Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 51-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-18-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 08.06.2015 y. Qarori (AV tomonidan 18.06.2015 y. 1807-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.06.2015 y.

N 1807-4

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

08.06.2015 y.

N 51


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

08.06.2015 y.

N 2015-18


QARORI



Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani

qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat

soliining ortiqcha summasini qaytarish toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008 yil 30 apreldagi 44, 2008-23-son qarori (roʻyхat raqami 1807, 2008 yil 16 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 20-21-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soliining ortiqcha summasini qaytarish toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

   





Qarorga

ILOVA



Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani

qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat

soliining ortiqcha summasini qaytarish toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 7-bandda:


"g" kichik bandda:

birinchi хatboshidan "yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yoʻnaltirilishini nazarda tutib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshidagi "eksportyor-korхonaga" degan soʻzlar "sotib oluvchiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


"d" kichik bandda:

birinchi хatboshidagi ", sanitariya tozalash va gaz ta’minoti" degan soʻzlar "va sanitariya tozalash" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. 3-ilovaning nomidagi ", sanitariya tozalash va gaz ta’minoti" degan soʻzlar "va sanitariya tozalash" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 22 iyun, 24-son, 322-modda