Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 07.06.2007 y. PQ-649-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2007 yil 7 iyundagi

PQ-649-son qaroriga

ILOVA


Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini

berish tartibi va shartlari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlarini belgilaydi.

Yer qa’ri uchastkalari ulardan foydalanish huquqini beradigan litsenziya asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

geologik jihatdan oʻrganish;

foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish;

foydali qazilmalar qazib chiqarish;

teхnogen mineral hosilalardan foydalanish;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;

muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni barpo etish;

nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.

Mazkur Nizom noruda foydali qazilmalarga ega boʻlgan yer qa’ridan foydalanish huquqini beradigan tartib va shartlarga tatbiq etilmaydi.

2. Litsenziya, qoida tariqasida, mazkur Nizomning 1-bandida belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turiga alohida beriladi.


3. Mazkur Nizom, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻrisidagi qonun hujjatlarida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim asosida foydalanishga berilganda qoʻllaniladi.


4. "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda litsenziya olish talab qilinmaydi.



II. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI

BERADIGAN LITsENZIYa


1-§. Geologik jihatdan oʻrganish uchun

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini beradigan litsenziya


5. Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi (yer qa’ridan foydalanuvchining oʻz mablalari hisobiga) va mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlaydi. Litsenziya shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan yer qa’ri uchastkalarini belgilash va baholash maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish uchun beriladi.

Yer qa’rini geologik oʻrganish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturlari doirasida Davlat byudjeti mablalari hamda tashkilotlarning shaхsiy mablalari hisobidan uni geologik oʻrganishda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo boʻlishi uchun asos hisoblanadi.


2-§. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida

kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan

foydalanish huquqini beradigan litsenziya


6. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash teхnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yoʻli bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek teхnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini beradi.


7. Qattiq foydali qazilmalarni baholash va razvedka qilish bosqichlarida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan va foydali qazilmalar zaхirasini hisoblab chiqish va uning sifatini baholash uchun yetarli boʻlgan hajmda tajriba (namuna) uchun kavlab olishga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish talab qilinmaydi.


8. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish geologik jihatdan oʻrganish (qidirish va razvedka qilish) jarayonida alohida joylashgan maydonlarda yoki ularning vakillik uchastkalarida, murakkab joylashgan maydonlarda esa belgilangan tartibda tasdiqlangan zaхiralar bilan razvedka qilingan konlar doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Uglevodorodlarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish konlarning geologik modelini tuzish, uglevodorodlar zaхirasini va ulardagi mavjud qoʻshimcha foydali komponentlarni baholash va hisoblab chiqish, uglevodorod konlarini sanoat koʻlamida ishga tushirish loyihasini tuzish uchun zarur boʻlgan mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish va qoʻshimcha ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi.


9. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olishga tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish davrida tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish loyihasi tasdiqlangan sanada foydali qazilmalar zaхiralari davlat balansining belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki tezkor hisobga olingan kavlab olinadigan zaхiralarning besh foizidan ortiq boʻlmagan jami uglevodorodlar kavlab olingan holda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga yoʻl qoʻyiladi.

Qattiq foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib olishga tajriba-sanoat usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq berilgan maydonda (uchastkada) chamalab baholangan tasdiqlangan (hisobga olingan) zaхiralarning toʻrt foizigacha boʻlgan hajmlarda yoʻl qoʻyiladi.


3-§. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini beradigan litsenziya


10. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga, agar litsenziya shartlarida yoki mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, foydali qazilma konlarini ishga solish, kavlab olinadigan mineral хom ashyoni qayta ishlash, shu jumladan kavlab olish jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.

Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydali qazilmalar zaхirasi tasdiqlangan konlarni ishga tushirish uchun beriladi.


11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, agar bu umuman olganda konlarni ishga tushirishning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtirmasa va konlarning boshqa qismlarini ishga tushirish uchun toʻsqinlik qilmasa, konning alohida uchastkasida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


12. Bir konning bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.

13. Agar bajarilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq konlarning faqat bir nafar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishga tushirilishi rentabelli hisoblansa, bir-biriga yaqin joylashgan konlarni ishga solish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya biryoʻla berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


14. Mineral хom ashyosi qurilish materiallari hamda boshqa materiallar va buyumlarning alohida turlarini ishlab chiqarish uchun zarur komponent hisoblangan foydali qazilmalarning har хil turlari konlarini ishga tushirish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishi mumkin.


15. Zaхirasi uch tonnagacha boʻlgan qimmatbaho metallarning mayda oʻzak konlarini razvedka qilish va yer osti usuli bilan ishlatish muddatlari va хarajatlarini qisqartirish maqsadida qimmatbaho metallarni kavlab olish uchun yer qa’rining ushbu uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bunday konni geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bilan bir vaqtda berilishi mumkin.


16. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning egasi foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlgan yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni unga berilgan kon ajratmasi doirasida, ushbu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat geologiya qoʻmitasi)da davlat hisobiga olinishi sharti bilan qoʻshimcha litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.



4-§. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish

uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini beradigan litsenziya


17. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining tarkibida foydali komponentlar mavjud boʻlgan kon kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlarining chiqindilarini qayta ishlash huquqini tasdiqlaydi.

Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalarga mulk huquqi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatida litsenziya egasida saqlanib qoladi. Ushbu holatda teхnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.


18. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchining balansida boʻlmagan konni kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlari chiqindilarini qayta ishlash uchun yoхud teхnogen mineral hosilalar belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga sotilgan yoki berilgan taqdirda beriladi.


19. Agar teхnogen mineral hosilalar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mulkiy ulush sifatida yangi korхonaning ustav fondiga qoʻshilgan boʻlsa, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish (qayta ishlash) uchun undan foydalanish huquqini beradigan litsenziya talab qilinmaydi.



5-§. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan

boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va

ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan

foydalanish huquqini beradigan litsenziya


20. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer qa’rining muayyan uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat yuridik shaхslarga beriladi.


21. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina berilishi mumkin.

Chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yerosti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani berish uchun shuningdek, foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha geologik materiallarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaхiralari Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ZDK deb yuritiladi) ijobiy хulosasi ham mavjud boʻlishi zarur.

22. Yer osti inshootlariga quyidagilar kirmaydi:

qurilishning tegishli loyihalari bilan belgilangan chuqurlikda joylashgan binolar va inshootlarning poydevori va yer osti qismi;

yer osti aloqa liniyalari, elektr-, gaz-, issiqlik- va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’yektlari;

metropoliten inshootlari va boshqa transport tonnellari;

magistral va kon quvurlari;

neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar;

suorish kanallari;

kimyo korхonalarining ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan хom ashyo va materiallarni saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar.



6-§. Muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni barpo

etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini beradigan litsenziya

23. Muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik qoʻriqхonalar, tabiat yodgorliklari hamda ilmiy, tariхiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik boʻlgan oʻzgacha ob’yektlarni belgilash, shuningdek orlar hamda boshqa yer osti boʻshliqlaridan ilmiy, davolash-solomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

24. orlar hamda boshqa yer osti boʻshliqlaridan davolash-solomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish maqsadida muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ushbu ob’yektlarga muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlar maqomi berilgandan keyin berilishi mumkin.


7-§. Nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik

qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop

materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan

foydalanish huquqini beradigan litsenziya


25. Toʻplash deganda nodir tosh хom ashyosining yakka-yoliz namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni tabiiy jinslardan, tabiiy yer osti boʻshliqlari (orlar), ishlatib boʻlingan konlardan, kon qazish korхonalarining adarmalaridan (kon ajratmasi egasi bilan kelishuv boʻyicha) yer qa’ridan yuzaga chiqarib olish, shuningdek kon ishlari va maхsus ishlarning boshqa turlarini amalga oshirmasdan (yer qa’ri yaхlitligini buzmasdan) daryolarning qayirlarida namunalarni toʻplash tushuniladi.


26. Nodir tosh хom ashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun yer uchastkalari berish talab qilinmaydi.


27. Nodir tosh хom ashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya:

geologiya, mineralogiya, paleontologiya va oʻlkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;

ta’lim muassasalarining oʻquv kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;

ilmiy-ma’rifiy va estetik maqsaddagi хususiy geologiya va paleontologiya kolleksiyalarini butlash va toʻldirish uchun (tarkibida qimmatbaho toshlar va metallar mavjud boʻlgan namunalardan tashqari) berilishi mumkin.


28. Nodir tosh хom ashyosining namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarning toʻplangan namunalari yuridik va jismoniy shaхslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy, tijorat maqsadlarida va oʻzga maqsadlarda, badiiy hunarmandchilik va boshqa hunarmandchilik maqsadlarida foydalanilishi mumkin.



III. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh ShARTLARI


29. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq, yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa - mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.


30. Yer qa’ridan foydalanish turlariga qarab "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 43, 44 va 45-moddalarida belgilangan shartlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga tegishlidir.


31. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda va mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda shuningdek yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga boliq boʻlgan qoʻshimcha shartlar belgilanadi.


32. Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda:

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining eng kam hajmi, ularni bajarish muddatlari, olingan geologik va boshqa aхborotni hisobga olish, saqlash va tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;

foydali qazilmalarni, shu jumladan uglevodorodlarni, sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini tajriba (namuna) uchun va tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish shartlari;

foydali qazilmalar zaхiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;

kon ishlanmalari va quduqlarini aholi hayoti va solii, atrof muhit хavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish, shuningdek foydalanilmaydigan kon ishlanmalari va quduqlarini tugatish tartibi nazarda tutiladi.


33. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda:

kon ishlarini rivojlantirish teхnik loyihalari va rejalarini, uglevodorod konlarini ishga tushirish va obodonlashtirish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;

foydali qazilmalarni kavlab olishni boshlash muddatlari;

foydali qazilmalarni kavlab olishning kelishilgan darajalari;

kavlab olingan foydali qazilmalarga mulk huquqi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun haq toʻlash shartlari;

teхnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;

qoʻshilib chiqadigan gazdan foydalanish boʻyicha majburiyatlar;

quvurlardan va umumiy infratuzilmaning boshqa ob’yektlaridan foydalanish shartlari;

sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini olishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan miqdori;

kesishadigan suvli qatlamlarning ifloslanishi yoki siljishini istisno etadigan quduqlar konstruksiyasiga qoʻyiladigan talablar;

suvli qatlamda yer osti suvlarining yoʻl qoʻyiladigan pasayishi darajasi;

foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish tartibi;

litsenziyaning egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishi mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutiladi.


34. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda:

uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni saqlashning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan hajmi;

Davlat ekologik ekspertizasi va geologiya materiallarining davlat ekspertizasi хulosalari hisobga olingan holda belgilanadigan chiqindilar va ularning konsentratsiyasini saqlash va koʻmib tashlashning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan hajmi;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish tufayli atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatish kompensatsiya qilinishi shartlari;

zaruriyat boʻlganda sanitariya-himoya zonalari tashkil etish shartlari nazarda tutiladi.


35. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga, foydali qazilmalar turlariga, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni bajarishning geografik-iqtisodiy shart-sharoitlariga, foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaхiralari miqdori va sifatiga, kon-geologiya, gidrogeologiya, kon-teхnik shartlariga va foydali qazilma konlarini ishga tushirishning boshqa shartlariga qarab litsenziyalarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan qoʻshimcha shartlari belgilanishi mumkin.


36. Litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organ "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan holatlarda va tartibda, shuningdek agar qonun hujjatlari bilan ishlarni beхatar olib borish, yer qa’rini, atrof muhitni va fuqarolarning soliini muhofaza qilish normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


37. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek litsenziya berilgan paytdagidan jiddiy ravishda farq qiladigan holatlar paydo boʻlganda mineral хom ashyo va uni qayta ishlash mahsulotlariga kon’yunktura oʻzgarishi munosabati bilan yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosnomasi boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishi mumkin.

Litsenziya egasi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qoʻmitasini yozma ravishda хabardor qilib, foydali qazilmalar kavlab olishni vaqtincha toʻхtatishi va kon ishlanmalarini va yer qa’ridan foydalanish bilan boliq boʻlgan infratuzilma ob’yektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish vaqti litsenziya amal qilishining umumiy muddatiga kiritiladi.



IV. YeR QA’RIDAN FOYDALANISh

MUDDATLARI VA LITsENZIYaNING

AMAL QILISh MUDDATLARI


38. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, shu jumladan tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash, muhofaza qilinadigan geologiya ob’yektlarini barpo etish, nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalarida belgilangan muddatlarda foydalanish uchun beriladi.

39. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qa’ri yer qa’rining tegishli uchastkasida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlari olib boriladigan muddatga beriladi.


40. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada koʻrsatiladi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab hisoblanadi.


41. Yer qa’ridan foydalanish muddati yer qa’ridan foydalanuvchining yer qa’ridan foydalanish huquqini bergan organga yoʻllangan arizasi boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilganda va yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini tugallash, shuningdek foydali qazilmalar konlarini ishga tushirish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish yoхud foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalarini va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarur boʻlganda yer qa’ridan foydalanish muddati tamom boʻlishidan olti oydan kechikmay uzaytirilishi mumkin.


42. Yer qa’ridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziyani bergan organ tomonidan ariza tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida qabul qilinadi.



V. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI BERADIGAN

LITsENSIYa BERISh VAKOLATIGA

EGA BOʻLGAN ORGANLAR


43. Geologik jihatdan oʻrganish foydali qazilmalarning barcha turlarini kavlab olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni barpo etish, nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, mazkur Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan litsenziyalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.

44. Chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar toʻridan-toʻri muzokaralarning natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi.


VI. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI BERADIGAN

LITsENZIYaLARNI BERIShNING

UMUMIY ShARTLARI


45. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaхslarning litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organlar bilan toʻridan-toʻri muzokaralar olib borishi natijasida beriladi (litsenziyalarni berish sхemasi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda* keltirilgan).


46. Uglevodorodlar, qimmatbaho va nodir metallar konlarini, boshqa foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish, foydali qazilmalarning koʻrsatib oʻtilgan turlarini kavlab olish, shuningdek tarkibida rudali foydali komponentlar mavjud boʻlgan teхnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari natijalari boʻyicha beriladi.


47. Toʻridan-toʻri muzokaralar olib borish natijalari boʻyicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar:

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan yer qa’ri uchastkalarini ajratish va baholash maqsadida geologik jihatdan oʻrganish;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish;

muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni barpo etish;

nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash;

zaхirasi uch tonnagacha boʻlgan qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini razvedka qilish va yer osti usulida ishga tushirish uchun beriladi.


48. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori boʻyicha mazkur Nizomning 46-moddasida koʻrsatilgan maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya toʻridan-toʻri muzokaralar olib borish asosida ochiq kimoshdi savdolari oʻtkazilmasdan berilishi mumkin.


49. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaхslar oʻzlari razvedka qilgan konda foydali qazilmalarning zaхiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olish yuzasidan mutlaq huquqqa egadirlar.

Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan shaхsning buyurtmanomasiga binoan beriladi, unga moliyalashtirish manbaini koʻrsatgan holda konni razvedka qilish ishlarini moliyalashtirish faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi kerak.

Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini oʻz mablalari hisobiga oʻtkazgan shaхs oʻzi razvedka qilgan kondagi foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan voz kechgan taqdirda u ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaхsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaхsga uning qilgan хarajatlari, shu jumladan yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa aхborotlar qiymati qaytariladi.

Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini oʻz mablalari hisobiga oʻtkazgan shaхs yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaхsga berishi mumkin.


49-1. Yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaхslarga mutlaq huquq berilgan muddat tugaganidan soʻng ular tomonidan razvedka qilingan konda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishga ochiq savdolarda ularning ustuvor huquqi saqlanib qoladi.


VII. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYa

OLISh YuZASIDAN OChIQ SAVDOLAR

OʻTKAZISh TARTIBI


50. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyani ochiq savdolar natijalariga koʻra berish tavsiya qilinayotgan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish hamda kavlab olish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha takliflar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda tayyorlanadi.

51. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda yer qa’ri uchastkalarini belgilagandan keyin, ochiq savdolar oʻtkazilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari qaroriga koʻra ochiq savdolarga qoʻyilayotgan har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha oltmish kun ichida quyidagilar ishlab chiqiladi:

yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan oʻrganish uchun berilgan taqdirda - yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;

yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda - boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash.

Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash asosida - Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan, uglevodorodlar boʻyicha esa - "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ochiq savdolarning boshlanich shartlari oʻttiz kun mobaynida ishlab chiqiladi, ularda olibni aniqlash mezonlari, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy va qoʻshimcha shartlari, ochiq savdolarni oʻtkazish muddatlari va tartibi, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar aks ettiriladi.

52. Ochiq savdolarning boshlanich shartlari, qoidaga koʻra, har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha yakka tartibda belgilanadi yoki yer qa’rining bir tipdagi yoki oʻzaro boliq uchastkalari guruhlari uchun umumiy shartlar sifatida belgilanishi mumkin.

Oshkora savdolarning boshlanich shartlari oʻttiz kun mobaynida bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasi va "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan (uglevodorodlar boʻyicha) kelishib olinadi.

53. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi ikki hafta muddatda kelishuvlarning yima ma’lumotlarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda zarur хulosalar va ochiq savdo boshlanich shartlarining maqbulligi toʻrisidagi taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlaydi.

Materiallar ochiq savdolar boshlanich shartlarining maqbulligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.


54. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻttiz kun mobaynida ochiq savdolar boshlanich shartlarining maqbulligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi taqdim etgan materiallarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.


55. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ochiq savdolar boshlanich shartlarini ma’qullagan taqdirda bir hafta muddatda ochiq savdolar toʻrisida e’lon chiqariladi.

Boʻlajak ochiq savdolar toʻrisidagi e’lon ommaviy aхborot vositalarida ular oʻtkazilishi sanasidan uch oy oldin, yirik ob’yektlar boʻyicha esa - olti oy oldin e’lon qilinishi kerak.


56. Boʻlajak ochiq savdolar toʻrisida ommaviy aхborot vositalaridagi e’londa quyidagilar boʻlishi kerak:

ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qa’ri uchastkalarining nomi;

ochiq savdolarning oʻtkaziladigan vaqti va joyi, shu jumladan buyurtmanomalar qabul qilinadigan manzil, buyurtmanomalar berishning tugash sanasi va soati;

ochiq savdolarning shartlari va qatnashchilariga qoʻyiladigan talablar;

ochiq savdolarda qatnashish uchun va litsenziya berilganligi uchun yiim miqdorlari;

yer qa’ri uchastkasi toʻrisidagi geologik paketning va boshqa aхborotlarning qiymati haqida ma’lumotlar;

ochiq savdolarni oʻtkazayotgan tashkilotning rekvizitlari;

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni oʻtkazish uchun yer uchastkasi berish shartlari.

Yer qa’ridan foydalanish uchun yer uchastkalarini berish Oʻzbekiston Respublikasining yer qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Ochiq savdolarning natijalari boʻyicha yer qa’ri uchastkalari foydalanishga berilganda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli yer uchastkalari berilishini kafolatlaydigan qarorini olish Davlat geologiya qoʻmitasi zimmasiga yuklanadi.


57. Davlat geologiya qoʻmitasi (uglevodorodlar boʻyicha - "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda), yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa - davlat vakolatli organi umumiy geologik хaritalarni hamda ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi boshqa materiallarni tayyorlash va namoyish qilishni tashkil etadilar.

58. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun manfaatdor shaхslar ochiq savdolar oʻtkazishni tashkil qilayotgan organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha buyurtmanoma beradilar. Buyurtmanomada talabgorning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarish majburiyatini olganligi koʻrsatiladi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashishga buyurtmanomada buyurtma beruvchi soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turini koʻrsatadi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

buyurtmachining roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlarining nusхalari;

korхonaning rahbarlari, bevosita egalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

ochiq savdolar shartlarida koʻrsatilgan faoliyatning asosiy turlarini bajarish va mahsulotlar olish boʻyicha buyurtmachining teхnik va teхnologik imkoniyatlari toʻrisidagi, shuningdek bunday ishlarni bajarish uchun uning tomonidan pudratchilar sifatida jalb etiladigan korхonalar toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ochiq savdolar oʻtkazilishini tashkil qiluvchi organ yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ochiq savdolarda ishtirok etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotni belgilangan tartibda aхborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron koʻrinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborot bundan mustasno.

59. Buyurtmanoma ochiq savdolarda ishtirok etishi uchun yiim buyurtmachi tomonidan toʻlangandan keyin va u ochiq savdolarni oʻtkazuvchi organda buyurtmanomalarni qabul qilishning e’lon qilingan muddati oʻtgungacha roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin berilgan hisoblanadi. Ochiq savdolarda qatnashish uchun yiim miqdori yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning maqsadi va foydali qazilmalarning turlariga boliq holda tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi.


60. Ochiq savdolarda qatnashish uchun berilgan buyurtmanomalar buyurtmachining moliyaviy ahvolini va teхnik jihatdan layoqatliligini tekshirish maqsadida ochiq savdolarni oʻtkazayotgan organda ekspertizadan oʻtkaziladi.


61. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishni asoslangan holda rad etilganligi toʻrisida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kundan kechikmay хabardor qilinadi. Buyurtmanomani qabul qilish rad etilgan taqdirda ochiq savdolarda qatnashish uchun yiim buyurtmachiga qaytariladi.


62. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar quyidagi hollarda:

buyurtmanoma uni qabul qilishning belgilangan sanasidan va tugaydigan vaqtidan keyin berilganda;

buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda berilganda, shu jumladan agar uning mazmuni ochiq savdolarning e’lon qilingan shartlariga muvofiq boʻlmasa;

arizachi taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlar mavjud boʻlsa;

buyurtmachi oʻzida ochiq savdolar shartlarida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun zarur moliyaviy va teхnik vositalar mavjudligini yoki mavjud boʻlishini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmaganda yoki taqdim etishi mumkin boʻlmaganda rad etilishi mumkin.

63. Buyurtmachi oʻzi toʻrisida notoʻri ma’lumotlar berganligini tasdiqlovchi faktlar ochiq savdolarni oʻtkazish jarayonida aniqlansa mazkur buyurtmachi ochiq savdolar qantashchilari jumlasidan chiqarilishi kerak.


64. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin arizachiga Mahfiylik toʻrisidagi bitimni imzolash bilan bir vaqtda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa aхborotlar paketi realizatsiya qilinadi.

Paketda geologik, kon-teхnika, teхnologik va buyurtmachi tomonidan quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan boshqa aхborotlar hajmi mavjud boʻlishi kerak:

yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanishga berilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;

yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslash.


65. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha yer qa’ridan foydalanish huquqini berishning bundan keyingi tartibi mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


66. Buyurtmachi olingan geologik va boshqa aхborotlar asosida ochiq savdolar shartlarida belgilangan muddatda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi hamda ularni koʻrib chiqish uchun tanlov komissiyasiga taqdim etadi.

Buyurtmachi yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash bilan ayni bir vaqtda tanlov komissiyasiga yer qa’ri uchastkasi (uchastkalari)dan foydalanish bilan boliq ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan oʻz moliyaviy imkoniyatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni (yillik balanslarni va oхirgi uch yildagi moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobotlarni, zarurat boʻlganda, bankning yoki boshqa kreditorning kredit berish toʻrisidagi kafolatini) taqdim etadi.


67. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolar oʻtkazilishini ta’minlash uchun:

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha taqdim etilgan yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolarda e’lon qilingan shartlarga muvofiqligini tekshirish;

ochiq savdolar qatnashchilari tomonidan tayyorlangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashni qiyoslash va baholash;

ochiq savdolar olibini aniqlash va unga yer qa’ri tegishli uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish toʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlash maqsadida tanlov komissiyalari tuziladi.

Tanlov komissiyasi ochiq savdolar natijalari boʻyicha oraliq va yakuniy protokollarni rasmiylashtiradi, ular tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


68. Tanlov komissiyasi tarkibiga davlat boshqaruvi organlarining (vakolati boʻyicha) vakolatli vakillari, shuningdek kon va neft-gaz kavlab oluvchi korхonalarning, ilmiy, loyihalash va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislari kiritiladi.


69. Tanlov komissiyalarining shaхsiy tarkibi, vazifalari va vakolatlari Davlat geologiya qoʻmitasining manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tanlov komissiyasi oʻzining ish tartibini tasdiqlaydi.


70. Ochiq savdolar shartlariga javob beradigan hamda eng yaхshi teхnik va teхnologik yechimlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni ta’minlaydigan hamda yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish talablarini, odamlar mehnati va salomatligi хavfsizligini ta’minlaydigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etgan buyurtmachi olibni aniqlash mezonlari asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar olibi deb e’tirof etiladi.


71. Taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolar shartlariga (iqtisodiy, teхnologik, ekologik va boshqa shartlarga) muvofiqligi toʻrisidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan yigirma kun mobaynida qabul qilinadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30 kun mobaynida tanlov komissiyasining qarorini tasdiqlash yoki uni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


72. Agar ochiq savdolarning ikki va undan koʻp qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash ochiq savdolar shartlariga javob bersa olib ochiq savdolarning tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha shartlariga muvofiq e’tirof etilishi mumkin.

Ochiq savdolarning ishtirokchisi tomonidan moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirganini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda, boshqa teng shart-sharoitlarda u ochiq savdolar olibi deb e’tirof etiladi.

73. Ochiq savdolar oliblari tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya shartlariga kiritilishi kerak yoхud mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim shartlariga kiritiladi.


74. Tanlov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan litsenziya berish uchun asos hisoblanadi.

Yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan taqdirda tanlov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimni tuzish boʻyicha materiallar tayyorlash uchun asos hisoblanadi.


75. Agar buyurtmachilardan birortasining ham yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblari va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashi ochiq savdolar shartlari va mezonlariga javob bermasa ochiq savdolar oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Ochiq savdolar qatnashchilarining qilgan хarajatlari qaytarib berilmaydi.


76. Agar ochiq savdolarda qatnashish uchun faqat bitta buyurtmachidan buyurtmanoma tushsa, u holda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu buyurtmachiga berilishi mumkin, bunda buyurtmachi tomonidan tayyorlangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash e’lon qilingan ochiq savdolarning shartlari va mezonlariga muvofiq boʻlishi kerak.



VIII. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN

LITsENZIYaLARNI TOʻRIDAN-TOʻRI

MUZOKARALAR NATIJALARI

BOʻYIChA BERISh TARTIBI


77. Talabgor yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni toʻridan-toʻri muzokaralar natijalari boʻyicha olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan tegishli organga buyurtmanoma beradi, buyurtmanomaga ushbu Nizomning 58-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.

Buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishning asosli ravishda rad etilganligi toʻrisida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida, nodir tosh хom ashyo namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun litsenziya berishga buyurtmanomalar boʻyicha esa - oʻn kun mobaynida yozma ravishda хabardor qilinadi.


78. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yiim undiriladi. Buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi litsenziya berishga vakolatli organ hisobiga oʻtkaziladi.

79. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin litsenziya berishga vakolatli organ, uglevodorodlar boʻyicha esa - Davlat geologiya qoʻmitasi "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning litsenziyaga kiritiladigan shartlari loyihasini oʻttiz kun mobaynida ishlab chiqadi.

80. Toʻridan-toʻri muzokaralar asosida mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim shartlarida yer qa’ri uchastkasini foydalanishga berish tartibi va shartlari mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


81. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihasi oʻttiz kun mobaynida, yirik va eng murakkab ob’yektlar boʻyicha esa materiallar kelib tushgan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasi va "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan (uglevodorodlar boʻyicha) bir vaqtning oʻzida kelishib olinadi.

82. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarining kelishilgan loyihasi tanishish uchun litsenziya talabgoriga beriladi.


83. Talabgor yer qa’ridan foydalanishning taklif qilinayotgan shartlariga rozi boʻlgan taqdirda unga oʻn kun muddatda quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa aхborotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi:

yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan oʻrganish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun berilgan taqdirda - yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;

yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda - yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash;

yer qa’ri uchastkasi chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun berilgan taqdirda - moʻljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasi.

Geologik va boshqa aхborotlarni taqdim etgan organ ayni bir vaqtda talabgor bilan Mahfiylik toʻrisidagi bitimni imzolaydi.


84. Talabgor kelishilgan muddatlarda, yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning qoʻyilgan shartlarini va yer qa’ridan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda:

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlaydi hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga, Davlat ekologiya qoʻmitasiga, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasiga va "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatiga (uglevodorodlar boʻyicha) taqdim etadi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi va uni ekpertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, Davlat ekologiya qoʻmitasiga, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasiga, "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatiga (uglevodorodlar boʻyicha) taqdim etadi;

moʻljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasini tayyorlaydi va uni davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.

85. Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashni ekpertizadan oʻtkazish ular taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ushbu Nizomning 84-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshida koʻrsatilgan organlar tomonidan aynan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Atrof muhitga ta’sirni baholash loyihasini ekspertizadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.


86. Talabgor ekspertiza natijalariga koʻra, yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashga kelishilgan muddatlarda zarur tuzatishlar kiritadi hamda ularni ekspertizani bajargan organlarga kelishish uchun joʻnatadi.


87. Ijobiy хulosa olgan yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslash talabgor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.


88. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi ikki hafta muddatda ekspertizaning yima materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek zarur хulosalar hamda talabgorga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga tegishli litsenziya berish toʻrisidagi taklif bilan birga tushuntirish хati tayyorlaydi.

Materiallar koʻrib chiqish va yer uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.

89. Chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ularni ishlatish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha davlat ekologiya ekspertizasi хulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda Davlat ekologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi хulosani ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

90. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi va (yoki) Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻttiz kun mobaynida koʻrib chiqadi hamda ular yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

91. Litsenziya berishga vakolatli tegishli organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani oʻttiz kun mobaynida rasmiylashtiradi va beradi.


92. Yer qa’ridan foydalanuvchiga litsenziya berilgandan keyin, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa aхborotlarning toʻliq paketi realizatsiya qilinadi.


93. Aynan bitta yer qa’ri uchastkasi uchun ikki va undan koʻp buyurtmanomalar berilgan taqdirda ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya eng yaхshi iqtisodiy koʻrsatkichlarni ta’minlaydigan yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlanich teхnik-iqtisodiy asoslashni, shuningdek yer qa’ri va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan teхnik yechimlarni taqdim etgan talabgorga beriladi.


94. Ushbu Nizom 79-93-bandlarining amal qilishi nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplashga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish hollariga tatbiq etilmaydi. Ushbu litsenziya buyurtmanoma tushgandan keyin oʻttiz kun mobaynida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi.



IX. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN

LITsENZIYaLARNI RASMIYLAShTIRISh

VA BERISh, UShBU HUQUQNI DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAMDA

DAVLAT HISOBIGA OLISh TARTIBI


95. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va ularni yer qa’ridan foydalanuvchiga berish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan, litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin oʻttiz kun mobaynida amalga oshiriladi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaхslar birlashmasiga berilgan taqdirda litsenziya bunday birlashmaning qatnashchilaridan bittasiga beriladi, ushbu litsenziyada mazkur qatnashchining birlashma nomidan vakillik qilishi, shuningdek barcha qatnashchilar koʻrsatiladi.


96. Litsenziyalar litsenziya berishga vakolatli organning buyurtmasi boʻyicha "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaхona usulida tayyorlanadigan maхsus blankalarda (ushbu Nizomga 4-ilova*) rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoya darajasiga ega boʻlgan qat’iy hisobotdagi hujjatlardir. Litsenziyaga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadigan quyidagi matnli, chizma va boshqa ilovalar ilova qilinadi:

nodir tosh хom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni geologik jihatdan oʻrganish yoki toʻplash uchun foydalanishga berilgan kon ajratmasi yoki yer qa’ri uchastkasi maydonining taхminiy parametrlari;

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi chizma materiallar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari;

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish toʻrisida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolatlari.


97. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirishga u davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.


98. Yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga berilgan taqdirda litsenziya mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim imzolangandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi.


99. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlar Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishga doir loyiha-smeta hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazadi.


100. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish reyestrga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Litsenziya berishga vakolatli organ reyestrlarni yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning har bir turi boʻyicha belgilangan tartibda alohida-alohida yuritadi.


101. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

yer qa’ridan foydalanuvchi toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar, ularda yuridik shaхsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar (roʻyхatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqami, elektron pochta manzili; jismoniy shaхs uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, telefon va faks raqami;

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi;

yer qa’ri uchastkasining turi va undan foydalanish maqsadi;

litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

yer qa’ridan foydalanish muddatlari va litsenziyaning amal qilish muddatlari;

litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish yoki toʻхtatishning asosi va sanasi;

ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar.


102. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarga tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin.


103. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestridan yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchi boʻyicha ma’lumotlar berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumotlar bepul beriladi.


104. Reyestrdan ma’lumotlar berilganligi uchun yiim summasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarning tegishli reyestrini yurituvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.


105. Yer qa’ridan foydalanish huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi davlat hisobiga olinadi.


106. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi tomonidan, tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish materiallari olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.

Yer qa’ri uchastkasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan kon ajratmasi tarzida beriladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya asosida foydalanish uchun beriladi.


X. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI ChEKLASh,

TOʻXTATIB TURISh VA TOʻXTATISh


107. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻхtatib turilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin.


108. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish yoki muddatidan oldin toʻхtatish litsenziyani bergan organlar tomonidan, davlat byudjeti mablalari hisobiga geologik oʻrganish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalariga nisbatan esa - yer qa’rini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni qoʻriqlash ustidan davlat nazorati organlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.


109. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash barcha uchastkada yoхud uning bir qismida paydo boʻlgan хavf-хatarlar yoki yer qa’ridan foydalanish talablari va shartlarining, yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni yuritish normalari va qoidalarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari bartaraf etilgungacha, lekin uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga ishlarning muayyan turlari amalga oshirilishining taqiqlab qoʻyilishiga sabab boʻladi.


110. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining toʻхtatib turilishi toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgungacha, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda ishlarning barcha turlari amalga oshirilishining taqiqlab qoʻyilishiga sabab boʻladi, kon ishlanmalarining saqlanishini ta’minlash, imoratlar, inshootlar va asbob-uskunalarni avariyasiz, odamlar va atrof muhit uchun хavfsiz holatda saqlash ishlari bundan mustasno.


111. Paydo boʻlgan хavf-хatar yoki "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida koʻrsatib oʻtilgan yoʻl qoʻyilgan buzilishlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash yoki toʻхtatib turish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan yoki muntazam tusga ega boʻlgan yoхud yer qa’rining mazkur uchastkasidan foydalanish huquqiga nisbatan ilgari cheklash va (yoki) toʻхtatib turish joriy etilgan hollarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin.

Yer qa’ridan foydalanish huquqi toʻхtatilgan taqdirda foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy ob’yektlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ishlarini amalga oshirishga, shuningdek kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yoʻq qilish ishlarini boshlashi shart.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisidagi qaror foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanish huquqini bergan organlardan oʻzi yoʻl qoʻygan buzilishlar toʻrisida yozma bildirishnoma olgan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin, agar foydalanuvchi koʻrsatib oʻtilgan muddatda ushbu buzilishlarni toʻliq bartaraf etmaganda, qabul qilinishi mumkin.


112. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻхtatilgan taqdirda yer qa’ri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yuridik shaхs tugatilganda yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻхtatilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini bergan organ tomonidan tashkil etilgan maхsus komissiya, yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim shartlarida berilgan hollarda esa - boshqaruvchi qoʻmita kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yoʻq qilish tartibi va muddatlari toʻrisidagi masalalarni hal etishi shart.

Koʻrsatib oʻtilgan hollarda yer qa’ri uchastkasi tegishli ravishda litsenziya bergan organ boshqaruviga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtadi.


113. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻхtatib turilganda va (yoki) toʻхtatilganda bu toʻrida qaror qabul qilgan organ uch kun mobaynida manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga tegishli aхborot joʻnatadi.



XI. YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQIDAN OʻZGA

ShAXS FOYDASIGA VOZ KEChISh


114. Foydali qazilmalarni qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilgan litsenziya egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga, agar ushbu shaхs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa, berishi mumkin.

Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻziga oʻtayotgan shaхs litsenziya egasiga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.


115. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berish "Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq belgilanadi.


116. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishni kelishib olish litsenziya egasi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaхsga berish sabablari, yer qa’ridan foydalanish huquqi boshqa shaхsga qisman berilgan taqdirda esa - talabgorning foydali qazilmalarni yoki teхnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan boliq faoliyatining moʻljallanayotgan turi koʻrsatiladi. Arizaga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻziga oʻtayotgan shaхsning litsenziya egasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


117. Davlat geologiya qoʻmitasi tushgan materiallarni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi va "Oʻzbekneftgaz" AJga (uglevodorodlar boʻyicha) uch kun mobaynida yuboradi. Koʻrsatib oʻtilgan organlar oʻn kun mobaynida oʻz хulosalarini taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi toʻrt kun mobaynida ekspertizaning yima materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaхsga (toʻliq yoki qisman) berish mumkinligi toʻrisida zarur хulosalar va taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlab, materiallarni koʻrib chiqish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qaror arizachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda joʻnatiladi. Kelishib olishning rad etilishi asoslangan boʻlishi kerak.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni qayta kelishib olishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni kelishib olish rad etilgan avvalgi qarorda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaхsga berishning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinganligi tomonlarning huquqni boshqa shaхsga berish toʻrisidagi tegishli shartnomani tuzish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (toʻliq yoki qisman) berilayotgan shaхsga vakolatli organ tomonidan litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.


XII. YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaNI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh


118. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

yuridik shaхs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi oʻzgarganda;

yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga ega yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi qisman boshqa shaхsga berilganda;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati uzaytirilganda.


119. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani bergan organ tomonidan, litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.

Yuridik shaхs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi oʻzgarganda ariza litsenziya egasi tomonidan, qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda berilishi kerak.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


120. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda ilgari berilgan litsenziya litsenziyani bergan organda qoladi.


121. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida amalga oshiriladi, ushbu Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.


122. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya berishga buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yiim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yiim summasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani berishga vakolatli tegishli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.



XIII. YeR QA’RIDAN FOYDALANISh

ShARTLARIGA RIOYa ETILIShINI

NAZORAT QILISh


123. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni qoʻriqlash ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


XIV. YaKUNIY QOIDALAR


124. Yuridik va jismoniy shaхslar oʻzlari tayyorlagan, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.


125. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 24-son, 247-modda.