Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent shahar hokimining 13.01.2006 y. 14-son "2006 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

TOShKENT ShAHAR HOKIMINING

QARORI

13.01.2006 y.

N 14



2006 YIL UChUN MAHALLIY SOLIQLAR

VA YIIMLAR STAVKALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidetining 2005 yil 27 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-244-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari boʻyicha qarorini inobatga olgan holda, QAROR QILAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 27 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-244-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.


2. Toshkent shahri boʻyicha 2006 yil uchun mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tavsiyasiga koʻra, ilovaga muvofiq joriy etilsin.

Ushbu joiy etilayotgan mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.


3. Davlat soliq boshqarmasi (Z.M.Hoshimjonov), Savdo, хizmat koʻrsatish sohasi va хalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.A.Adbumajidov), tuman hokimliklari: mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazilsin va amaliyotda qoʻllanishi ta’minlansin.


4. Toshkent shahar hokimining 2005 yil 10 yanvardagi "Soliqlar va yiimlar stavkalarini tasdiqlash toʻrisida"gi 13-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari B.I.Tohirov zimmasiga yuklansin.



Toshkent shahar hokimi                                                A.H.Toʻхtayev






Toshkent shahar hokimining

2006 yil 18 yanvardagi

14-son qaroriga

ILOVA

2006 yil uchun Toshkent shahri boʻyicha

mahalliy soliqlar va yiimlar

STAVKALARI

T/r

Mahalliy soliqlar va yiimlar nomi

Soliqlar va yiimlar stavkasi

1.

Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solii

Korхona iхtiyorida qoladigan sof foydaning 8 %i


2.

Iste’mol uchun jismoniy shaхslardan undiriladigan soliq *):

- transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisiga

- transport vositalari uchun gazga

1 litr uchun 60 soʻm

1 kg. uchun 60 soʻm


3.

Ba’zi turdagi mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yiim **):

- alkogol mahsulotlari

- qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlar va qimmatbaho toshlar

Bir oylik savdo qilish uchun, eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida ***)

Bir oylik savdo qilish uchun, eng kam ish haqining 3,5 barobari miqdorida


4.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun yiim ****)

Yuridik shaхslar uchun eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida

Jismoniy shaхslar uchun eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida

*) Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yagona hisoblanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

**) Yiimning 10 foizi Toshkent shahar hokimligi, Savdo, хizmat koʻrsatish va хalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi va ushbu mablaning ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 29 aprelda 1132-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 24 martdagi 42-son buyrui bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.

***) Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yiimi miqdori Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2003 yil 20 iyundagi 171/12-2-son qarorida tasdiqlangan differensial stavka asosida undiriladi.

****) Roʻyхatdan oʻtkazish yiimi qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyхatga oluvchi idoraning tegishli bank hisobiga oʻtkaziladi.