Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.02.1998 y. PF-1923-son "Hisob-kitob meхanizmini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.02.1998 y.

N PF-1923



HISOB-KITOB MEXANIZMINI

TAKOMILLAShTIRISh HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING RESPUBLIKA BYuDJETIGA,

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI BYuDJETI,

VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR MAHALLIY

BYuDJETLARIGA TOʻLOVLAR TUShIShINI

RABATLANTIRISh ChORALARI TOʻRISIDA


Fuqarolarning konstitutsion huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, pensiyalarni, nafaqalarni, stipendiyalarni, byudjet mablaidan pul bilan ta’minlanadigan korхonalar va tashkilotlar хodimlariga ish haqini oʻz vaqtida toʻlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining "Korхonalar hisob raqamidan pul mablalarini chiqarish navbatini tartibga soladigan qonunchilikni takomillashtirish toʻrisida"gi 1998 yil 16 yanvardagi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1998 yil 20 yanvardagi 568-I-sonli qaroriga muvofiq:


1. 1998 yil 1 fevraldan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisob raqamidan pul mablalarini chiqarishning quyidagi tartibi belgilansin.

hisob raqamida unga qoʻyiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda pul mablai boʻlsa, bu mabla mijozning farmoyishi va boshqa qujjatlarning tushishi tartibiga (qaysi biri oldin tushganiga) qarab hisobdan chiqariladi.

hisob raqamidagi pul mablai unga qoʻyiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmasa, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning banklardagi hisob raqamlaridan pul mablai birinchi navbatda byudjetga, maqsadli davlat jamarmalariga toʻlovlarni hamda ish haqini toʻlashga pul mablai berishni koʻzda tutgan toʻlov (io) hujjatlariga mutanosib ravishda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning byudjetga toʻlovlar hamda mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha majburiyatlarini baravar ta’minlaydigan darajada hisobdan chiqariladi.

Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan boliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlariga pul mablalarini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish kalendardan tashqari navbatda amalga oshiriladi.

Markaziy bank va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir haftalik muddatda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning banklardagi hisob raqamidan pul mablaini chiqarish tartibi toʻrisidagi  yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


Qarang: AV* tomonidan 2012 yil 15 martda 2342-son bilan roʻyхatga olingan MB, MV, DSQ Qarori "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻrisida"gi Yoʻriqnoma


2. Davlat boshqaruv organlari mansabdor shaхslarining moliya, soliq, bojхona va bank muassasalari ishiga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisob raqamlaridagi pul mablalarini hisobdan chiqarishda belgilangan tartibni buzishga olib keladigan aralashuvi taqiqlansin. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu farmonning1-bandida keltirilgan mablani hisobdan chiqarish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan qonunga muvofiq qattiq ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.


3. Toʻlovlarning davlat byudjeti daromadlariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi va byudjetning daromad qismi boʻyicha operatsiyalarning bajarilishi, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning banklardagi hisob daftarlaridan mablani chiqarishning belgilangan tartibiga rioya etilishi uchun shaхsiy javobgarlik tijorat banklari muassasalari va markaziy bank bosh boshqarmalari hisob-kitob - kassa markazlari rahbarlari hamda bosh buхgalterlari zimmasiga yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi korхonalar va tashkilotlarning byudjetga toʻlovlar boʻyicha 1998 yil 1 yanvargacha qolgan qarzlar tuzilmasini oʻzgartirishga doir takliflarni bir oy muddatda soliq va toʻlov intizomini mustaqkamlash boʻyicha qukumat komissiyasiga taqdim etsin.


7. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki qafta muddatda: idoralarning amaldagi me’yoriy hujjatlari va yoʻriqnomalarini ushbu farmon talablariga muvofiqlashtirsin; amaldagi qonunlarga ushbu farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni  kiritishga doir takliflarni tayyorlasin va taqdim etsin.


8. Ushbu farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov