Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 23-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2003-18-son "Chet el sarmoyalari (investitsiyalari) ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalari uchun daromad (foyda)larning soliq stavkasiga kamayish koeffitsiyentini qoʻllash tartibi"ni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida"gi 31.01.2003 y. Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

31.01.2003 y.

N 23

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

31.01.2003 y.

N 2003-18

QARORI



"Chet el sarmoyalari (investitsiyalari)

ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalari uchun

daromad (foyda)larning soliq stavkasiga kamayish

koeffitsiyentini qoʻllash tartibi"ni oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 dekabrdagi "2003 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlarining istiqbollari toʻrisida"gi 455-sonli qaroriga muvofik QAROR QILAMIZ:


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2000 yil 20 yanvardagi 13-son va 2000-14-son bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 26 yanvarda 882-son bilan roʻyхatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari byulleteni, 2000 y., 2-son) "Chet el sarmoyalari (investitsiyalari) ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalari uchun daromad (foyda)larning soliq stavkasiga kamayish koeffitsiyentini qoʻllash tartibi" oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Moliya vaziri

M. Nurmuratov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

D. Sayfiddinov

"Oʻzbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari toʻplami" 2003 yil, 4-son.