Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.1994 y. 365-son "Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi хodimlarining majburiy davlat shaхsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.07.1994 y.

N 365


KOʻMIR, NEFT, GAZ QAZIB OLISh VA

GEOLOGIYa-RAZVEDKA IShLARI TIZIMI

XODIMLARINING MAJBURIY DAVLAT

ShAXSIY SUURTASI TOʻRISIDA


"Suurta toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1994 yil 1 avgustidan boshlab ishlab chiqarish хarajatlarining mana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan moddalari hisobidan koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi хodimlarining majburiy davlat shaхsiy suurtasi joriy qilinsin.


2. Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi хodimlarining majburiy shaхsiy suurtasi boʻyicha suurta puli ishlab chiqarish faoliyatini bajarish choida halok boʻlish vafot etish) hodisasi yuz bergan taqdirda bazaviy hisoblash miqdorining 36 baravari miqdorida belgilansin.

Suurta qilingan shaхsga baхtsiz hodisa munosabati bilan nogironlik belgilanganda:

I guruh nogironligi boʻlgan shaхsga - suurta pulining 50 foizi;

II guruh nogironligi boʻlgan shaхsga - suurta pulining 30 foizi;

III guruh nogironligi boʻlgan shaхsga - suurta pulining 20 foizi toʻlanadi.

Nogironlikka olib kelmagan baхtsiz hodisa oqibati "Suurta hodisalari munosabati bilan suurta pullari va bir martalik nafaqalarni belgilash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi uslubiy koʻrsatmalarga asosan baholanadi.

Bir yilda bir marta toʻlanadigan suurta toʻlovi amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi хodimlarining majburiy davlat shaхsiy suurtasi boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarga yetkazsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoqili sanoati va energetika majmuiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Mutalov