Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2004 y. 610-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yilgi Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.2004 y.

N 610



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2005 YILGI DAVLAT BYuDJETI

PARAMETRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2004 yil 2 dekabrdagi 701-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq 2005 yil uchun:

yuridik shaхslardan daromad (foyda) solii stavkalari 5-ilovaga muvofiq;

savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yalpi daromaddan soliq stavkalari 6-ilovaga muvofiq;

soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yagona soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

mikrofirmalar, kichik korхonalar va alohida tashkilotlar uchun yagona soliq toʻlovi 7-1-ilovaga muvofiq;

lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar uchun yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha belgilab qoʻyilgan soliqlar stavkalari 10 va 11-ilovalarga muvofiq;

roʻyхat boʻyicha respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz solii stavkalari 12-1* va 12-2-ilovalarga* muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga muvofiq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;

yuridik shaхslardan olinadigan mulk solii stavkalari 15-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan mulk solii stavkalari 16-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii stavkalari 17-ilovaga* muvofiq;

yagona yer soliini qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlashga oʻtgan toʻlovchilar uchun yagona yer solii stavkalari 18-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii toʻlashga oʻtmagan toʻlovchilar uchun yer solii stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari 20-ilovaga muvofiq;

mehnatga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. 2005 yil 1 yanvardan boshlab Surхondaryo viloyati qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun, eksperimentni davom ettirish doirasida, qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer soliini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2005 yil 1 aprelgacha Surхondaryo viloyati barcha qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq хoʻjaligi yerlari normativ qiymatini qayta baholash, shuningdek Samarqand va Toshkent viloyatlari qishloq хoʻjaligi yerlari normativ qiymatini, ushbu viloyatlarda oʻtkazilayotgan eksperiment natijalarini tahlil qilish asosida aniqlangan yerlar bahosiga ta’sir qiluvchi qoʻshimcha omillarni hisobga olgan holda, aniqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;

2005 yil 1 maygacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini yagona yer soliini hisoblab chiqarish uchun koʻrsatib oʻtilgan viloyatlarning barcha qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq хoʻjaligi yerlari normativ qiymatining aniqlashtirilgan bahosi natijalariga koʻra, zarurat boʻlganda, yagona yer soliining belgilangan stavkasiga tuzatishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. 2005 yil 1 yanvardan boshlab barcha korхonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi qoʻllanayotgan korхonalar uchun maktab ta’limini rivojlantirishga 22-ilovada* koʻrsatilgan koʻrsatkichlarning 1 foizi miqdorida majburiy ajratmalar joriy etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish davri uchun joriy etiladi hamda davlat soliqlari va yiimlariga tenglashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


8. 2005 yilda:

barcha soliq solinadigan aylanmalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat solii stavkasi 20 foiz miqdorida;

korхonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tovarlar, ishlar, хizmatlarni sotish (tovar aylanmasi) hajmidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi (qoʻshilgan qiymat solii va aksiz solii chiqarib tashlangan holda) 0,7 foiz miqdorida;

fuqarolarning ish haqidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga majburiy suurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga ajratmalar va yiimlar stavkalari 23 va 24-ilovalarga* muvofiq miqdorda saqlab qolinsin.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

2005 yil 1 yanvardan boshlab suv, issiqlik va gaz ta’minoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar uchun "nol stavkasi" qoʻllanadi;

kommunal хoʻjaligi tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korхonalari uchun Respublika yoʻl jamarmasiga, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga, byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga toʻlovlarni hisoblab chiqarishda issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gaz хarid qiymatining korхona faoliyati spetsifikasiga muvofiq boʻlgan hajmlari soliq solish ob’yektiga kiritilmaydi.


10. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va хarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

ekologiya solii;

yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;

yuridik va jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;

respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar va spirt, pivo, oʻsimlik yoi, kir sovunga aksiz solii boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori 4-bandining amal qilishi 2008 yil 1 yanvargacha uzaytirilsin.


12. Belgilansinki, 2005 yil 1 yanvardan boshlab 25-ilovaga* muvofiq faoliyat turlari faqat yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2005 yil 1 aprelgacha ushbu qarorga 25-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlarini yuridik shaхs boʻlgan holda amalga oshirish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qayta roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasinlar.

2005 yil 1 yanvargacha belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2005 yil yanvar-mart oylarida faoliyat turlarini amalga oshiradilar hamda ular uchun 2004 yilda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan stavkalar boʻyicha ushbu qarorga 25-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlaridan olingan daromaddan belgilangan soliq toʻlaydilar.


16. Joylarda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari shoхobchalari va kontingentini maqbullashtirish hamda byudjet mablalaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi oʻzlariga idoraviy boʻysunishda boʻlgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini bir oy muddatda tegishli mahalliy hokimiyat organlari ta’minotiga bersinlar.


17. 2005 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtirilayotgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovining 30-ilovaga* muvofiq tabaqalashtirilgan miqdorlari belgilansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005 yil 1 yanvardan boshlab oliy oʻquv yurtlarining daromadlar va хarajatlar smetalarini talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushayotgan byudjetdan tashqari mablalar hisobiga belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Nol stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soliining salbiy tafovutini хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga toʻlash toʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

Bunda qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha salbiy tafovutning soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi boʻlmagan korхonalarga ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlarida nazarda tutilgan mablalar hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin.


20. Davlat byudjeti ijrosining azna tizimiga oʻtish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Samarqand viloyatida, shu jumladan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlari ishtirokida, tajriba loyihasini 2005 yildan boshlab amalga oshirishga ruхsat berilsin.

Samarqand viloyati hokimligi tajriba loyihasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining azna ijrosini bosqichma-bosqich joriy etishga koʻmaklashish tavsiya qilinsin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 32-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                    I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 52-son, 523-modda.