Moliya vazirligining 04.03.2002 y. 42-son "Savdo qilish huquqi boʻyicha yigʻimlarni bir qismini, shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarni bir qismini ushbu yigʻimlarni undirishni ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat boshqaruv organlarining хarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.04.2002 y. 1132-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
29.04.2002 y.
N 1132
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYa VAZIRLIGINING
04.03.2002 y.
N 42
BUYRUGʻI
Savdo qilish huquqi boʻyicha yigʻimlarni bir qismini,
shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan
savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarni bir qismini
ushbu yigʻimlarni undirishni ta’minlash bilan
bogʻliq boʻlgan davlat boshqaruv organlarining
хarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(2002 yil 9 maydan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yildagi makroiqtisodiy va Davlat byudjetining asosiy istiqbol koʻrsatkichlari toʻgʻrisida"gi Qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Ilova qilinayotgan "Savdo qilish huquqi boʻyicha yigʻimlarni bir qismini, shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarni bir qismini ushbu yigʻimlarni undirishni ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat boshqaruv organlarining хarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom" tasdiqlansin.
2. Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri M. Nurmurotov