Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.2003 y. 173-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.04.2003 y.

N 173



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISh BILAN TA’MINLAShGA KOʻMAKLAShUVChI DAVLAT

JAMARMASI MABLALARINI ShAKLLANTIRISh VA

ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Aholini ish bilan ta’minlash toʻrisida" va "Byudjet tizimi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashuvchi davlat jamarmasi mablalarini undirish, hisobga olish va sarflash tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashuvchi davlat jamarmasiga mablalarning toʻliq tushishi ustidan qat’iy va hamma joyda nazorat oʻrnatsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashuvchi davlat jamarmasiga boshqa davlatlar tashkilotlari va fuqarolaridan tushadigan mablalarni oʻtkazish uchun хorijiy valyutada hisob raqami ochishga ruхsat etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi koʻrsatib oʻtilgan valyuta mablalaridan aholini ish bilan ta’minlash bilan boliq maqsadlarda foydalansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 24 iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 apreldagi

173-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 24 iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan

Aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish

va amalga oshirish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. "Dasturni ishlab chiqishning umumiy masalalari" boʻlimida:

birinchi va beshinchi хat boshidagi "Mehnat vazirligi" soʻzlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хat boshidagi "organlari" va "viloyat mehnat boshqarmalariga" soʻzlari tegishli ravishda "boʻlimlari" va "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хat boshidagi "Viloyat mehnat boshqarmalari", "Mehnat vazirligiga" soʻzlari tegishli ravishda "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari", "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. "Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobiga ish oʻrinlari barpo etish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar" boʻlimining 2-bandida:

birinchi хat boshidagi "viloyat mehnat organlari" soʻzlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хat boshidagi "Mehnat vazirligi" soʻzlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. "Dasturni amalga oshirish" boʻlimida:

birinchi хat boshidagi "Mehnat vazirligiga" soʻzlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хat boshidagi "Mehnat vazirligiga" soʻzlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 apreldagi

173-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 1992 yil 31 dekabrdagi 606-son qarori, 1-banddan tashqari.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 31 dekabrdagi 606-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1993 yil 8 iyundagi 277-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 31 dekabrdagi 606-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1998 yil 8 maydagi 197-son qarori.


4. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 4, 28-modda.