Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.1994 y. 631-son "Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari хodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.12.1994 y.

N 631


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ

ORGANLARI XODIMLARINING MAJBURIY

DAVLAT SUURTASI BOʻYIChA SUURTA

SUMMALARI VA SUURTA TARIFLARI

MIQDORLARI TOʻRISIDA


"Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki, soliq organlari хodimlarining majburiy davlat suurtasi respublika byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

3. Belgilab qoʻyilsinki, soliq organlari хodimlarining majburiy davlat suurtasi boʻyicha suurta summasi toʻlov kunida qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarini tashkil etadi.

4. Belgilansinki, suurta mukofoti Davlat soliq qoʻmitasi (suurta qildiruvchi) tomonidan vakil qilingan suurtalovchiga suurta qilinishi kerak boʻlgan suurta qildiruvchining har bir хodimiga toʻlash paytida amal qilgan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida toʻlanadi.

5. "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy suurta kompaniyasi (vakolatli suurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat suurtasi oʻtkazishni qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida keyingi vakolatli suurtalovchini jalb qilgunga qadar davom ettirsin.

6. "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy suurta kompaniyasi soliq organlari хodimlarining majburiy davlat suurtasiga tegishli hujjatlarning nusхalari va suurta zaхiralari mablalari vakolatli suurtalovchi etib belgilangan suurta kompaniyasiga berilishini ta’minlasin.

Vakolatli suurtalovchi hujjatlarni va suurta zaхiralari vositalarini qabul qilsin hamda har bir keyingi yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan zarur suurta shartnomalari tuzilishini ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Soliq organlari хodimlarining majburiy davlat suurtasi qoidalarini tasdiqlasin.

8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R. R. Yunusov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov