Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2006 y. F-2488-son "Xorazm Ma’mun akademiyasini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

01.05.2006 y.

N F-2488



XORAZM MA’MUN AKADEMIYaSINI

ZAMONAVIY ILMIY-LABORATORIYa

USKUNALARI BILAN JIHOZLASh

TOʻRISIDA



Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy-teхnikaviy masalalarni hal etish uchun shart-sharoitlar yaratish, akademiya laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash maqsadida:


1. Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000-yillik yubileyini nishonlash va oʻtkazishga tayyorgarlik boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ilmiy-teхnikaviy rivojlanish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash huzuridagi Innovatsion ilmiy-teхnika faoliyatini moliyalashtirish jamarmasi mablalari hisobidan Xorazm Ma’mun akademiyasining laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari va priborlari bilan jihozlash uchun ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha asbob-uskunalar sotib olishga maqsadli yoʻnaltirilgan 200 ming AQSh dollari ajratish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:

Fan va teхnologiyalar markazi bilan birgalikda savdo tanlovlari asosida mazkur ilmiy-laboratoriya uskunalari va priborlarini sotib olishni tashkil etsin;

Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan birgalikda sotib olinadigan uskunalar va priborlarni yiish, oʻrnatish va sozlashni, shuningdek ulardan foydalanish boʻyicha kadrlar tayyorlashni ta’minlasin;

sotib olinadigan uskunalar va priborlardan Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga hamda 20062008 yillar va keyingi yillardagi amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-teхnika dasturiga muvofiq maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilovaga muvofiq olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya uskunalar va priborlari uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.


4. Mazkur Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      I. Karimov