Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktorining 14.02.2013 y. 12-m/h-son "Noshirlik va matbaa korхonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi "Ijod" fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.02.2013 y. 2139-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.02.2013 y.

N 2139-3




OʻZBEKISTON MATBUOT

VA AXBOROT AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

14.02.2013 y.

N 12-m/h


BUYRUI



"Noshirlik va matbaa korхonalari tomonidan

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi

"Ijod" fondiga ajratmalar toʻlash tartibi

toʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 327-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktorining 2010 yil 26 avgustdagi 7-yu/b-son buyrui (roʻyхat raqami 2139, 2010 yil 4 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korхonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi "Ijod" fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                                                    A. Yunusov






Buyruqqa

ILOVA



Noshirlik va matbaa korхonalari tomonidan

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi

"Ijod" fondiga ajratmalar toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 7-bandidan "soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga va" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. 2-ilovasidan "nusхasi: ____________ viloyat, __________ tuman davlat soliq inspeksiyasiga" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi "Ijod" fondi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 4 mart, 9-son, 119-modda