Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.1998 y. PF-2062-son "Hisob-kitob meхanizmini takomillashtirish hamda respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida" 1998 yil 4 fevraldagi PF-1923-son Farmonga qisman oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.07.1998 y.

N PF-2062



"HISOB-KITOB MEXANIZMINI

TAKOMILLAShTIRISh HAMDA RESPUBLIKA

BYuDJETI VA MAHALLIY BYuDJETLARGA

TOʻLOVLAR TUShIShINI RABATLANTIRISh

ChORALARI TOʻRISIDA" 1998 YIL 4 FEVRALDAGI

PF-1923-SON FARMONGA QISMAN OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tugatilishi hamda hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilishi munosabati bilan "Hisob-kitob meхanizmini takomillashtirish hamda respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarga toʻlovlar tushishini rabatlantirish choralari toʻrisida" 1998 yil 4 fevraldagi PF-1923-son Farmonga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. Farmonning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi yilning har choragi yakunlari boʻyicha hisobot choragidan keyiingi oyning 15-kunidan kechiktirmay byudjetga taalluqli barcha soliqlar va toʻlovlar toʻliq tushishiga doir ishlarning ahvolini, hududlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishini koʻrib chiqib, soliq, moliya va bank organlari rahbarlari hamda mansabdor shaхslarini rabatlantirish va ularning moddiy javobgarligi toʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin."


2. Byudjetga toʻlovlarning tushishi hamda byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishiga doir belgilangan koʻrsatgichlarning bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaхslarni rabatlantirish va ularning moddiy javobgarligini oshirish tartibi toʻrisida Farmonga ilova qilingan Nizomning barcha moddalaridagi "soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                I. Karimov