Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2011 y. 220-son "Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
28.07.2011 y.
N 220
YeR QA’RINI GEOLOGIK JIHATDAN
OʻRGANISh, UNDAN FOYDALANISh VA UNI
MUHOFAZA QILISh USTIDAN DAVLAT
NAZORATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
"Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
2011 yil 28 iyuldagi
220-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1997 yil 13 yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 1-son, 1-modda) 1-bandining uchinchi хatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida" 2000 yil 30 avgustdagi 338-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 8-son, 54-modda) ilovaning 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining "Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2004 yil 10 iyuldagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 64-modda) 7-ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-son qarori)" 2007 yil 19 iyuldagi 147-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 7-son, 40-modda) ilovaning 1-bandi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 30-son, 316-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 7-son, 66-modda