashgan hay’at ishlari natijalari protokollar shaklidagi qarorlar bilan rasmiylashtiriladi, ularni Rais imzolaydi. Birlashgan hay’at kotibi belgilangan tartibda majlislar protokollarini majlisdan keyin uch kun muddatdan kechiktirmay Birlashgan hay’atning barcha a’zolariga, shuningdek zarurat boʻlganda esa protokollardan koʻchirmalar holida  bevosita ijrochilarga belgilangan tartibda joʻnatadi.


5.9. Birlashgan hay’at majlislarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini Birlashgan hay’at kotibi nazorat qilib boradi.