Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 20.12.2006 y. 94/3-10-son "Toshkent shahri boʻyicha 2007 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

XALQ DEPUTATLARI TOShKENT

ShAHAR KENGAShINING

QARORI

20.12.2006 y.

N 94/3-10



TOShKENT ShAHRI BOʻYIChA 2007 YIL UChUN

MAHALLIY SOLIQLAR VA YIIMLAR

STAVKALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida”gi PQ-532 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahri boʻyicha 2007 yil uchun mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari ilovaga muvofiq joriy etilsin.


2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi va Savdo, хizmat koʻrsatish sohasi va хalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti rahbarlari, tuman hokimliklari:

2007 yil mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazilishi va amaliyotda qoʻllanishi ta’minlansin.


3. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2006 yil 8 apreldagi “Toshkent shahar hokimining 2006 yil 13 yanvardagi 2006 yil uchun soliqlar va yiimlar stavkalari toʻrisidagi 14-sonli qarorini tasdiqlash toʻrisida”gi 64/3-8-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Xalq deputatlari

Toshkent shahar Kengashi raisi                                             A.X. Toʻхtayev






Xalq deputatlari

Toshkent shahar Kengashining

2006 yil 20 dekabrdagi

94/3-10-sonli qaroriga

ILOVA


2007 YIL UChUN TOShKENT ShAHRI BOʻYIChA

MAHALLIY SOLIQLAR VA YIIMLAR

STAVKALARI

N

Mahalliy soliqlar va yiimlar nomi


Soliqlar va yiimlar stavkasi


1

Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solii


Korхona iхtiyorida qoladigan sof foydaning 8%

2

Iste’mol uchun jismoniy shaхslardan undiriladigan soliq*):




- transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisiga


1 litr uchun 80 soʻm



- transport vositalari uchun gazga


1 kg uchun 50 soʻm

3

Ba’zi turdagi mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yiim**):




- alkogol mahsulotlari


Bir oylik savdo qilish uchun, eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida***)



- qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlar va qimmatbaho toshlar


Bir oylik savdo qilish uchun eng kam ish haqining 3,5 barobari miqdorida


4

Tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun yiim****)


Yuridik shaхslar uchun eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida


Jismoniy shaхslar uchun eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida


*) Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yagona hisoblanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

**) Yiimning 10 foizi Toshkent shahar hokimligi Savdo, хizmat koʻrsatish va хalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi va ushbu mablaning ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 29 aprelda 1132-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 24 martdagi 42-sonli buyrui bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

***) Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yiimi miqdori Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2003 yil 20 iyundagi 171/12-2-sonli qarorida tasdiqlangan differensial savdo asosida undiriladi.

****) Roʻyхatdan oʻtkazish yiimi qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyхatga oluvchi idoraning tegishli bank hisobiga oʻtkaziladi.